Muammoning o‘rganilganlik darajasi




Download 12.26 Mb.
bet4/17
Sana19.05.2021
Hajmi12.26 Mb.
#14551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Ongsizlikni o‘rganishga qaratilgan ilmiy ishlarning mavjudligiga qaramay, (D.V.Olshanskiy, K.K.Platonov, R.Vinch, V.Smelser, M.Shou, V.Shuts, V.Xeytorn, O.V.Allaxverdova, I.B.Antonova, V.A.Bodrov, A.N.Volkova, I.S.Kon, R.L.Krichevskiy, A.A.Leonov va boshqalar.) muammoning bir qator jabhalari jumladan, kognitiv uslub konsepsiyasi, tafakkurning tiplari (so‘z-mantiq, ko‘rsatmali-obrazli, predmetli-harakat) o‘rganilgan, ammo onglilik va ongsizlikning o‘zaro aloqadorligi muammosi ochiq qolgan. Ba’zi zamonaviy psixologik yo‘nalishlarda ongsizlik refleksivlik bilan kamroq xarakterlanuvchi ongning quyi darajasi sifatida ko‘riladi. Hozirgi kungacha fikrlash jarayonlarida anglanganlik va anglanmaganlik bir-birini rad etuvchi psixik reallik sifatida talqin etilgan.

Ongsizlikning tabiati to‘g‘risidagi ilmiy tasavvurlarning tobora kengayishi, uning paydo bo‘lish xususiyatlari, uni keltirib chiqaruvchi mexanizmlar va funksiyalar, inson xulq-atvorining regulyatsiyasidagi o‘rnini tushunish, shaxs hayotining yaxlit ob’ektiv manzarasini yaratishning zarur sharti hisoblanadi. Lekin bu muammo hali to‘laqonli ilmiy ma’lumotlarga ega emas, xuddi shu sababdan uning psixofiziologik asoslari, mexanizmlari, harakatga keltiruvchi kuchlar to‘g‘risida atroflicha mulohaza yuritish imkoniyatini bermaydi.

Ongsizlik muammosini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlar salmog‘i kam bo‘lmasa-da, muammoning bir qator jabhalari ochiq qolgan. Fikrimizcha, zamonaviy psixologiyada eng qiziqarli tadqiqotlar A.V.Brushlinskiy tomonidan o‘tkazilgan. Muallif o‘zining “Sub’ekt psixologiyasi muammolari” nomli asarida insonning rivojlanish jarayoniga bog‘liq tarzda kechadigan onglilik va ongsizlikning o‘zaro aloqadorligi psixologiya fanining o‘ta murakkab hamda dolzarb muammosi bo‘lganligi bois, uzluksiz izlanishlar olib borish talab qilinadigan soha ekanligini ta’kidlaydi.

E.A.Kostandov ongsizlik psixofiziologiyasi muammolarini o‘rganar ekan, muayyan shart-sharoitlarda nutq bilan bog‘liq signallar ongsizlik darajasida qabul qilinishi va tahlil etilishi to‘g‘risidagi dalillarni keltiradi hamda insonning borliqni idrok qilishini boshqarishida anglanmagan kognitiv ustanovkalar roli mavjudligini ko‘rsatadi.

O.V.Naumenko, “arifmetik masalalar” ni yechish usulini qo‘llash orqali masalani yechish jarayoni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini anglamay baholash kechishini o‘rgangan. U o‘zining kognitiv ongsizlik namoyon bo‘lishiga oid tadqiqotlarida hisoblash bilan bog‘liq masalalar yechimini topish vaziyatida sinaluvchilar ma’lum belgilangan vaqt oralig‘ida to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar variantini anglamagan holda ajratishga qodir ekanliklarini isbotlaydi.

A.V.Brushlinskiy, N.V.Moroshkina arifmetik masalalarni yechish vaqtida anglanganlik va anglanmaganlik komponentlari implisit esda olib qolishning hisob operatsiyalarini amalga oshiruvchi anglanganlik nazoratining pasayishi hamda uning qonuniyatlari ta’limni tezlashtirishga turtki bo‘lishi mumkinligini aniqlaydi. Ongsizlikni tadqiq qilishda muallif o‘zidan oldin faoliyat ko‘rsatgan tadqiqotchilar kabi arifmetik masalalardan foydalangan.

A.V.Brushlinskiy metodikasiga asoslangan holda N.N.Pletenevskaya tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda fikrlash jarayonida onglilik va ongsizlikning o‘zaro ta’siri shuningdek, masalani yechish jarayonida verbal va sub’sensor aytib turishlarning ta’sirini o‘rganib, avval qo‘lga kiritilgan natijalarni yana bir bor tasdiqladi. Bizningcha, A.V.Brushlinskiy tomonidan tavsiya etilgan ongsizlikni o‘rganish metodikasi muallif tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilgan va qiziqarli natijalar qo‘lga kiritilgan.

Shunga qaramay, fikrimizcha, katta hajmli axborotga ega intellektual masalalarni yechish vaqtidagi ongsizlikning ishtiroki kam o‘rganilgan, ongli qaror qabul qilishda ongsizlik samaradorligi qiyoslanmagan. Anglanmagan ustanovkalar barqarorligi va ularning qaror qabul qilishga ta’siri qisman o‘rganilgan. Shuningdek, anglanmagan ustanovkalar barqarorligining psixofiziologik tabiati va hokazolar hali to‘liq ochilmagan.



Download 12.26 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 12.26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muammoning o‘rganilganlik darajasi

Download 12.26 Mb.