O‘smirlik davrida salbiy emotsional holatlar turlari




Download 5,55 Mb.
bet11/32
Sana18.03.2021
Hajmi5,55 Mb.
#13263
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
1.2. O‘smirlik davrida salbiy emotsional holatlar turlari.

Salbiy emotsional holatlar barcha yosh kategoriyalari uchun xosdir. Ularning shu holda vujudga kelishi yosh kategoriyaga mansub ehtiyojlardan qoniqmaslik holati bilan bog‘liq bo‘lib, asosiy o‘ziga xos xarakteriga qo‘shimcha tarzda qoniqmaslik xususiyatini vujudga keltiradi.

Emotsiyalar – bu psixik jarayon bo‘lib, insonning atrof muhitga va o‘ziga nisbatan sub’ektiv munosabatidir. Ular psixik faoliyatdagi va somatik namoyon bo‘lishdagi o‘lchashlarning o‘zgarishida o‘z aksini topgan, psixik jarayonlarning vujudga keladigan integrativ holatini (shaklini) bildiradi. Emotsiyalar bir qator xususiyatlarga ega: sifat, mazmun – mohiyat, yo‘nalish, davr, namoyon bo‘lish, vujudga kelish asosi va hokazo. Emotsional holatlarning asosiy sifatlari shaxsning ob’ektiga nisbatan sub’ektiv munosabatiga bo‘lgan muhim belgilari sifatida namoyon bo‘ladi. Ular: ijobiy, salbiy, ikki yoqlama va noaniq (mavhum) munosabatlardir.

Emotsional namoyonlik: emotsional holat, munosabat va reaksiyaga bo‘linadi. Emotsional holat – bu odatda psixopatik tabiatli sub’ektning umumiy somatopsixik xususiyat bilan bog‘liq bo‘lgan qandaydir bir ruhiy holatda bo‘lishidir.

Emotsional munosabat aniq sub’ekt bilan ob’ekt orasidagi munosabat bo‘lib, uning faol jihatini sub’ektiv baholashda namoyon bo‘ladi. Emotsional reaksiya – ma’lum bir ta’sirga bevosita javobidir.

Salbiy emotsional holatlar simptomi ko‘p qirrali va turli tumandir.

“Emotsional buzilishi” – aniq termin hisoblanadi, lekin Tibbiyot sohasida uning ma’nosi – klinik simptomlar (belgilardan ) aniq guruhi yoki axloqiy belgilar ko‘p hollarda qayg‘u keltirib, shaxsiy faoliyatga qarshi ta’sir o‘tkazadi.

Tibbiyot sohasida quyidagi emotsional xastaliklar ko‘rsatilgan: bezovtalanish, depressiya, xotirjamsizlik, asab tarangligi va g‘azablanish.

Yuqorida qayd etilganidek ko‘p belgili modelda quyidagi emotsional xastaliklar aniqlangan: depressiv, bezovtali va somatomorf.

Emotsional xastalanish simptomologiyasi bo‘yicha (unumli) foydali va zararli xususiyatga egadir.

Unumli (foydali) emotsonal xastalanish sezish tipi potologiyasi emotsional giperesteziya va giposteziyani o‘z ichiga oladi.

Emotsional giperesteziya – sezish tipining buzilishi, bunda odamga his etish holati kuchaygan emotsional moslasha olmaslik va haddan tashqari emotsiyalarga rang berish (bo‘rttirish).

Emotsional giposteziya - sezish tonining buzilishi, odamga his etish holati pasaygan emotsional reaksiyaning sustlashishi.

Emotsional holatlar, munosabatlar va reaksiyalar patologiyasi gipotimiya, paratimiya va emotsiyalar tizimiga buzilishidan iborat.

Gipotimiya. Sog‘inch (qumsash) emotsional holati bo‘lib, qayg‘urish natijasida barcha psixologik jarayonlardan ustun turadi. Sog‘inch – yurak qisilishi ko‘krak qafasida siqilish kabi holatlarda namoyon bo‘lib, yurak oldi xuruji deb nomlanadi.

Depressiv, nevrotik va depressiv – paranoid, oneyroid sindromi disforiyasi tizimiga mansub bo‘ladi. Bezovtalanish - emotsional holat yoki reaksiya bo‘lib, ichki hayajon, xotirjamsizlik, uyalish va ko‘krak qismida lokal siqilish xususiyati bilan xarakterlanadi. Oldindan kelgusidagi voqea hodisalardan xavotirlanish holatlarida namoyon bo‘ladi. Sog‘inch (qo‘msash)dan ko‘ra bezovtalanish holati affekt holatni qo‘zg‘atuvchi sifatiga ega. Nevrotik, depressiv – bezovtalanish, o‘tkir sarosimalik va ongning zaiflashuvi sindromlari tizimiga mansub bo‘ladi. O‘zini yo‘qotish (o‘zini anglay olmaslik) – sarosimalik. O‘zgaruvchan, labil emotsional holat bo‘lib, nochorlik, biror narsaga aqli yetmasligidan qayg‘urish bilan namoyon bo‘ladi. Ongning xiralashuvi, affekt, affektiv - paranoid o‘tkir sarosimalik sindromlari tizimiga mansub bo‘lib, o‘ziga xos o‘tkir holatda namoyon bo‘ladi.

Sog‘inch qumsashdan ko‘ra bezovtalanish holati affekt holatni qo‘zg‘atuvchi sifatiga ega, nevrotik depressiya bezovtalanish, o‘tkir saromasalik, affektiv sarosimalik va ongning zaiflashuvi sindromlari tizimiga mansub bo‘ladi. O‘zini yo‘qotish (o‘zini anglay olmaslik sarosimalik-o‘zgaruvchan, labil emotsional holat bo‘lib, nochorlik, biror narsaga aqli yetmasligidan qayg‘u bilan namoyon bo‘ladi. Ongning xiralashuvi affekt, affektiv paranoid o‘tkir sarosimalik sindromlari tizimiga mansub bo‘lib, o‘ziga xos o‘tkir holatda namoyon bo‘ladi.

Qo‘rquv – emotsional holat yoki reaksiyalar bo‘lib, o‘z hayoti yoki farovonligi (xotirjamligini) yo‘qotishdan qo‘rqib yashash holatida namoyon bo‘ladi. Fobik, o‘tkir sarosima sindromi tizimiga mansub bo‘lib, o‘tkir gallyusinoza, ongning, aqlning xiralashuvi (zaiflashuvi), gipotalamik paroksizm, tungi va kunduzgi bolalar qo‘rquvi kabi xususiyatlardan iborat.

Gipertimiya. Eyforiya – emotsional holat bo‘lib, xursandchilik, “yuzidan nur yog‘iladigan”, “oftobday yarqiragan” baxtiyorlik hissi va faoliyatga yuqori darajadagi talpinish bilan intilish. Bu holat manikal, manikal sarosimalik, oneyroid, parafren sindromi va demensiya sindromidan ba’zi ko‘rinishlar, alkogolik, narkomanlik va taksikomanlikdan mastlik holatida namoyon bo‘lishi mumkin.

Ko‘ngilchanlik – mamnunlik hissidagi emotsional holat bo‘lib, faoliyatga umuman intilmaslik. Ekstaz – emotsional holat bo‘lib, ko‘tarinkilik ruhiyati, ekzol’tatsiya, ko‘pincha diniy, mistik kechinmalar orqali namoyon bo‘ladi.

Jahldorlik – salbiy ta’sirlanishning yuqori darajasi, atrofdagilardan norozi holatda agressiyaga va buzg‘unchilik harakatiga moyillik.

Emotsional noadekvatlik – emotsional reaksiyani qo‘zgatuvchi holatga sifat jihatidan mos kelmaslik. Emotsional noadekvatlik holatiga misollardan biri bu oilaviy (ya’ni avloddan-avlodga o‘tib keluvchi) nafrat. Ikkala simptom ham negativ shaxsiy ko‘ngilsizliklar tizimiga mansub. Emotsional noadekvatliklik sababsiz xursandchilik o‘zini boshqarolmay axmoqlik qilish, bolalikka xos sho‘xlik, hazilkashlik, noadekvat holatlar orqali namoyon bo‘lsa, demak bu holat geberfrenlik mavjud. “Shisha va daraxt” simptomi - bu emotsional tushkunlikning yuqori ta’sirchanlik va ko‘ngilsizlikdan tez ta’sirlanish holatlari yig‘indisidir. Bu esa shizofreneyada mavjud bo‘ladigan shaxsiy ko‘ngilsizliklar tizimini tashkil etadi.

Emotsional dinamikasining buzilishi. Emotsional labillik – bu emotsiyalar qutbi hech qanday sababsiz va biror bir asossiz tez-tez o‘zgarib turishidir.

Astenik, abstinent ongning xiralashishi, o‘zini tuta olmaslik (beobro‘ylik) dinriya sindromlari uchun xarakterli. Qiyin xarakatlanish (inertlik, rigidlik) - emotsional reaksiyani qo‘zg‘atish bo‘lib sababsiz emotsil holatida qotib qolish Psixoorganik sindromning shaxsning epileptik o‘zgarish tizimiga mansub. Ko‘ngil bo‘shlik – emotsional reaksiyani nazorat yuzasidan chiqishi tashqi ta’sirga e’tibor berolmaslik va o‘zini tuta olmaslik holati. Nevrotik va psixoorganik sindromlar tizimiga mansub bo‘lib, o‘zini tuta olmaslik holatida namoyon bo‘ladi.

Negativ (salbiy) emotsional ko‘ngilsizliklarning quyidagi shakllarini ajratib olamiz.

Emotsional holatning ekstensivligi bo‘yicha negativ ko‘ngilsizliklar. Emotsional rezonansning qisqarilishi ekstensiv (tarqaluvchi) emotsional reaksiyalarning kamayishi sub’ekt tomonidan oldin emotsional e’tibor berilgan ob’ektlar, jarayonlar, ehtiyojlar faoliyati turlarining yig‘imi doirasi kichrayishida namoyon bo‘ladi.

Emotsional patologik universal – emotsional rezonansning ichki utilitar – gedonik ehtiyojiga yo‘naltirilgan eng oxirgi qisqarish darajasi.

Intensivligi asosida baholangan negativ (salbiy) ko‘ngilsizliklar. Emotsional nivepir – mashhur sub’ktiga xos bo‘lgan emotsional ta’sirlanishning differensional yo‘qolib ketishidir. Bu holat emotsional reaksiya ob’ektiga, voqea – hodisaga, ehtiyojga, jarayonga va turli xildagi faoliyatning tenglashtirilishida namoyon bo‘ladi. Emotsional xiralashuvi – emotsional holat intensivligi (kuchi)ning pasayishi, mimika va jest (qo‘l harakati) orqali namoyon bo‘ladigan harakatning susayishi. Emotsional zaiflik – sezgirsizlik, befarqlik, emotsional bo‘shliq, emotsional ta’sirlashishning, moslashishning yo‘qolishi.

Yuqorida izohlab berilgan negativ ko‘ngilsizliklar, ekstensivligi va intensivligining namoyon bo‘lishi bo‘yicha baholanadigan holatlar apatikoabulik sindromining turli darajalarida vujudga keladi.

Bezovtalanish qatorining nomoyon bo‘lishi bu tushuncha F.B.Berezing tomonidan kiritilgan (1967-1968) emotsional holat bo‘lib, qomusiy asoslar bezovtalanish, o‘sish darajasiga qarab bir-birining o‘rnini egallab borishi.

Bezovtalanishning eng past darajada namoyon bo‘lishi ichki taranglik holatining birinchi bosqichida kechiriladi. Bezovtalanish birinchi darajasi kechinmalarni taranglashishi, ehtiyotkorligi, diskomfortning vujudga kelishi bilan ifodalandi. Bu holat o‘ziga tahdid sifatlarini saqlaydi, balki vahima va bezovtalikning yaqinlashishi belgilari sifatida belgilanadi. Bu bezovtalik darajasi moslashishi ahamiyatga ega.

Ikkinchi darajada giperstizik reaksiya ichki taranglikning sezish yoki unga qo‘shilishi bilan almashadi. Oldingi neytral xossalar kuchayishi jarayonida salbiy emotsional tus oladi. Bunda differensialllanmagan ta’sirlanishga asoslangan jizzakilik xususiyati aniqlanadi.

Uchinchi darajada bezovtalanishning noaniq tahdid borasida qayg‘urishi sifatida namoyon bo‘ladi. To‘rtinchi daraja qo‘rquv bezovtalanishning real sababini ko‘rsatish shart emas. Beshinchi daraja bostirib kelayotgan fojianing oldini ololmaslik, xavflilikning o‘sishi jarayonining davom etishida nochorlik alomatining kuchayishi bilan vujudga keladi. Eng yuqori daraja - vahimali qo‘rquvning uyg‘onish – harakatni razryad ehtiyojiga, yordam kutish orqali namoyon bo‘ladi. Yurish turish va faoliyatning vahima ostiga buzilishi bunda maksimal cho‘qqiga erishadi.

Adabiyotlarda “qo‘rquv” tushunchasi har xil talqinda berilgan. Masalan J.Kamlan va B.Sadok (1994) qo‘rquvni “tashqi tanish va tabiatan qarama-qarshi bo‘lmagan xavfga nisbatan himoya reaksiyasi” deb, talqin qilishgan. V.Bleyxer va I.Krug (1995) – “ichki taranglik hissi” kabi izohlab bergan. A.I.Zaharov (1988) “qo‘rquv” tushunchasini “insonning hayoti va farovonligi uchun xavf tug‘diruvchi o‘tkir affektiv hissiyot” deb qabul qilgan. O‘sha paytning o‘zida A.Kempinskiy (1975)ning fikri alohida ahamiyat kasb etuvchi ma’noda “qo‘rquv” tushunchasi “qochish vaziyatini keltirib chiqaruvchi hissiyot” deb tushuntiriladi. Yuqorida nomi qayd etilgan psixiatriya mutaxassisliklari turli shakldagi qo‘rquv belgilarini aniqlab berganlarini ko‘rish mumkin;

Himoya reaksiyasi, ichki taranglik hissi, yaqinlashayotgan xavfni oldini olish va boshqalar.

Odatda fobiya majburiy undash holati doirasida qaralgan. B.Karvasarskiy (1990), oxirgi paytda “yopishqoq holat nevrozi” shaxsning patalogik rivojlanishi (aksentuatsiya va psixopatiya) tushunchalari bilan chambarchas bog‘lanib ketadi, deb uqtiradi.

Differensial diagnostikani ko‘rib chiqib, u “yopishqoq holat”larning klinik ko‘rinishi nevrotik hastaliklarning aniq chizilgan tizimi sifatida vujudga kelayotgan psixogen (reaktiv yo‘l bilan) va unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan miqdorda sindromlarda sig‘ishadi: Obsessiv va astenik ko‘pchilik olimlar biroz boshqa turdagi “yopishqoq holat”lar va 3 ta asosiy sindromlarga e’tibor berishmoqda, bular: fobik, absessiv va kompulsiv. Bunda fobiya holatiga yopishqoq qo‘rquv, absessiya holatida yopishqoq fikrda (majburiy hisob-kitob, majburiy ikkilanishlar, hotiralar, odamlar va boshqa), kompulsiv sindrom o‘z ichiga majburiy harakatlarni ifoda etadi (bular suhbat davomida qalam bilan taqillatib o‘tirishi salbiy ta’na, qo‘l-oyoq harakatlari, qiliqlar, odamlar va boshqa).

Fobiyalar grekcha – qo‘rquv) – majburiy yopishqoq qo‘rquv holati. Fobiyalarning turli xillari: majburiy qo‘rquv qiziqish (eritrofobiya), ochiq joylarda bo‘lishidan qo‘rqish (agrofobiya), yopiq joylardan qo‘rqish (klaustfobiya), o‘limdan qo‘rqish va boshqa.

Fobiya nevroz va psixopatiya jarayonida, psixoasteniklarda, shuningdek turli xildagi emotsional hastaliklari mavjud. Psixozlarda (depressiv holat, shizofrineya va boshqalar) namoyon bo‘ladi.

Adabiyotlarda keltirilgan “fobiya” tushunchasi turli xilda talqin etilgan, Kerbokov (1968) juda qisqa ta’rif berib: “ Fobiya – bu majburiy (yopishqoq) qo‘rquvdir.Spejevskiy (1968) fobiyani “intensivligi va ma’nosiz bo‘lishiga qaramay va yenga olmasligi va uni yenga olish uchun qattiq harakat qilishi holatlarida namoyon bo‘lishi bilan farq qiladi”, - deb ta’kidlaydi.

Karvasarskiy (1990) quyidagicha ta’rif beradi: “Fobiya - bu aniq fabulali majburiy qo‘rquvga undash holati bo‘lib, ba’zi vaziyatlarda o‘ziga nisbatan tanqidni saqlab qolish holatini kuchaytirish”, Svyadosh bo‘yicha esa, “Fobiya - bu ma’lum bir jarayon bilan bog‘liq, bir qator tasavvurlar va ularning mavjud emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘rquvdir”. Kaplan va Sodak (1994) tomonidan juda aniq ta’rif berilgan: “Fobiya - o‘zida qat’iy irrasional qo‘rquvni namoyon etib, natijada maxsus qo‘rquv ob’ektidan, faoliyati va vaziyatidan qochishni anglash holatidir”.

Keltirilgan ta’riflarni umumlashtirib fobiyaning quyidagi diagnostik omillarini ajratish mumkin, bular qo‘rquvning yopishqoq xarakteri, fabulaning aniqligi, jarayonning intensivligi va qat’iyligi, bemor o‘zining holatiga tanqidiy munosabatda bo‘lishi. Kaplan va Sedak, psixoapatik yondashuvga asoslanib, qo‘rquvning irrasional xarakterini (asossizligi, mantiqsizligi)ni ta’kidlaydi, fobiyani shakllanishini qo‘zg‘atuvchi sababi ko‘p hollarda bemorning xayolidan chiqarilgan bo‘ladi.

Ko‘pchilik mualliflar (3.Freyd 1892, B.Karvasarskiy 1990; A.I.Zaxarov, 1988) Kaplap, Sedak, 1994; M.Litvak 1995) bezovtalanish va qo‘rquv orasida qat’iy farqlar mavjud bo‘lib, “anglangan bezovtalik” deb qabul qilish mumkin emas. A.I.Zaxarov fikriga ko‘ra (1988) bu emotsiyalar o‘rtasidagi farq shunchalik qat’iyki, ular nafrat va psixik xastaliklarga tegishli bo‘ladi.

Bezovtalik – individual psixologik xususiyat bo‘lib, inson bezovtalik holatining intensiv va tez – tez namoyon bo‘lishi, shuningdek, juda tez namoyon bo‘lishi, shuningdek juda tez vujudga kelish xossasiga ega bo‘ladi. Asablarning susayganligi sharti bilan shaxsiy bilim yoki temperament xususiyati sifatida ko‘rib chiqiladi. Boshqa xastaliklar o‘rtasida bezovtalik bilan “fobiya”, ipoxandriya, isteriya, yopishqoqlik (majburiylik) holati singari ko‘riladi. Birinchi bo‘lib, bezovtalanishga Z.Freyd (1925) tomonidan ta’rif berilgan.

Bezovtalik shaxsning faqatgina me’yoridan ortiqcha qo‘rqish, qo‘zg‘atuvchi salbiy xususiyati sifatida emas, balki ba’zi hollarda individum uchun va uning ijtimoiy vazifalarini bajarish uchun foydali holat sifatida o‘rganilgan. “Bezovtalik darajasi yuqori bo‘lgan kishilar yengil, mantiqan qiyin bo‘lmagan vazifalarni” “xotirjam” kishilar esa qiyin vazifalarni yaxshiroq bajarishadi.

Shunday qilib, bezovtalanish o‘zida moslanish vazifasini namoyon etib, tashqi va ichki xavfning vujudga kelishi to‘g‘risida xabar beradi, organizmga bu xavfning oldini olish va oqibat darajasini yumshatish uchun chora ko‘rishga da’vat etadi.

Bezovtalikning ikki xili mavjud bo‘lib, biri - shaxsning biroz qat’iylik xususiyati va ikkinchi – individning xafvli holatga reaksiyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bezovtalikning bu kategoriyalari mustaqil bo‘lishga qaramay ular o‘rtasida aniq bog‘liqlik mavjud.

Shaxsiy va vaziyatli bezovtalikning farqini ko‘rsatish uchun Spilberger, ikkita savol-javob qo‘llanmasini yaratdi. Bezovtalikning birinchi ko‘rinishi “B-xususiyat”, ikkinchisi esa “B-holat”. Spilberger savol-javob qo‘llanmasida asos qilib olingan konsepsiyasiga “Bezovtalik holati (B-holat) sub’ektiv xususiyatga ega bo‘lib, nerv sistemasining alohida faollashi bilan bog‘liq holda xavfli va taranglikni aqlan qabul qilish sifatida namoyon bo‘ladi. Bezovtalik shaxsning xususiyati sifatida (B-xususiyat), individning keng ko‘lamda ob’ektiv jihatdan xavfsiz holatlariga B - holat bilan e’tiborni qo‘zg‘aydi va shu bilan birga shaxsning motivini yoki xulq dispozisiyasini (odatsizligini) namoyon etadi.

Shaxs va vaziyatli bezovtalik ko‘rsatgichlari o‘zaro bog‘liq bo‘ladi: Bezovtalik darajasi ko‘rsatgichi baland bo‘lgan kishilarda vaziyatni bezovtalik bir-biriga o‘xshash bo‘lganda yuqori darajada ifodalanadi. Ayniqsa, inson tanasida qandaydir og‘riq paydo bo‘lsa yoki tananing biror a’zosiga tahdid xavfi tug‘ilganda bunday vaziyatlarning o‘zaro bog‘liqligida ifodalanadi. Aksincha, agar bezovtalanishini tug‘diruvchi vaziyat vujudga kelishi individ obro‘-e’tiboriga va o‘z-o‘ziga ishonchiga boshqa kishilar tomonidan shubha ostiga olinishi, vaziyatli bezovtalikning darajasidagi farq maksimal darajada namoyon bo‘ladi.

Depressiya - (lotincha depressio – bosim o‘tkazish) affektiv holat bo‘lib, salbiy emotsional fonning ifodalanishi motivatsiyasining o‘zgarishi va umumiy xulqining susayishi bilan xarakterlanadi. Inson depressiya holatini sub’ektiv jihatdan avvalam bor, og‘ir, qiynovchi emotsiyalar tushkunlikka tushish, qayg‘urish, g‘am chekish kabi kechinmalarni his etadi. Qiziqish, motiv va irodali faollik keskin pasayadi. Inson hayotida uchraydigan turli xildagi nohush, og‘ir hodisa voqealar, hamda yaqinlari to‘g‘risida qayg‘urish mas’uliyati haqidagi fikr mavjudligi bilan xarakterlanadi. O‘tgan voqea hodisasi uchun gunohkorlik hissi hayot qiyinchiliklari oldida o‘zini nochor va kelajakka ishonchsizlik hissi bilan bir xil bo‘ladi. O‘ziga baho berish keskin pasayadi. Vaqtni sezish holati keskin o‘zgaradi, ya’ni vaqtni o‘tishi azobli va uzoq davom etadi. Depressiya holati uchun harakat susayishi tashabbuskorlikning yo‘qolishi, tezda charchash holati, bularning hammasi keskin mas’uliyat hissini pasayishiga olib keluvchi xususiyatlarga xosdir.

Depressiyaning uzoq va og‘ir kechishi insonni o‘z-o‘zini o‘ldirish holatiga ham olib kelishi mumkin. Depressiya holatining quyidagi farqlari mavjud:

1) sog‘lom kishilarda me’yor darajadagi psixik funksiya;

2) potologik depressiyadagi asosiy psixiatriya sindromi.

Depressiv sindrom holatida psixik faoliyat tormozlanadi, affektiv muhit buziladi. Tormozlanishning belgilardan biri bu - depressiv qotib qolish (harakat va nutqining mutloqo bo‘lmasligi) hisoblanadi.

Bolalar potologik qo‘rquvi sindromi – bu sindrom turli xildagi qurquvlar (vujudga kelish vaqti, mexanizmi, xususiyatlarlan kelib chiqqan holda) vujudga kelishiga psixologik va davomiylikning namoyon bo‘lishi, o‘ziga xos xususiyatini qo‘zg‘atuvchi kuchi va sababiga bog‘liq.

Qo‘rquvning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: yopishqoq (majburiy), yuqori baho berish, alahsirash, tungi differensiyalangan.

Yopishqoq (majburiy) qurquvlar - bexostan bemorning xohishiga qaramay vujudga keladi, u dastlabki qo‘rquv bilan bog‘liq bo‘lib, unga nisbatan kritik munosabat saqlanadi.

Bular asosan:

Qo‘rquv kasalligi (nozofobil), o‘tkir narsalar, balandlik, yopiq xona yoki bino, (kloustrofobiya), uyalish (ereytofobiya) va boshqa ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.

Nevroz, bosh miyaning organik xastaliklari, shizofriniya holatlarida uchraydi.

Yuqori baho berilgan qo‘rquv (vahima) bemor ongida voqelikka asosligi bilan va asosli real fabulalar o‘rnashib qolgan bo‘ladi. Qo‘rquvning affekt kuchi va ifodalanishi va uni yengish harakatlarining mavjud emasligi bilan xarakterlanadi. Kattalar tomonidan tarbiyalash maqsadida maktabgacha yoshdagi bolalar bo‘lgan yoshda hayvonlar (jonzotlardan) qo‘rqish (masalan itlar), film personajlari, ertaklar (jinlar, ajinalar) yoki obrazlardan kattalar tomonidan tarbiyalash maqsadida foydalanish natijasida vujudga keladi. Kichik maktab yoshdagi bolalarda qorong‘ilik qo‘rquvi, yakkalik, qarindoshlardan uzoqlashishi, ular bilan hayoti va sog‘ligi to‘g‘risida qayg‘urib qo‘rqish, maktabdan cho‘chish kabi qo‘rquv belgilari mavjud bo‘ladi. Nevrotik xastaliklar, ba’zida shizifriniya holatlarida ham uchrash mumkin.

Alaxsirash qo‘rquvi, odatda, ruhiy jarohatlovchi vaziyatlardan xoli holda (autogen holati), korreksiyalashga hojat qolmaydi, noma’lum ichki tahdid ostida tirik jon va jonsiz narsalar (ob’ektlar) bezovtalanish va ehtiyotkorlik, boshqalardan shubhalanish o‘zi va yaqinlari uchun his etish.

Tungi qo‘rquv, tungi uyqu paytida, ongning qisqarishi natijasida vujudga keladi. Bunda bolalar qo‘rqib titraydi, ularning yuzida qurquv va dahshat namoyon bo‘ladi. Odatda ertalab amneziya holati kuzatiladi, bunda bolalar tungi qo‘rquvidan hech narsa eslay olishmaydi. Psixogen xastaliklar doirasida nevrozga o‘xshash holatlarning genezisida epileptik genezining dastlabki jarayoni namoyon bo‘lishi mumkin.

Differensiyalanmagan qo‘rquv - predmetsiz somatovegetativ bezakda krizis jarayonida belgilanadi. O‘smirlarda emotsional buzilishlar namoyon bo‘lish jarayonini ko‘rib chiqamiz. Emotsional voyaga yetmaslik – emotsional muhit olami bo‘lib, ancha kichik yoshdagi bolalarda kuzatiladi, emotsional reaksiyalarning o‘zgaruvchanligi va tuturuqsizligi bilan, hamda infantil “injiqlik” orqali namoyon bo‘ladi. Bunday holatlarda aynan qaysi hissiyotlar va tasavvurlar kayfiyatini bundan o‘zgarishidan olib kelganligini aniqlash qiyin bo‘ladi.

O‘smirlik davrida vaqtinchalik holat kabi emotsional qo‘pollik yuzaga kelib emotsional bo‘shliqning yaqinlariga bo‘lgan keskin uzilish, atrofga bo‘lgan qiziqishning so‘nishi, emotsional ta’sirlarning yo‘qolishi bilan namoyon bo‘ladi.

Emotsional voyaga yetmaslik katta o‘smirlik – intellektual, estetik axloqiy emotsiya va qiziqishlarning sust rivojlanishida, ya’ni yuksak emotsiyalar (qayg‘urish, xavotirlanish, differensiyalangan bog‘liqlik) oilaviy hayotiga reaksiya holatlari yo‘qoladi.

Emotsinal labillik – bolalar va o‘smirlar ambulator psixiatrik tajribasida ko‘pincha rezedual – organik serebral yetishmovchilikning dekompensatsiya holatida uchraydi. Rezedual - organik serebral yetishmovchilikning, shuningdek, bir necha oy yoki hafta davomida manikaldek ressiv yoki shizoaffektiv psixozning tutqanoq oldi davrini suradi.

O‘smirlarda emotsional beqarorlik yoki nafrat yoki onasi kasal bo‘lganda nochorlikda qolishi, xursandchilikda va xafagarchilikda befarq bo‘lishi, bir bolani jazolashda yoki bir og‘ringanida uning ustidan kulish, yoki o‘zini idora eta olmagan holda ezmalik qilish kabi vaziyatlar bilan namoyon bo‘ladi. O‘smirlik davri uchun moslasha olmaslik hayajoni affektiv xulq shaklida: o‘ta achchiqlanish, ginachi, xafa bo‘lish, qaysarlik, negativizm, “qobiqlanish” ya’ni “ichimdagini top” qobilida odamlardan chetlashish, tormozlanish, emotsional beqarorlik kabi belgilar orqali ko‘rinadi. Moslasha olmaslik noadekvatlik affekti, asosida salbiy kechinmalar, o‘smir hayotida ahamiyatli bo‘lgan hayotiy ehtiyojlardan qoniqmasligi yoki ular orasidagi kelishmovchiliklar kabi belgilar yotadi. Ko‘p hollarda bu belgilar asosan, bolalarda ular uchun ahamiyatli bo‘lgan istaklarining amalga oshishi uchun qobiliyatning yetishmaganligini anglash jarayonida vujudga keladi. Bolaning istaklar darajasi odamga u uchun odatiy hol (ko‘nikma) bo‘lgan noadekvat ravishda o‘ziga baho berish vaziyatiga asoslanadi, natijada o‘smir o‘zining istaklar darajasini tushirgisi kelmaydi, shu bilan birga o‘ziga beriladigan bahoni pasaytirishga yo‘l qo‘ymaydi.

Emotsional noadekvatlik – psixopatiya, patologik pubertat krizis, epilepsiya, ayniqsa shizofrinil jarayonlarida vujudga kelib, psixoz tizimini va hatto jinoyat sodir etish holatiga olib keluvchi shaxsiy defekt belgilarni qo‘zg‘aydi. Istaklar darajasi bilan o‘smirning real imkoniyatlar o‘rtasidagi farq anglay olmaydigan ichki ziddiyatni keltirib chiqaradi. O‘zining ilojsizligini tan olish, mavjud bo‘lgan odatiy baho berish ehtiyojini saqlab qolish bilan kesishadi, lekin bola buni istamaydi va bunga yo‘l qo‘ymaydi. Shundan o‘smirning mag‘lubiyatiga bo‘lgan noadekvat reaksiyasi vujudga keladi: yoki u o‘zining mag‘lubiyatini inkor etadi, yoki unga aqlga sig‘mas fantastik izoh beradi. U o‘ziga berilgan bahoni o‘zgartirishga hech ham yo‘l qo‘ymaydi, o‘zidagi omadsizlikning sababi o‘zidagi kamchiliklarda emas, balki boshqa narsada bo‘lishi mumkin deb e’tirof etadi. Natijada affektiv reaksiya yuzaga keladi. Bu holda affektiv reaksiya himoya vositasi sifatida bolaga omadsizlikka uchrash jarayonida o‘ziga baho berish va istaklar darajasini pasaytirmaslikka ya’ni, noadekvat reaksiya, bolaning ongiga o‘zining noshudligi to‘g‘risidagi hech qanday fikricha ham o‘rin qoldirmaydi.

Ko‘pgina adabiyotlarda pubertat yoshda depressiv xastaliklarning keng tarqalganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud, ayniqsa – delinkvent o‘smirlarda, depressiyadan tashqari, odatiy hol bo‘lib qolgan bezovtalik, kontaktning buzilishi, agressiya va g‘azablanish kuzatiladi.

Bezovtalanish salbiy emotsional holatlardan biri bo‘lib, (zo‘rlash holati, depressiya, nevroz, affektiv holat va boshqa) quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: (A.E.Lichko, 1979, Yu.S.Shevchenko, 1973) senzitiv, shizoid, shuningdek gipertim – eksplozitiv va astenonevrotik xususiyat tiplari. Oxirgi aksentuatsiya tipi nevrostetik doirasidagi nevrotik reaksiyalarga ijobiy ta’sir etadi, buning asosida rivojlanish nevrozi (V.N.Myasishev 1960) yoki nevrotik rivojlanish (O.V.Kerbyakov, 1961; T.K.Umarov, 1978: V.VKobalev, 1979; B.D.Korvorarskiy, 1980).

12 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda bezovtalanish darajasining o‘sishi proyektiv testi orqali o‘rganiladi. (I.S.Kon), (65,66) 12 – 16 yoshda dismorfobil sindromining eng yuqori darajasida bo‘ladi. (jismoniy yetishmovchilik, kamchilik alaxsirash) o‘smirlarda o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lish ehtiyoji 5 sinfdan 9 sinfgacha saqlanib qoldi.

Salbiy emotsiyalar, ayniqsa bezovtalik birinchi navbatda omadsiz muloqotlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bezovtalik darajasi yuqori bo‘lgan o‘smirlarda asosan ajralib turish, atrofdagilardan o‘z fikri va hissiyotini yashirishga harakat qilish xususiyati mavjud bo‘ladi. Shu bilan birga, ularga atrofdagilardan katta e’tibor talab qilish va ularning qo‘llab-quvvatlashiga kuchayadi va o‘ziga tor, emotsional jihatdan qulay muloqot doirasidan hamkor tanlash tashabbusi va faolligi kuchli bo‘ladi. Boshqa o‘smirlar singari muloqot ular uchun ehtiyoj va ijobiy emotsional manbaidir, lekin faqatgina o‘zi tanlagan kishilar bilan.

O‘smirning bezovtaligi to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlar va sotsiometrik statusi (ijtimoiy holati) bir-biriga zid va turli xilda bo‘ladi. Masalan, A.M.Prixojyan bunday bog‘lanishni kichik o‘smirlik yoshida juda past darajada namoyon bo‘ladi, deb izohlaydi va bunda bezovtalangan bolalar o‘z tengdoshlari orasida har xil vaziyatda bo‘ladilar - yoqimtoylikdan to jirkanchlik holatida bo‘lishi mumkinligini belgilab beradi.

Bezovtalanish mexanizmining rivojlanishi jarayoni bolani holsizlanishga va apatiya, depressiya holatiga olib keladi.

Bunday vaziyatda shaxsiy qiziqishlar yo‘qolib, bezovtalanishni keltirib chiqaruvchi zaddiyatlarni pasaytirishga olib keladi. Energetik imkoniyatlarning pasayishi ko‘p hollarda keyingi yosh davrlar jarayonida regressiyaga olib keladi. Salbiy emotsional holat, ayniqsa bezovtalik o‘smir o‘z tengdoshlari tomonidan rad etilgan yoki unga nisbatan kichkina bolaga bo‘lganday vujudga keladi.

Bezovtalanish hissi tengqurlar guruhida referent baholanishi natijasi bilan shaxsiy kutilgan natijalarning bir-biriga mos kelmasligi natijasida vujudga keladi. Shuni aytish joizki, qiz bolalar har xil kamsitish va e’tiborsizliklarga juda ta’sirchan bo‘ladi.

Shunday qilib, o‘smirlik yoshi salbiy emotsional holatning asosiy turlari ko‘rib chiqildi, bu muammo bo‘yicha ko‘pgina adabiyotlar mavjud, lekin bu muammoning yechilishi noaniq va turli tumandir. Mazkur ish muammoning murakkabli va amaliy zarurat tug‘ilganligi natijasida vujudga keladi.



Download 5,55 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Download 5,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘smirlik davrida salbiy emotsional holatlar turlari

Download 5,55 Mb.