Zo‘riqishlarga chidamlilik bahosi
|
Yosh
|
16-29
|
30-44
|
45-54
|
56-64
|
A’lo
|
4,5
|
2,0
|
1,8
|
1,3
|
Yaxshi
|
6,8
|
6,0
|
5,7
|
5,2
|
Qoniqarli
|
14,2
|
13,0
|
12,6
|
11,9
|
Yomon
|
24,2
|
23,3
|
22,6
|
21,9
|
Juda yomon
|
34,2
|
33
|
23,3
|
31,8
|
O‘tkazilgan tajriba natijalaridan shunday xulosa qilish mumkin. O‘smirlarning o‘quv faoliyatiga xos hissiy zo‘riqishlar turli shakllarda namoyon bo‘ladi, turli-tuman sabablar ta’sirida yuzaga keladi va o‘ziga xos usullar yordamida bartaraf etiladi.
Psixoemotsional zo‘riqishlarni korreksiya qilishning ko‘plab metodlari mavjud bo‘lib, ularni tanlashda eng avvalo, alohida olingan kishilarning individual xususiyatlari va mazkur sharoitga mos keluvchi usullarga e’tibor qaratish lozim. K.V.Sudakov o‘zining “Hissiy stresslarga individual barqarorlik” kitobida zo‘riqishlarga qarshi tadbirlarning bir nechtasini sanab o‘tgan. Ular:
autogen mashqlar;
turli-tuman relaksatsiya usullari;
biologik qayta aloqa tizimi;
nafas olish gimnastikasi;
inson hayotiga ijobiy his-tuyg‘ularni kiritilishi;
musiqa;
jismoniy mashqlar;
psixoterapiya;
fizioterapevtik tadbirlar (uqalash, sauna, elektr uyqu);
igna sanchish va boshqalar.
Korreksiya qilishning u yoki bu metodini tanlash uchun mazkur organizmdagi ko‘rsatkichlarning me’yoriy qiymatdan qanchaga farq qilishiga e’tibor beriladi. Bu yerda bir guruh kishilar uchun xos bo‘lgan o‘rtacha arifmetik qiymat emas, har bir kishi uchun xos bo‘lgan o‘rtacha ko‘rsatkich hisobga olinadi.
Hissiy zo‘riqishlarni bartaraf etish uchun psixologlar tomonidan ishlab chiqilgan metodlardan tashqari an’anaviy foydalaniladigan vositalarni qo‘llash mumkin. Hissiy zo‘riqishlarni oldini olishga bag‘ishlangan seminar-trening mashg‘ulotlaridan birida uning ishtirokchilari tomonidan quyidagi usullarni sanab o‘tishgan: tabiat bilan muloqot, musiqa, ichimliklar, uyqu, uy hayvonlariga qarash, do‘stlar bilan muloqot, qiziqarli mashg‘ulot bilan shug‘ullanish, dush qabul qilish, yaxshi kinofilm ko‘rish, kitob o‘qish, sport bilan shug‘ullanish va boshqalar.
Bu hayotiy usullar bilan bir qatorda “psixologik” deb atalgan yana bir necha metodlar ko‘rsatib o‘tilgan:
o‘zini ish bilan shunday band qilish kerakki, kechinmalar uchun vaqt qolmasin;
vaziyatga munosabatni o‘zgartirish;
bundan ham yomon holatga tushgan kishilar haqida o‘ylash;
qalbidagi kechinmalarni do‘sti yoki dugonasiga to‘kib solish;
vaziyatga yumor hissi bilan qarash zarur;
shu sohaga oid bilim, tajribaga ega bo‘lgan kishining maslahatlariga rioya qilish lozim.
Bu misoldan ko‘rinib turibdiki, odamlar hissiy zo‘riqishlardan qutulish uchun zarur bo‘lgan ayrim bilimlarga ega bo‘lganlari holda baribir hayotda stress va hissiy zo‘riqishlarga duch kelaveradilar. Buning sababi shuki, ko‘p hollarda mazkur usullardan betartib foydalanilganligi uchun yuqori natija bermasligi mumkin.
Psixologik-hissiy zo‘riqishlarni pasaytirish uchun qo‘llaniladigan metodlarni u yoki bu belgisiga ko‘ra tartibga keltirish mumkin. Birinchi klassifikatsiya quyidagicha ko‘rinishga ega:
psixologik usullar – autotrening, meditatsiya, ratsional terapiya va boshqalar;
fiziologik usullar – uqalash, jismoniy mashqlar;
bioximik usullar – hammom yoki dush suvlari muolajalari, yorug‘lik ta’siri va boshqalar;
fizik (jismoniy) – farmakologik terapiya, ichimliklar, fitoterapiya va boshqalar.
Ikkinchi klassifikatsiya. Hissiy zo‘riqishlarni mustaqil ravishda boshqalar yordamida yoki turli texnika vositalaridan foydalanib boshqarish mumkin.
Amaliyotda aniqlanishicha, hissiy zo‘riqishlar darajasini boshqarishning eng samarali usuli – psixolog yordamidan foydalanishdir.
Ikkinchi guruh usullarni quyidagicha tasniflash mumkin:
o‘z-o‘ziga yordam vositalari: autotrening, nafas olish texnikasi, meditatsiya, jismoniy mashqlar, sauna va boshqalar;
texnika vositalari: magnitofon, CD yozuvlari, o‘qitishdan kompyuter texnologiyalari, biologik qayta aloqa metodlari;
boshqa shaxslar aralashuvini talab qiladigan metodlar:
psixoterapiya, do‘stona suhbat, guruhiy o‘yinlar, sport va boshqalar.
Ba’zan yuqoridagi usullardan foydalanish imkoniyati mutaxassis yo‘qligi yoki begonalar bilan o‘z muammolarini o‘rtoqlashish ehtiyojining bo‘lmasligi tufayli yo‘qolishi mumkin. Bundan pastda o‘z-o‘ziga yordam berishdan turli-tuman psixologik metodlar – autogen mashqlar, meditatsiya, nafas olish texnikasi, maxsus psixologik mashqlardan foydalanish mumkin.
Hissiy zo‘riqishlarni darajasini boshqarish uchun turli texnika vositalaridan ham foydalanish yaxshi samara beradi:
autogen mashqlar yozilgan magnitofon yozuvlari;
tabiat manzaralarini qayta tiklash uchun videomagnitofon;
relaksatsiya uchun kompyuter dasturlari;
biologik qayta aloqaning turli-tuman qurilmalari.
Ishlab chiqarish jarayonida stressga qarshi usullarni tashkiliy va psixoprofilaktik usullarga bo‘lish mumkin.
Tashkiliy usullar ta’sir etayotgan omillar ta’sirini kamaytirish, ishlab chiqarish muhitini yaxshilashga qaratilgan. Bunday yondoshuv mehnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, ergonomikada keng foydalaniladi. Uning asosiy yo‘nalishlari:
Mehnat algoritmlarining eng samarali yo‘llarini ishlab chiqish orqali mehnat jarayonini optimallashtirish.
Insonning psixofiziologik imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda mehnat qurollari va vositalarini takomillashtirish.
Mehnat rejimi va dam olish tartibini to‘g‘ri ishlab chiqish.
Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish.
Jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhitni yaxshilash.
Mehnat natijasidan moddiy va ma’naviy manfaatdorligini oshirish.
Psixoprofilaktik metod ishchi-xodimlarning psixikasi va funksional holatiga ta’sir etishga qaratilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
gullar va funksional musiqa orqali ta’sir etish;
biologik faol nuqtalarga ta’sir etish;
sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar;
e’tiqod va ishontirish;
o‘z-o‘zini ishontirish va autotrening;
nafas olish gimnastikasi;
meditatsiya.
Psixologik zo‘riqishlarni bartaraf etishning yani ikki yo‘nalishini farqlash mumkin, ya’ni – profilaktik va terapevtik.
Birinchisi organizmning himoya kuchlarini rivojlantirishga, psixologik zarba beruvchi omilga munosabatni o‘zgartirishga, ijodiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan.
Ikkinchisi, paydo bo‘lgan zo‘riqishni zararsizlantirish, uning inson tanasidagi va emotsional sohadagi o‘ziga xos ko‘rinishlariga ta’sir etish.
Albatta, bu ikki yo‘nalish o‘rtasida chegara mavjud emas. Masalan, aynan bir xil autotrening profilaktik va terapevtik maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin. Zo‘riqishlar haddan ziyod kuchayib ketganda nafaqat mushaklar relaksatsiyasi yoki jismoniy mashqlar orqali tanaga ta’sir etish kerak, shu bilan birga kishining his-tuyg‘u va fikrlariga ham ta’sir etish zarurati paydo bo‘ladi.
|