Sinaluvchi o‘smirlarning natijasi qayd qilingan
Diagramma
Usulni qo‘llash tartibi:
Usul, A.E.Uessman va D.D. Rikslar tomonidan ishlab chiqilgan bir necha shkalalardan iborat bo‘lib, har bir shkala so‘rovnomasi “O‘z-o‘zini hissiy baholash”ning ma’lum yo‘nalishga qaratilgandir. Biz tadqiqot maqsadiga mos tushadigan faqat to‘rt shkalani tanladik va ushbu shkalalar talablarida kelib chiqib hissiy faollik darajalarini o‘rganishga muvaffaq bo‘ldik. Har bir shkala bo‘yicha olingan ma’lumotlar me’yoriy-hissiy faollik mezonlari bo‘yicha belgilangan “psixologik himoya belgisi” “psixologik himoya dinamikasi” va “psixologik himoya natijalari”ning empirik ko‘rsatkichlari sifatida ham tadqiq qilindi. Chunonchi, “me’yoriy-hissiy faollik”ning 1-mezonidagi muhofaza belgisi sifatida qabul qilingan “hissiy ko‘tarinkilik” va o‘z-o‘ziga ishonchning namoyon bo‘lish usulida 3-4-shkalaga, himoya belgisi sifatida qabul qilingan “g‘ayrat-shijoatlilik”ning namoyon bo‘lishi, usuldagi 2-shkalaga, faoliyatni mumkin qadar muvaffaqiyatli bajarishda “xotirjamlilik” hissi (ya’ni keragidan ortiq asabiylashmaslik)ning namoyon bo‘lishi usuldagi 1-shkalaga to‘g‘ri keladi. Yana shuni ta’kidlashga kerakki, olingan ma’lumotlar tahlili uchun mo‘ljallangan har bir shkala shaxsning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata olishiga bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki xil (ijobiy va salbiy) ta’sirning qay darajada namoyon bo‘layotganligini aniqlashga yo‘naltirilgan. Masalan, usuldagi 1-shkala ko‘rsatgichlari – xotirjamlik – asabiylik, 2-shkala ko‘rsatgichlari – g‘ayrat-shijoatlilik -toliqqanlik, 3-shkala ko‘rsatgichlari-hissiy ko‘tarinkilik-hissiy tushkunlik, 4-shkala ko‘rsatkichlari o‘z-o‘ziga yuksak ishonch-o‘z-o‘ziga ishonchsizlik kabilar asosida har bir shaxsning o‘z faoliyatini tashqil etish jarayoniga nisbatan tarkib topayotgan dominant (ustun) hissiy sifatlarga baho berish mumkin. Usuldagi har bir shkaladi 10 ta hissiy holat qayd etilgan bo‘lib, tekshiriluvchi ushbu holatlar bilan tanishib bo‘lgach, shular ichidagi o‘zining faoliyat jarayonida ko‘pincha duch kelayotgan holatlarini, ya’ni,, ayni paytdagi o‘z ichki-hissiy kechinmalariga mos xususiyatlar ifodalangan holatlarni tanlaydi va belgilaydi .
Har bir shkala ma’lumotlari 10 ballik tizim asosida qayta ishlanadi, ya’ni, har bir holatning joylashgan tartib raqami, o‘sha raqam hajmiga balni belgilaydi. Masalan, tekshiriluvchi 6-raqamni belgilagan bo‘lsa 6 balga yoki 3 raqamini belgilagan bo‘lsa, 3 balga (va hokazo), ega bo‘lishi mumkin.
Demak, tekshiriluvchidagi ballar soni qanchalik yuqori bo‘lsa, ijobiy-hissiy faollik darajasi shunchalik yuqori, ballar son qanchalik past bo‘lsa, ijobiy-hissiy faollik shunchalik past darajada tarkib topayotganligidan dalolat beradi.
Olingan ma’lumotlar (javoblar) tahliliga aniqlik kiritish va qulaylik tug‘dirish uchun hissiy holat ifodalangan 10 ta vaziyatni teng ikki variantga ajratdik (usulning sharti ham ma’lum ma’noda shuni taqozo etadi) ya’ni, 6,7,8,9,10 vaziyatlar psixologik himoya omili bo‘lgan muvaffaqiyatli-me’yoriy hissiy faollikka “adekvat” vaziyatlar (“a” variant) va 1,2,3,4,5 vaziyatlar esa muvaffaqiyatli-me’yoriy hissiy faolikning namoyon etilishiga “noadekvat” (“b” variant) vaziyatlar sifatida qabul qildik. Ayni paytda, har bir respondentning o‘z-o‘zini baholashda yaqqol ifodalangan u yoki bu vaziyatni belgilashga asoslanib, uni “a” yoki “b” variant asosida faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslar guruhiga qo‘shgan holda umumiy tarzda tahlil va tadqiq qilindi.
|