Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti




Download 12,26 Mb.
bet16/17
Sana19.05.2021
Hajmi12,26 Mb.
#14551
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
XULOSALAR

Tadqiqotning dolzarbligi ongsizlik muammosini o‘rganishning qo‘p qirraliligi va intellekt, kreativlilik, ongni ta’riflashga bo‘lgan ilmiy-amaliy ehtiyojning ortganligi bilan belgilanadi. O‘z navbatida salohiyatlilik, kreativlik intellektual faoliyat samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatib, bunday shaxslar jamiyatning eng qimmatli potensiali sifatida qadrlanadi. Bundan tashqari psixologlar oldiga intellektni nafaqat umumlashgan holda borliqni bevosita aks ettiruvchisi, balki tizimli jarayon balki insonning bilish faoliyatidagi eng serqirra fenomen sifatida kompleks o‘rganishni asosiy vazifa qilib qo‘yadi. Zero, ongsizlik komponentlari orqali intellektual faoliyat rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi yondashuvlarni ishlab chiqishni faollashtirish kerak.

Anglanmagan umumpsixologik komponentlarni tadqiq etish zamonaviy fan va amaliyot ehtiyojlari tufayli, tafakkur rivojlanishiga asoslangan bilim, uning anglanmagan sohasini hisobga olgan texnologiyalarni ishlab chiqish zarurati bilan taqozo etiladi.

An’anaviy psixologiyada so‘nggi paytlargacha ko‘pincha fikrlash jarayonidagi anglanganlik va anglanmaganlik bir-birini inkor etuvchi ontologik psixik voqelik sifatida qarab chiqilar edi. Ong ongsizlik jarayonlari yoki xotira, tafakkur, ijodning anglanmagan mazmuniga qarama-qarshi qo‘yilar edi. Psixik aks ettirishning ongli va anglanmagan tomonlarini an’anaviy qarama-qarshi qo‘yish, ularni diz’yunktiv qarab chiqish asta-sekin jidiy talqin bilan, ularning mazmunida umumiylikni izlash bilan, o‘zaro ta’sir usullarini tahlil qilish bilan almashtiriladi. Onglilik va ongsizlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi juda ko‘p mualliflar fikricha, mazkur muammo psixologiyada nisbatan kam o‘rganilgan.

Yuqoridagi mulohazalarga asoslangan holda, quyidagi xulosalar chiqarildi.

1. Onglilik va ongsizlikning o‘zaro ta’sirini o‘rgangan ko‘plab olimlarning fikricha, mazkur muammo psixologiyada kam o‘rganilgan. Garchi psixologiyada ongsizlik muammosining ta’siriga bag‘ishlangan nashr etilgan ishlar salmog‘ining ko‘pligiga qaramay to‘liq yoritilmagan. Ongsizlik muammosiga oid ishlarning mualliflari onglilik va ongsizlikni psixik aks ettirish darajasi sifatida qarab, ongsizlikning yordamchi vazifaga ega ekanligini ta’kidlaydilar, anglashning bosqichlari xususida fikr yuritadilar. Zamonaviy psixologiyada intellektual faoliyatni tushinishda: a) psixik faoliyatning murakkab tuzilmasi b) amaliy xatti-harakatlar va obrazlarning his qilish jarayonlariga turli jihatdan bog‘liqligi; v) nutqning avvalgi tajribalar bilan bog‘liqliq tarzda o‘rganilishi qayd etiladi; g) mazkur murakkab tizim va aloqalar ob’ektning mavjud xususiyat-larini umumlashgan holda bilish funksiyasini bevosita xarakterlaydi; d) ayni davrdagi zamonaviy tasavvurlarga ko‘ra intellektual faoliyat yaxlit ammo sub’ekt amalga oshiradigan ko‘p komponentlik faoliyatda sub’ekt bilan o‘ziga xos turli daraja va sharoitlarda jarayon sifatida kechadi.

2. Ko‘pgina tadqiqotchilar ongsizlikning umumpsixologik komponentlari mexanizmlari xususiyatlarini maxsus modellashtirilgan topshiriqlar orqali o‘rganganlar. Ya’ni, olimlar sinaluvchilarga maqsadli stimulga javoban tez va aniq bosish bilan bog‘liq maxsus masalalarni beradilar. Bundan tashqari, odatda eksperiment sharoitida yana qo‘shimcha omillar mavjud bo‘lib, sinaluvchilar har doim maqsadli stimullar ma’lum ketma-ketlikda kelishini anglamaydilar. Masalan, inson masalaning na yashirin qonuniyatini, na ushbu jarayonini, na uning natijasini tushinmasidan ya’ni, ong berilgan masalaning optimal yechimini topish uchun izlanayotgan vaqtda ongsizlik “aytib turish” ni qo‘llaydi.

Shu bilan birga, katta hajmdagi masalalarni anglamay yechish miqdori, kichik hajmda berilgan masalalarni anglab yechishda to‘g‘ri javoblarning maksimal soniga tengligidan dalolat beradi, ya’ni anglamay yechishning umumiy samaradorligi anglanganlikdan kichik.

3.Ongsizlik ongni ortiqcha zo‘riqishlardan himoya qilish rolini bajaradi. Bu inson psixikasida har qanday sharoitlarda ham anglanmaydigan jarayonlar mavjudligini, ongga faqat ana shu faoliyat natijalari yetib kelishini isbotlaydi.

4. Psixologiyada tafakkur jarayonidagi turli komponentlarning o‘zaro munosabatlarini tadqiq etishning ikki chizig‘i mavjud, ulardan birinchisi tafakkurning mantiqiy va ijodiy turlari nisbatan mustaqil hodisa sifatida o‘rganiladi, bunda asosiy urg‘u tafakkurning mana shu har bir turi xususiyatlari va komponentlarini o‘rganishga qaratiladi. Ikkinchi toifadagi tadqiqotlar ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va tafakkur ishlashi, rivojlanishidagi mantiqiy hamda ijodiy komponentlarga bag‘ishlangan.

5. Tafakkur birinchi navbatda qaror qabul qilish jarayoni sifatida qaraladi va turli kontekstlarda qatnashadi. Bunda qaror va tafakkur jarayonining o‘zi uchta ketma-ket bosqichlarga bo‘linadi: qarorni ongli izlash; intuitiv, to‘satdan kelgan qaror sifatidagi insayt; qarorni va uni rasmiylashtirishni anglash.

6. Zamonaviy psixologiyada tafakkur ongda to‘liq tasavvur etilmagan murakkab tuzilmaviy psixik faoliyat, hissiy jarayonlar, obrazlar, amaliy harakatlar, nutq va ilgarigi tajriba bilan turlicha munosabatlarga ega jarayon sifatida tushuniladi va o‘rganiladi. Mazkur aloqalar va munosabatlarning murakkab tizimi tafakkur bavosita xarakterini hamda uning ob’ekt ahamiyatli xossalarini umumlashgan bilish asosiy funksiyasini taqozo etadi. Shu bilan birga, zamonaviy tasavvurlarga ko‘ra tafakkur sub’ektning bir butun, lekin ko‘p komponentli faoliyati sifatida tushuniladi, bunda butunlik shu bilan aniqlanadiki, tafakkur sub’ekt, shaxs tomonidan amalga oshiriluvchi jarayon sifatida ishlaydi, lekin bu jarayon ob’ekt bilan munosabatlar turli darajalar hamda turli o‘ziga xos maxsus tizimlarda kechishi va amalga oshirilishi mumkin.



7 Tafakkurning anglanmagan umumpsixologik komponentlari mexanizmlarini o‘rganish va ochib berish maqsadida inson ma’lum vazifaning javobini tanlashi kerak bo‘lgan vaziyatni yaratish zarur. Bunday vaziyat sinaluvchi uchun noaniq - unga javobni tanlash uchun hech qanday aniq asoslar taklif etilmaydi, birok yo‘riqnoma bo‘yicha u baribir berilgan variantlardan birini tanlashi kerak bo‘ladi (majburiy tanlash metodi).


Download 12,26 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 12,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti

Download 12,26 Mb.