rasm. Birlamchi javobni o‘zgartirish hususiyatiga ko‘ra farqlanuvchi sinaluvchilarning nisbati(% hisobida)




Download 12,26 Mb.
bet15/17
Sana19.05.2021
Hajmi12,26 Mb.
#14551
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
3.2.rasm. Birlamchi javobni o‘zgartirish hususiyatiga ko‘ra farqlanuvchi sinaluvchilarning nisbati(% hisobida)

Shu tarzda biz birinchi kategoriyaga “subsensor aytib turish” berilganidan keyin to‘g‘ri yechimni topgan (aytib turishlar berilgunga qadar ular noto‘g‘ri javobni berib, sham yonadi, deb ta’kidlashgan) sinaluvchilarni kiritdik, ularning soni 46,5% ni tashkil etdi.

Ushbu holatni biz fikrlash jarayonining borishiga va to‘g‘ri javobni izlashga aynan sinaluvchidan yashirin, noaniq bo‘lgan aytib turish ta’sir ko‘rsatgan, deb tushuntirib berishimiz mumkin. Masalan, sinaluvchi Akbar (22 yosh) nima uchun sham yonmaydi degan savolga shunday javob bergan: “Nima uchun ekanligini men bilmayman, lekin bu mening taxminim”. Aytib turishlar berilgunga qadar shamning yonishini va bunda unga hech narsa xalaqit bermasligini juda asosli ta’kidlagan sinaluvchi Nilufar (17 yosh) aytib turishlar berilganidan keyin o‘z javobini qarama-qarshi tomonga o‘zgartirgan bo‘lib, uni tushuntirib bera olmay, “yonmaydi, vassalom”, degan. Bundan tashqari qaydnomaning ushbu qismida aytib turishga ramziy shaklda chizib qo‘yilgan “sirkulyatsiya” so‘zi qayd etilgan. Ushbu dalil sinaluvchilar birinchi kategoriyasining 16% qaydnomalarida aniqlangan.

Bunda ulardan ko‘pchiligi (41%) o‘z javoblariga ishonchlari komil bo‘lgan, “ha, shamni yonmasligi aniq” (sinaluvchi Nodira) yoki «ha bo‘ldi, sham biroz yonib, keyin o‘chib qolishiga ishonchim komil” (sinaluvchi Mansur). 5,5% sinaluvchilar esa vazifa yechimiga biroz shubha bildirib, biroq o‘z javoblarini o‘zgartirishmagan, masalan “sham yonadi va darrov o‘chib qoladi, ... ha, menimcha shunday bo‘lsa kerak” (sinaluvchi Dildora). Har ikkala holatda ham eksperimentatorning “Nima uchun siz shunday deb o‘ylaysiz, o‘zingiz qabul qilgan qaroringizni tushuntirib bering?” degan savoliga sinaluvchilar o‘z javobini tushuntirib bera olishmagan, ko‘pincha buni (43,5%) “men bilmayman” yoki “men bila olmadim, nima men fizik emasman-ku?”, deb tushuntirishgan. Eksperiment ishtirokchilarining 46,5%dan faqat 3%igina majburlanganliklaridan mantiqiy asoslab berishga harakat qilishgan, “umuman olganda mening o‘ylashimcha, sham unga biror narsa xalaqit bermaguncha yonadi, havoda esa nimadir bo‘lishi mumkinki, bilmadim. Balki, nihoyat Siz menga aytarsiz, sham yonadimi yoki yo‘q!” (sinaluvchi Rifat). Ushbu ma’lumotlarning hammasi sinaluvchilarni o‘z qarorlarini o‘zgartirishlari anglanmagan holda sodir bo‘lganligi haqida xulosa chiqarish imkonini berib, A.V.Brushlinskiy fikricha, anglanganlarning barchasi nutqda ifodalanishi zarur (verballashadi). Ushbu fikrlardan kelib chiqqan holda, sinaluvchilardan 16,1% o‘zlarining avvalgi fikrlarini anglangan holda o‘zgartirishib, bu ob’ektiv to‘g‘ri yechimga olib kelgan. Shu tarzda Gavhar (17 yosh) ismli sinaluvchi “sham yonmaydi, aniqrog‘i u yonadi, biroq bir necha daqiqadan keyin o‘chib qoladi, chunki mum oqib tushmasdan to‘planib, shamni o‘chirib qo‘yadi”, deb aytgan. Ushbu guruhdan bo‘lgan sinaluvchilarning bir qismi (10,7%) o‘z yechimlariga mantiqiy tushuntirishlar berishgan, biroq vazifaning yakuniy xulosalari to‘g‘riligiga to‘liq ishonchni bildirishmagan. Masalan, sinaluvchi Oybek (19 yosh) “ishonchim komil emasku, biroq mening o‘ylashimcha, sham mum tufayli o‘chib qoladi, bir qancha vaqt o‘tganidan keyin mum pilikning ustini to‘ldirib yuboradi, ha?”, deb aytgan. Ushbu kategoriya qaydnomalarining tahlili sinaluvchilar ko‘pincha o‘y-fikrlashlarida “pilik”, “mum”, “havo”, “vaznsizlik” kabi vazifaning shartlarini ishlatishlari ularga subsensor aytib turishlar berilgunga qadar bo‘lgan o‘y-fikrlashlari bilan solishtirilganda anchagina ko‘payganini ko‘rish mumkin bo‘lib, bu bizga ushbu holat uning bilvosita ta’siri bo‘lganini ta’kidlash imkonini beradi.

Eksperiment ishtirokchilarining bir qismi (10,7%) darrov to‘g‘ri javobni berishganligi uchun o‘z qarorlarini o‘zgartirishmadi, biroq ulardan 4%igina yagona to‘g‘ri bashoratni berishgan va o‘z mulohazalari davomida “subsensor aytib turishlar” berilgunga qadar vazifaning barcha talab va sharti bilan solishtirib ko‘rib uni tasdiqlashgan. Shu tariqa ushbu kategoriyaga kiruvchi 6,7% sinaluvchilar ularga aytib turishlar berilganidan keyingina vazifani to‘g‘ri yechishgan bo‘lib, eksperiment dastlabki bosqichidagi sham yonmasligi haqidagi ularning bashoratlari sinaluvchilarning o‘zlari tomonidan aniq tasdiqlanmagan va faqat eksperimentning tugashiga yaqin ularning bashoratlari shakllangan hamda asoslangan bo‘la boshladi. Bu esa subsensor aytib turishlar ushbu sinaluvchilarning fikrlash jarayonlariga ta’sir ko‘rsatganligidan dalolat beradi. 26,7% sinaluvchilar avval boshdanoq sham barcha sharoitlarda ham yonadi va bu jarayonga hech narsa ta’sir eta olmaydi, deb hal etishgan. Bunday hollarda eksperiment tadbirlarini o‘tkazish davomida ko‘plab berilgan yordamchi savollardan so‘ng yordamchi vazifa berilgan, biroq ushbu kategoriya sinaluvchilariga verbal aytib turishlar berilmagan, ayrim hollarda esa salbiy ta’sir ko‘rsatib, fikrlash noto‘g‘ri yo‘lga olib kirilgan, masalan, sinaluvchi Kamoliddin (18 yosh) uzoq fikrlaganidan keyin “menga yana qanaqangi vazifani berdingiz, bunga batareyaning nima aloqasi bor?!”, deb aytgan. Ularning qaydnomalarini batafsil o‘rganib chiqib, biz ushbu guruhda “subsensor aytib turishlar”dan keyin “sham”, “mum”, “yonish”, “sirkulyatsiya” kabi tushunchalar nutqda bir muncha tez-tez ishlatila boshlanganiga e’tiborni qaratdik va bu holatni ham tafakkur anglangan darajasiga anglanmaganlikning ta’siri orqali tushuntirish mumkin deb hisobladik,

O‘z qarorini anglangan va xuddi shunday anglanmagan holda o‘zgartirib noto‘g‘ri javobga kelgan birorta sinaluvchi bo‘lmaganligini ta’kidlab o‘tish muhimdir. Eksperiment ishtirokchilarining 2-guruhida subsensor darajada aytib turishlar berilgan (sinaluvchilarining bir qismi 60 tadan 22 tasi)ga konveksiyani ramziy bildiruvchi “sirkulyatsiya” so‘zisiz yonayotgan sham va yo‘naltirgich chiziq tasviri joylashtirilgan aytib turishlarning boshlang‘ich varianti taklif etilgan. Ushbu guruh qaydnomalarini o‘rganib chiqib va kinofilmdan parchaga joylashtirilgan, o‘zgartirilgan aytib turishlar (“sirkulyatsiya” so‘zi qo‘shilgan) berilgan guruh sinaluvchilarining qaydnomalari bilan solishtirib ko‘rib, biz quyidagi natijalarni oldik.

“Sirkulyatsiya” so‘zi ishtirok etgan aytib turishlar berilgan guruhda 90,8% sinaluvchi vazifani to‘g‘ri yechishgan, ya’ni sham yonmaydi degan xulosaga kelishgan. Bunda 81,8% sinaluvchilar aytib turishlar berilgunga qadar sham yonadi, deb ta’kidlashgan. Ularning taxminiy xulosalari formal darajada qurilgan. O‘y-fikrlari shamni yerda va kosmosda yonish sharoitlarini taqqoslab ko‘rishga asoslangan. Izlanayotgan yechimni topish bashoratning past darajasi va ko‘proq vazifani reproduktiv yechish usulini eslatgan. Vazifaning asosiy shartlaridan biri barcha a’zolar o‘rtasidagi yangi aloqalarni izlashga umuman kiritilmagan (vaznsizlik). Aytib turishlarda “sirkulyatsiya” so‘zi ishtirok etmagan guruh sinaluvchilarida ham xuddi shunday foiz (81,8%) eksperimentning dastlabki bosqichida eksperimentatorni sham yonadi, deb ishontirishgan. Olingan natijalar muayyan qonuniyatni aks ettiradi, chunki guruhning ikkala qismi bir xildagi sharoitlarda edi.

“Sirkulyatsiya” so‘zi ishtirok etgan aytib turishlar taqdim etilgan guruhlarda 80% sinaluvchilar bir lahzali bo‘lmagan insayt orqali to‘g‘ri yechimga kelishgan bo‘lib, ular javoblarida qaydnomalar bo‘yicha o‘y-fikrlashning quyidagi sxemasi aniq kuzatiladi. Tipik bo‘lgan qaydnomalardan birida bu mexanizmni kuzatish mumkin. Bunda sinaluvchi shunday javob bergan:

1. Sinaluvchi: “Nima sababdan sham yonmas ekan?” Eksperimentator: “Ha, nima sababdan yonmaydi?”

2. Sinaluvchi: “Alanga o‘chib qolishining qandaydir boshqa bir sabablari bor”

3. Sinaluvchi: “Biroq, qanday sabablar ekanligini bilmayman”

4. Sinaluvchi: “Mana havo xuddi bir joyda turmaydi, shundaymi?”

5. Sinaluvchi: “Biroq Yerda shunaqa, u yerda qanday ekan” (pauzadan so‘ng jilmayadi)

6. Sinaluvchi: “Demak, u yerda vaznsizlik, u nafaqat tananing harakatiga, balki havoning va alanganing o‘ziga ham ta’sir ko‘rsata olsa kerak”

7. Sinaluvchi: “Yo‘q, sham yonmaydi, ha bu aniq, u yerda haligi nima edi, to‘g‘ri aytadigan bo‘lsak (o‘ylanib) ha, sirkulyatsiya bo‘lmaydi. Alanga atrofida havo qizigandan qizib boradi va u hech qaerga ko‘tarila olmaydi, shuning uchun sham o‘chib qoladi”.

Ushbu lavha qaydnomaning boshida qandaydir insaytga o‘xshab ketadi, biroq u bir lahzali bo‘lmaydi, chunki birdaniga o‘sha lahzada amalga oshmaydi. Avval boshida bu bo‘ladigan insayt belgilarini ko‘rmaymiz, buni dastlabki jumlalardan ko‘rish mumkin. Keyinchalik ikkinchi jumlada bu insayt sham o‘chib qolishining yangi sabablarini tartibsiz faxmlashda yuzaga kela boshlaydi, biroq ular hali sinaluvchining o‘zigagina ma’lum. Sinaluvchi sham yonmasligining yangi sabablari haqida ishonch bilan gapiradi, biroq ular nimalardan iboratligi haqida aniq gapira olmaydi. Oxirgi natijada nima uchun sham yonmasligiga aniq asoslangan javobni baribir bera olmasa ham, subsensor aytib turishning ta’siri yaqqol ko‘rinadi. Ungacha sinaluvchi biror marta ham “sirkulyatsiya” so‘zini ishlatmagan, yana xuddi shunday vazifa shartlaridan bo‘lgan havo va vaznsizlikning o‘zini asosiy munosabatlarga kiritmagan. Sinaluvchi vazifada yonishning Yerda va koinotdagi sharoitlarni taqqoslab ko‘rish asosida hal qilib, bunda uning o‘y-fikrlarida aynan shunday sharoitlarni solishtirib ko‘rishga yo‘naltiruvchi qat’iy ma’lum bir operasion tizimidan foydalanilib, sintez orqali analiz evaziga amalga oshadi. Biroq sinaluvchi bu taqqoslash vazifani yechishga qanday yordam berishini hali umuman bilmaganligi uchun operasion tizim izlanayotgan yechimni bashorat qilish shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

“Sirkulyatsiya” so‘zi ishlatilmasdan aytib turishlar yonayotgan sham razmi ko‘rinishida berilgan guruhlarda 81,8% sinaluvchilardan 54% sinaluvchi to‘g‘ri javob berishgan, biroq javoblar xuddi shunday verbal shaklda noaniq shakllantirilgan va asoslangan. Ularning javoblari xuddi shunday bir lahzali bo‘lmagan insaytni eslatadi, biroq “sirkulyatsiya” so‘zi ishlatilmagan bo‘lib, bu o‘z navbatida subsensor aytib turishlarning bevosita ta’sirini yana bir bor tasdiqlaydi. Avvalgi guruh o‘y-fikrlashlari bilan taqqoslab ko‘rilgandagi farqlar sinaluvchilar ushbu holatda shamning o‘chib qolish sababini vaznsizlik sharoitida mum pilikning ustini to‘ldirib qo‘yishida ko‘rganliklarida bo‘ldi. Shu tariqa, har ikkala guruhda sintez orqali analiz yordamida bashoratning yuqori darajasi bilan sinaluvchilar vazifaning asosiy munosabati qismlari - havo va mumni yangi aloqalarga kiritishadi. Muvaffaqiyatli yechim esa vazifaning shartlari (vaznsizlik) va talablari (shamning yonish imkoniyatlari) o‘rtasidagi aloqani topishga asoslangan. Ular o‘rtasidagi asosiy munosabat yonishni kislorodning yangi porsiyalari uzluksiz oqimiga bog‘liqligi, ya’ni uning sirkulyatsiyasi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu jarayon aytib turishlarning har ikkala holatida ham ramziy ko‘rinishda berilgan bo‘lib, yonayotgan shamning obrazi va “sirkulyatsiya” so‘zi fikrlash vazifalarini anglanmagan darajada yechishga ta’sir etib, bu vazifa komponentlari semantik fazoda taqsimlanishida aniq kuzatiladi.

Ushbu holatda verbal aytib turishlar holatiga qaraganda ko‘proq bir qancha “birlik”lar hosil bo‘lganligiga qaramay, ularning jiddiy asoslari va mazmunlari boshqachadir. Xuddi shunday, fahmlash avvalambor intuitiv darajada shakllanadi, emotsional jihatdan kognitiv tahlil anchagina differensiallangan, biroq bunda vazifa komponentlarining mantiqiy tahlili anchagina tizimlashtirilgan, vazifa elementlari o‘zaro aloqasining umumlashgan mezonlari ajratiladi, sinaluvchilar nafaqat situativ, empirik asoslarga tayanib qolmasdan, balki anglanganlik sohasiga vazifaning shart va talablarining mantiqiy bahosini ham kiritishadi.

Tafakkurdagi anglanmaganlik (anglanmagan komponentlar) anglangan yechimga (shart va talablarning tahlili, sintezi, umumlashtirilishi) nafaqat nisbiy, bilvosita ta’sir etib qolmasdan, balki anglanmaganlikning ongga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita ta’sir yo‘li ham mavjud. Bunda ushbu yo‘l ongga yetarli darajada differensiallangan ta’sirni ko‘rsatadi (inson nima uchun aynan shu yechim to‘g‘ri bo‘lib hisoblanishini tushunmaydi, ya’ni u to‘g‘ri yechimga nafaqat vazifa shart va talablarini solishtirib ko‘rishni mantiqiy, anglangan xarakteri orqali, balki xuddi shunday intuitiv, hissiy darajada ham yetib keldi). Olingan natijalar tafakkurdagi anglanganlik va anglanmaganlik yaqindan aloqador hamda bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi foydasiga guvohlik beradi.

Odatda subsensor aytib turish sinaluvchilar to‘g‘ri yechimni ishlab chiqishiga asos bo‘ldi. Bu holat korrelyatsion analiz yordamida o‘z tasdig‘ini topib, to‘g‘ri javobning aytib turishni qabul qilishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jiddiy bog‘liqligini ko‘rsatib berdi. Sinaluvchilar vaznsizlik sharoitida sham yonmasligiga ishonchlari komil edi. Biroq, ko‘pchilik nima uchun bu shunday ekanligini tushuntirib bera olmadi. Bu A.V.Brushlinskiy o‘z vaqtida tushuntirib bergan mazmuniga ko‘ra bir lahzali bo‘lmagan insaytga juda ham o‘xshaydi. Biroq ushbu holatning sababi butunlay boshqa edi. Bizning eksperimentlarimizda bunga subsensor aytib turishlar sabab bo‘lib, u tadqiqot ishtirokchilarida umumlashgan intuitiv hukmni, xulosani (yoki ustanovkani) qabul qilish uchun katalizator sifatida kelgan. Ular fikrlashda to‘g‘ri yo‘ldan borishgan, biroq u nima uchun adekvat ekanligini tushunishda uni vazifaning mazmuniy komponenti bilan bog‘lay olishmagan. Shu tarzda yangi anglanmagan komponentlarni kiritilishi bilan (tafakkurni anglanmagan plani o‘zgarishi bilan) fikrlash jarayoni anglangan darajada sifat jihatidan o‘zgargan. Tafakkurning anglanmaganlik sohasida anglanmagan ustanovkalardan foydalanish (idrokni subsensor darajasidagi aytib turishlar) avval boshida tafakkurning anglanganlik darajasida differensiallanmagan ta’sirga olib keladi. Sub’ekt qabul qilingan qarorning sabablarini, vazifa shart va talablari o‘rtasidagi aloqa usullarini tushunmaydi, biroq vazifaning to‘g‘ri yechimini topadi. Fahmlash, avvalambor emotsional va intuitiv darajada shakllanib, biroq bunda vazifa mantiqiy komponentlarining tahlili anchagina strukturalashib boradi. Sinaluvchilar vazifa elementlari (nafaqat situativ va empirik) o‘zaro aloqasining umumlashgan mezonlarini ajratishadi. Keyinchalik subsensor darajadagi aytib turishlar umuman olganda muammoli vaziyatni ancha chuqurroq anglashga, izlanayotgan yechimning nazariy bashoratlari shakllanishiga, to‘g‘ri javobni topishga asos bo‘ladi.

Tadqiqotlarimiz tugallangandan so‘ng sinaluvchilar bilan tadqiqot dasturidagi u yoki bu xarakatlarning ta’sirini aniqlash maqsadida anketa so‘rovnomasi o‘tkazildi. Tadqiqotimiz davomida ishlab chiqilgan anketa so‘rovnomasi 14 ta savoldan iborat bo‘lib, ulardan birinchi beshta savol “pasportli” qismga tegishli, ya’ni sinaluvchining ismi, familiyasi yoshi, jinsi, ish joyi xamda ma’lumoti ko‘rsatiladi. Keyingi o‘nta savol esa tadqiqotda sinaluvchilarga berilgan topshiriqlarni yechish davomida fikrlash xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangandir. 14ta savolning barchasi “ochiq” bo‘lib sinaluvchilar qo‘yilgan savolga xohlangan javoblarini berishlari mumkin bo‘lgan, bu esa bizning fikrimizcha anketa so‘rovnomasining samaradorligini oshirgan. Shu bilan bir qatorda, olingan ma’lumotlarni qayta ishlash sinaluvchilarning berilgan “ochiq” savollarga javoblarini tizimlashtirishning murakkabligi bilan bog‘liq tarzda qiyinchilik tug‘diradi. Shu bilan birga, so‘rov natijalarini tasvirlashda biz bir qator bir-biriga o‘xshash bo‘lgan javoblarni tanlab ularni tizimlashtirishga erishdik. Anketa so‘rovnomasida qatnashganlarning umumiy miqdoridan katta qismini, ya’ni 51,6%ini (80 nafar) ayollar tashkil etgan bo‘lsa, 48,4%i (75 nafar) erkaklardan iborat bo‘ldi (3.3-rasm).

Yoshi bo‘yicha 22 dan 25 gacha - 26,6% (35 nafar sinaluvchilar.), 26 yoshdan 29 yoshgacha – 27,1% (42 nafar), 30 yoshdan 33 yoshgacha - 26,4% (41 nafar), 34 yoshdan 37 yoshgacha – 23,9% (37 nafar). Yosh ko‘rsatkichlari 3.4-rasmda keltirilgan

Sinaluvchilarning ma’lumot darajasi teng bo‘lib, ularning barchasi oliy o‘quv yurtlarining gumanitar yo‘nalish talabalari va bitiruvchilaridir. Bunda sinaluvchilarning katta qismi oliy ta’lim muassasasi talabalari (65,8% -102 nafar), kamroq qismi yosh o‘qituvchilardan (34,2% -53 nafar) iborat. Anketa so‘rovnomasidan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va tizimlashtirish shuni ko‘rsatdiki sinaluvchilarning asosiy qismi 54,8% (85 nafar) tadqiqotni o‘tkazishdan oldin ham “Konveksiya” va “Diffuziya” atamalari haqida tushunchaga ega bo‘lgan bo‘lsalar, 20%i (31nafar) ushbu yo‘nalish bo‘yicha amaliy misollar bilan ma’lum bir bilimlarga ega ekanlar. Shuningdek, 25,2% sinaluvchilar (39 nafar) bu atamani eshitganlar, lekin uning ma’nosini tushuntirib bera olmaganlar. 54,8% (85 nafar) sinaluvchilarning fikricha topshiriqni yechish davomida fikrlashlariga o‘quv yurtlarida olgan bilimlari ta’sir ko‘rsatgan. 26,4% (41 nafar) sinaluvchilarga topshiriqlarini yechishlarida ularning qiziqishlari katta rol o‘ynaganligini e’tirof etdilar, 14,8% (23 nafar) sinaluvchilarning fikricha, ushbu jarayonga uyni ta’mirlash ishlarini olib borganliklari katta ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin ekan.

“Sizningcha fikrlashingizga verbal aytib turish ta’sir ko‘rsatganmi?” degan savolga sinaluvchilarning katta qismi (74,8% - nafar kishi) bu fikrga qo‘shilib verbal aytib turish vazifani yechish davomida so‘zsiz ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaganlar. “Siz kinofilm tomosha qilayotganda fikrlashingizga aytib turish ta’sir ko‘rsatadimi?” degan savolda ham xuddi shu holat kuzatildi. 78,1% sinaluvchilar (121 nafar) kinofilmni tomosha qilishda aytib turish o‘zlarining fikrlashlariga ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblaydilar.

Shunisi qiziqki, ikkinchi guruh (60 nafar) sinaluvchilarning katta qismi (93,3% - 56 nafar) tadqiqot davomida kinofilmni tomosha qilishda subsensor aytib turish berilganda ular “Kinofilmning bir qismini ko‘rgandan so‘ng siz topshiriqni yechish yo‘lini bildingizmi?” degan savolga javob o‘z-o‘zidan paydo bo‘lganligini ta’kidlaganlar, boshqa guruh sinaluvchilarining javobi esa “nol”ga teng bo‘lgan. Anketa so‘rovnomasining yuqorida keltirilgan natijalari yana bir bor o‘tkazilgan tadqiqotning samaradorligini hamda vazifani yechish davomida anglanmaganlikning anglanganlikka ta’sirini tasdiqlaydi.

Shunday qilib, N.N.Pletenevskayaning A.V.Brushlinskiy metodikasiga asoslangan tadqiqot ishi (“Fazoviy kemada vaznsizlik sharoitida sham yonadimi?”) fikrlash jarayonida onglilik va ongsizlikning o‘zaro aloqadorligi hamda verbal va subsensor aytib turishning mulohaza yuritish jarayonida masalaning ijobiy yechimiga ta’siri mavjudligi haqidagi fikrlarini yana bir bor tasdiqlaydi. Bizningcha, A.V.Brushlinskiyning “Ongsizlikni o‘rganish metodikasi”ning N.N.Pletenevskaya tomonidan qo‘llanilishi amalga oshirilgan ishning qimmatini belgilaydi. Yana N.N.Pletenevskaya tomonidan taklif etilgan ongsizlikni o‘rganish modeli mazkur muammoni yanada kengroq izlash imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, N.N.Pletenevskayaning qo‘lga kiritgan natijalari avval olib borilgan ishlarni tasdiqlovchi xarakterga egaligi bilan ajralib turadi. Fikrimizcha, tafakkurning anglanmagan umumpsixologik komponentlari mexanizmlarini o‘rganish bilan bog‘liq jihatlar esa ochiqligicha qolgan.

Shunday qilib, empirik tadqiqotlarimizni tashkil etishda N.N.Pletenevskaya taklif etgan ongsizlikni o‘rganish modeli qo‘llanildi. Bizning tadqiqot hamda N.N.Pletenavskaya natijalarining o‘zaro qiyosiy tahlili ko‘rsatishicha, aytarli darajadagi keskin farqlar yo‘q. Bu to‘rt bosqichli eksperiment tashkil etilishining adekvatliligidan dalolat berib, masala yechimida ongsizlikning onglilikka ta’siri mavjudligini isbotlaydi. O‘tkazilgan anketa so‘rovnomasi ham mazkur ma’lumotlarni dalillanishida o‘z isbotini topganligi A.V.Brushlinskiy metodikasining ishonchliligi va samaradorliligiga ishoradir. Shunga qaramay, N.N.Pletenevskayadan farq qiluvchi natijalarimiz sifatida quyidagilarni ta’kidlash mumkin.



Download 12,26 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 12,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



rasm. Birlamchi javobni o‘zgartirish hususiyatiga ko‘ra farqlanuvchi sinaluvchilarning nisbati(% hisobida)

Download 12,26 Mb.