II-BOB. O`SMIRLARDA STRESS HOLATLARINI YUZAGA KELISHI VA UNI BARTARAF ETISH USULLARI
2.1. O‘smirlardagi hissiy zo‘riqishlarning kelib chiqishini eksperimental o‘rganish
Ta’lim va tarbiya jarayoni ertangi dunyoni shakllantiradi. Ertangi kun esa biz ta’lim- tarbiya berayotgan barkamol shaxsga bog‘liq. Bugungi kunda “komillik”, “barkamollik” haqida so‘z yuritilar ekan, ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yana bir tushuncha mavjud bo‘lib, bu “ruhan sog‘lomlik” tushunchasi ma’nosida ham tushunilishi mumkin. Ruhan sog‘lomlik zamirida psixik jihatdan savodxonlik va bu savodxonlikni o‘z hayoti va faoliyati davomida qo‘llay olish ko‘nikmasi hamda malakalariga nisbatan ishlatish mumkin. Ruhan sog‘lomlik deganda, “emotsional (hissiy) zo‘riqish” yoki stress haqida so‘z yuritilayotganligini anglash mumkin. Darhaqiqat ruhan sog‘lom shaxsda fikrlash, o‘zaro muloqot, faoliyat natijalari ijobiy bo‘ladi. Aksincha, ruhiyatda qandaydir zo‘riqish, toliqish vujudga kelsa bu inson salomatligi hamda faoliyatiga ham salbiy ta’sir qiladi. Ayniqsa ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarida ya’ni pedagog, murabbiy yoki ta’lim muassasasi rahbarlarida ruhiy sog‘lomlik yuqori darajada bo‘lmasa, bu o‘quvchilar va pedagogik jamoa bilan muloqotda bo‘lishlariga salbiy ta’sir etadi. Shaxs ruhiyatida kechadigan “hissiyot (lotincha so‘z bo‘lib, emotsiya deb ham yuritiladi)” tushunchasiga izoh berib o‘tmoqchimiz, hissiyot shaxsning voqelikka bo‘lgan o‘z munosabatini his qilishdan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalardir. Insonning ichki dunyosi juda ham boy va turlichadir, psixolog olimlar hissiyotning ikki kategoriya bo‘yicha tavsiflaydilar ya’ni:
|