|
Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti
|
bet | 13/32 | Sana | 18.03.2021 | Hajmi | 5,55 Mb. | | #13263 |
1-bob yuzasidan xulosalar
O‘smirlarda emotsional zo‘riqish holatlarini o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslariga bag‘ishlangan ushbu bob tahlilidan ko‘rinadiki:
O‘smirlarda emotsional zo‘riqish holatlarini A.B.Xolmogorova, N.G.Garanyan 1996; F.P.Il’in 2001 L.B.Kim 1997; K.Xorni, 1993, K.Yung 1993 kabi ko‘plab olimlarning fikr bildirish va axloqiy qarashlari ob’ekti bo‘lgan. Ularning bir qator asarlarida ushbu muammoning ma’naviy, axloqiy, psixologik va tarbiyaviy jihatlari ochib berilgan.
Psixologik zo‘riqishlar organizmning turli funksional tizimlaridagi o‘zgarishlarda namoyon bo‘lsa, uning jadalligi yoki kuchi kayfiyatning buzilishidan tortib, oshqozon yarasi yoki yurak infarktigacha olib kelishi mumkin. 3. O‘quv faoliyati bilan bog‘liq stresslarni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, kelajakda bo‘ladigan holatlar – qo‘rqish, stressning yuqori darajadagi tajovuzkorlik, o‘ziga nisbatan ishonchsizlik, depressiv (tushkun) kayfiyat, tinchlik bermaydigan fikrlar, o‘zini ojiz his qilish kabi ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishi mumkinligi kuzatildi.
Bu o‘z o‘rnida tadqiqot ishimizda ko‘tarilgan muammoni atroflicha o‘rganish lozimligini, bugungi kunda o‘smirlardagi emotsional zo‘riqish holatlarini psixokorreksiya qilish muhim psixologik muammo ekanligini, mazkur muammo bo‘yicha fundamental psixologik tadqiqotlar olib borilishi, chuqur taxlil qilinishi hamda kerakli xulosalar chiqarilishi zarur ekanligini taqozo etadi.
|
| |