Fikrlash faoliyatiga aytib berish ta’siri tahlili




Download 12.26 Mb.
bet14/17
Sana19.05.2021
Hajmi12.26 Mb.
#14551
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
3.2. Fikrlash faoliyatiga aytib berish ta’siri tahlili

O‘tkazilgan eksperimental ishlar doirasida asosiy vazifani yechish uchun bilvosita aytib turish sifatida kinofilmdan parchaga joylashtirilgan konveksiya jarayonining ramzini bildiruvchi yo‘naltirgich chiziqlar bilan ko‘rsatilgan yonayotgan shamning differensiallanmagan ko‘rish obrazini berdik. Sinaluvchi uning oldiga qo‘yilgan sham haqidagi vazifani yechish davomida kinofilmdan taklif etilgan parchani tomosha qilgan, bir necha vaqtdan keyin yuqorida aytib o‘tilgan “subsensor” aytib turish namoyish etilgan. Keyinchalik eksperimentimiz doirasida ushbu jarayon takomillashtirildi. Shu tariqa kinofilmdan ikkita yangi parchalarda aytib turishlarning kengaytirilgan varianti ishlab chiqildi. Bu safar sinaluvchilarimiz kontingentini inobatga olgan holda, biz zamonaviy kinokartinalar parchalaridan foydalandik. Ma’lum bir vaqt mobaynida sinaluvchilar o‘zgartirilgan “subsensor aytib turish” joylashtirilgan monitorda sodir bo‘layotgan xatti-harakatlarni kuzatib turishgan, bunda shamning ko‘rish obraziga “sirkulyatsiya” so‘zi qo‘shilgan. Ular o‘y-fikrlashlari borishi batafsil qayd etib borilgan bo‘lib, keyinchalik olingan qaydnomalar mikrosemantik tahlil yordamida qayta ishlangan. Fikrlash vazifalari yechimining mikrosemantik tahlili metodi sub’ektning fikriy izlanishlarini yetarli darajada to‘liq xarakterlab berish imkonini beradi, bunga sabab tafakkurning protsessual va natijaviy parametrlarini yaxlit tarzda (an’anaviy tafakkurni “test yordamida baholash” bunda imkoniyatga ega emas) ko‘rib chiqishni nazarda tutadi. Mikrosemantik tahlil mohiyati sinaluvchilarni ular so‘zlash orqali kontekstini tiklash asosida vazifani qayta shakllantirishlariga olib keluvchi sabablarini aniqlashdan iborat. Shu bilan birga, ushbu metoddan foydalanish anchagina katta mehnatni, eksperimentatordan uni o‘tkazish bo‘yicha ayrim tajriba va malakani talab etib, bu esa olingan qaydnomalarni analiz qilishda ayniqsa zarur bo‘ladi. Mikrosemantik tahlil metodi tadqiqotning sifatiy metodlari qatoriga kiradi va utafakkurning ichki determinatsiyasini aniqlashga yo‘naltirilgan. Mikrosemantik tahlil (yoki semantik mikroanaliz) yordamida A.V.Brushlinskiy fikr yechimini topishning bitta bosqichidan keyingi bosqichiga o‘tishga qaratilgan mikroharakatlarning ajralishini aniqlashda uning rivojlanishini o‘ziga xos intensivlikdagi davrini aniqlagan bo‘lib, uni bir lahzali bo‘lmagan insayt fenomeni deb nomlagan. Shu tariqa A.V.Brushlinskiy, M.I.Volovikova, B.O.Esengaziyev, T.V.Pavlyuchenkova eksperimentlarini tahlil qilib, shaxs tafakkurining mikrosemantik analizi yordamida tadqiq etib, biz quyidagi shartlarga rioya qilishga harakat qildik :

- eksperimental vaziyatni tashkil etish (eksperimentator va sinaluvchi o‘rtasida ishonch aloqalarini o‘rnatish, eksperiment o‘tkazishda ishchi vaziyatga bo‘lgan asosiy talablarga rioya qilish);

- fikrlash vazifalarini yechish davomida sinaluvchining o‘y-fikrlashlarini qayd etib borish;

- olingan ma’lumotlarni eksperiment qaydnomasida tizimlashtirish (kuzatish, noverbal xulq-atvor, pauzalar va boshqalardan olingan ma’lumotlar);

- sinaluvchining fikriy izlanishlarida fikrlash jarayoni bosqichlarini va konkret tadqiqot vazifalari bilan adekvat bo‘lgan tahlilning asosiy birliklarini ajratishni nazarda tutgan masalani yechish jarayonining tahlili.

Agar vazifaning anglangan tahlili o‘zgarishi bilan uning ayrim tarkibiy qismlariga sinaluvchilarning anglanmagan munosabatlari ham o‘zgarsa, u holda bu tafakkurdagi anglanganlik va anglanmaganlik o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va yaxlitlikdan dalolat berishini taxmin qilganmiz. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, vazifani yechishda anglanganlik sohasidagi o‘zgarishlar diagnostikasi uchun A.V.Brushlinskiy metodidan foydalandik. U va uning xodimlari o‘tkazgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, tafakkur jarayonining asosiy o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, uning uzliksizligi, nodiz’yunktivligi hisoblanib, bunda sub’ekt tomonidan vazifaning qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligi fikrlash jarayonining, eng muhim, xarakteristikalaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi [47].

Biz mavjud qaydnomalardagi ma’lumotlarni psixosemantik qayta ishlanguniga qadar, eng oddiy matematik amallardan foydalanish darajasida sinaluvchilarning fikrlash jarayonlarini borishida ularga anglanmagan ustanovkalar berilganidan keyin muhim ayrim o‘zgarishlarni aniqladik. Ularni batafsilroq ko‘rib chiqamiz.

Qaydnomalar bilan olib borilgan ishlardan so‘ng sinaluvchilar javoblarining bir qancha kategoriyasi (javobni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri berilganligi bo‘yicha va ular qabul qilingan yechimlarni anglanganlik darajasi bo‘yicha) ajratib olingan. Biz uchun anglanganlik darajasining mezoni bo‘lib quyidagilar xizmat qildi:

- javoblarning dalillanganligi;

- vazifa shart va talablarining aloqasi;

- izlanayotgan yechim bashoratining bildirilganligi.

Agar sinaluvchilar kutilmaganda o‘z javoblarini o‘zgartirish yoki ularni aniq asoslab bermaslik, eksperimentatorni o‘zi tanlagan javoblarini tushuntirib berish borasidagi barcha aniqlashtiruvchi savollari va iltimoslariga javob bera olinmagan holatini, biz qaror qabul qilish yo‘lini anglanmagan, ya’ni verballashtirilmagan deyish to‘g‘ri bo‘ladi deb hisobladik. Yana boshqa bir holat, sinaluvchilar o‘z javoblarini o‘zgartirib, uni yangi bilimlar bilan dalillab, vazifaning barcha shart va talablari bilan mantiqan bog‘lay olishganligi holatida, biz bunday javoblarni anglangan, verballashtirilgan deb hisobladik. Natijada sinaluvchilarning quyidagi oltita kategoriyasi ajratib olindi:

- o‘z javoblarini anglanmagan holda o‘zgartirib, to‘g‘ri javobga kelganlar;

- o‘z javoblarini anglangan holda o‘zgartirib, to‘g‘ri javobga kelganlar;

- o‘z javoblarini o‘zgartirmay, vazifani darrov to‘g‘ri yechganlar;

- o‘z javoblarini o‘zgartirmay, avval boshidanoq noto‘g‘ri yechganlar;

- o‘z javoblarini anglanmagan holda o‘zgartirib, vazifani noto‘g‘ri yechganlar;



- o‘z javoblarini anglangan holda o‘zgartirib, vazifani noto‘g‘ri yechganlar.

Yuqorida sanab o‘tilgan har bir kategoriyalarning nisbati 3.2-rasmda ko‘rsatilgan.



Download 12.26 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 12.26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fikrlash faoliyatiga aytib berish ta’siri tahlili

Download 12.26 Mb.