Ko‘p qirrali hissiy buzilishlar modeli
Tadqiqot darajasi
|
Tadqiqot ob’ekti
|
Hissiy buzilishlar
|
Ruhiy siqilish
|
Bezovtalanish
|
Somat’form
|
Makroijtimoiy
|
Salbiy hissiyotlarni chiqaruvchi va qayta ishlovini qiyinlashtiruvchi ijtimoiy qadriyatlar va o‘rnatilgan tartib qoidalar, ko‘nikmalar
|
Yutuq va sharafga sig‘inish
|
Kuchga sig‘inish va raqobatlilik (manmanlik)
|
Yangilikka sig‘inish va bosiqlik
|
Oilaviy
|
Individuallashtiruvchi, salbiy hissiyotlarni o‘rnatuvchi va qayta ishlov berilishini qiyinlashtiruvchi oilaviy tizimdagi o‘ziga xos xususiyatlar
|
Simbiotik aloqadagi yopiq oilaviy tizim
|
Yuqori darajadagi ota–ona talablari yuqori darajadagi tanqid
|
Boshqalarga ishonchsizlik (oiladan tashqari) qobiqlanish, qattiq nazorat
|
Oilada hissiyotlarga befarqlik va ularning namoyon bo‘lishiga to‘sqinlik qilish
|
Shaxslararo
|
Odamlar bilan yaqin munosabatlar o‘rnatishdagi qiyinchiliklar va hissiy qo‘llab quvvatlanish
|
Boshqa odamlarda yuqori talablar qo‘yish va yuqori darajadagi munosabatlar kutish
|
Boshqalardan salbiy munosabatlar kutish
|
O‘zini namoyon qilishda va boshqalarni tushuntirishda qiynashish
|
Shaxsiy
|
O‘zini, boshqalarni va hayotni salbiy jihatdan qabul qilishga undovchi, o‘zligini anglashga xalaqit beruvchi shaxsiy ko‘nikmalar va tartib qoidalar
|
Perfeksionizm
|
Yopiq nizodorlik
|
“O‘zga hayot” (aleksitimiya)
|
Kognetiv
|
Salbiy hissiyotlarni qo‘zg‘atuvchi va o‘zligini anglashini qiyinlashtiruvchi kognitiv jarayonlar
|
Ruhiy siqilish uchligi (triada )
|
Bezovtalanish uchligi (triada)
|
“Xavfli sezish”
|
O‘zgarmas hodisa
|
Bo‘rtirish
|
Inkor etish
|
Salbiy yuqori umumlash – qutblantirish va bog‘lanishlar
|
Kuchli fikrlash qobiliyati
|
Axloqiy va alomatli
|
Og‘ir emotsional holat, noxush jismoniy hissiyot va og‘riqlar, ijtimoiy (dezadaptatsiya )ko‘nikmaslik
|
Passivlik, qoloqlik, faolsizlik, o‘zidan norozilik boshqalardan ko‘ngil qolish
|
O‘zini chetga olish, nochorlikhissi, bezovtalanish, o‘ziga baho berishdan qo‘rqish
|
Hissiyotlar jamlanadi va fiziologik jihatdan psixologik shikastsiz qabul qilinadi
|
Shunday qilib, bunday oilalarda salbiy hissiyotlarning o‘rganilishi va aniq aylanma harakatda bo‘lishiga qulay imkon yaratib beriladi.
Ayni paytda yuqorida eslatib o‘tilgan xususiyatlar ko‘pgina boshqa oilalar uchun ham mansubdir.
Ruhiy zo‘riqish mavjud bo‘lgan oilalarda tanbeh berish holati, ota-ona talablari va erishiladigan natijalardan yuqori ko‘rsatkichlar kutish avj oldi. Bunday vaziyatda bolalar kamdan–kam hollarda rag‘batlantiriladi, chunki natija standartlari juda yuqori va rag‘batlantirish mukammal intilishlarni da’vat etadi. Vujudga kelgan taranglik va buzilishlar, ya’ni erishgan natijalardan va imkoniyatlardan qoniqmaslik hissi bolada doimiy ravishda o‘ziga ishonmaslik, tushkunlikka tushish kabi salbiy hissiyotlarni shakllantiradi. Mukammal bo‘lishga intilish, lekin yengishiga ko‘zi yetmaslik, natijada maqsadni vahimali bezovtalanishlar asosan o‘ziga xos og‘ir munosabatlarning buzilishi natijasida vujudga keladi, chunki ular doim noxushliklarni kutib yashaydi, ularda “qobiqda yashab” boshqalardan yashirinib yashash xususiyati mavjud. (shaxslararo munosabat darajasi)
Ular kamdan–kam hollarda ularga taklif qilingan yordamni qabul qiladilar, chunki ularda boshqalarga nisbatan ishonchsizlik kuchli bo‘ladi, qo‘rqqanlaridan o‘zlarini zaif qilib ko‘rsatgilari kelmaydi. Bu vaziyatda bolalarda kognitiv xususiyat shakllangan bo‘lib, ularda o‘z imkoniyatlariga ishonmaslik va xavfning ortib borishidan qo‘rqadi. Yuqorida ko‘rsatilganlarning barchasi nochorlik va qo‘rquv, boshqalardan uzoqlashish va yashirinish holatiga olib keladi. Bu esa atrofdagilar tomonidan salbiy baholonadi. (simptomatik daraja)
Agar ruhiy siqilish kuchli va bezovtalanish bilan kasallanganlar ya’ni hissiyoti shikastlangan bo‘lsa, eksperiment natijalari bo‘yicha, emotsional xastaliklar somatik simptomlari mavjud oilalarda asosiy muammo oila hayotida hissiyotlarning psixologik holatini vujudga keltirib ba’zi bir hayot yo‘nalishlariga e’tibor bermaslikka va ba’zi hollarda hissiyotlarning namoyon bo‘lishiga chek qo‘yiladi yoki ta’qiqlanadi. Aleksimiya aynan shunday rivojlanadi, ya’ni o‘zining vujudga kelgan hissiyotlarini anglay olmaydi. Ushbu potologiyada bazaviy mojaro inson tabiatiga xos hissiyotlarni va ulardan voz kechish, “o‘zga olamda yashashga urinib ko‘rish hissiyotlar olamini chetlab o‘tish kabi hollarda namoyon bo‘ladi. Natijada noyob aloqalar, rad etuvchi kognitiv ko‘rinish va fiziologik hissiyotlar komponentining o‘sishi psixologik jihatdan qabul qilinmaydi va qayta ishlab chiqilmaydi. (mos keluvchi darajaga qaralsin).
Yuqorida bayon etilganlardan, shunday xulosaga kelish mumkin: zamonaviy kishining hissiyotli hayoti ikki xil yo‘nalishdagi vaziyatni belgilab beradi.
Birinchisi hissiyotning birligi va (intensiv) jadal sur’at bilan o‘sishini belgilab beruvchi zamonaviy hayotning bir qator xususiyatlari mavjud: ijtimoiy va jismoniy muhitning intiluvchan o‘zgarish, hayot sur’atlarining o‘sishi va uning qiymati, an’anaviy oila tizimining buzilishi ijtimoiy va ekologik muammolar. Bularning barchasiga inson qo‘rquv, bezovtalanish, nochorlik armon va o‘kinch bilan ta’sirlanadi. Ikkinchi vaziyat hissiyotlari salbiy ta’sir o‘tkazishi bilan, inson hayotidagi siyosiy jarayon bilan, inson hayotda (destruktiv) tizimni beruvchi va ig‘vogarlikni keltirib chiqaruvchi xususiyatga ega. Yuqorida aytib o‘tilganidek, bu vaziyat (jarayon) kirib kelgan XX asrga xos yangi qadriyatlar, ya’ni: hayotni yangi mantiqiy farovonlik va omad qadriyati, kuchli va mard bo‘lishga intilish bilan bog‘liqdir.
Tarbiya tizimi va ta’lim hissiyotlar olamiga juda kam e’tibor berib, intelektni (ya’ni aqliy bilishni) rivojlantirishga qaratilgan. Rossiyada ham g‘arb mamlakatlari kabi komp’yuter dasturlarini o‘rganishga qaratilgan. Bu borada faqatgina shaxslararo muloqot hissiyotlar olamini tizimlashtirishga qodir bo‘lib, o‘zligini anglashni takomillashtirishga va o‘zini namoyon etishga davom etadi. Ta’limning komp’yuterlashtirish zamonaviy insonga og‘ir salbiy asoratlar bilan ta’sir etadi, bu tahdid an’anaviy ta’limga bo‘lgan konservativ munosabat bilan bog‘liq emas, balki inson olamining rivojlanish imkoniyati bunday o‘quv jarayoni bilan bir – biriga mos kelmasligini anglash mumkin.
Inson ongining biologik tabiati haqida Rossiya tadqiqotchilardan (L.S.Vigotskiy, M.M.Baxtin, V.S.Bibler, Ye.T.Sokolova) ko‘pchiligi o‘z fikrlarini bildirishgan.
Psixikaga nisbatan an’anaviy jihatdan madaniy tarixiy faoliyati yondashuviga tayanib, shuni aytish mumkinki, shaxsning umumiy rivojlanishi boshqa bir inson bilan hissiyotli diologli muloqot natijasida vujudga keladi. Inson hayotida va faoliyatida vujudga keladigan tushunmovchilik va janjallarni tushunish uchun hissiyotlar zarur belgi va holatlarni ko‘rsatib beradi. Odatda boshqa kishining hissiyoti hayotda o‘z o‘rnini qidirgan har bir kishi uchun olamga nisbatan asosiy qarshi aloqa manbai bo‘lib qoladi.
Haqiqiy axloqiy qadriyatlar, ishonchli hissiyotli aloqalar va munosabatlarsiz vujudga kelmaydi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, xulqi buzilgan bolalardan (o‘g‘rilik, narkomaniya) ichki emotsional holatiga juda kam e’tibor berilgan muhitda o‘sgan va ota-onaning qiziqishlari faqat moddiy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan, yoki ota–onaning ayrim sabablarga ko‘ra bola bilan hissiy (emotsional) muloqoti buzilgan, bolaning ma’naviy hayotiga e’tibor berilmagan.
Madaniy–tarixiy tadqiqotlar qadimgi paytlarda bolalar o‘z hissiyotlarni erkin namoyon etganlar. Bolalar kattalarning ishi va hissiyotlari bilan tanish bo‘lganlar, ya’ni ular kechirayotgan og‘ir hayot zarbalariga duchor bo‘lib, bu qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz bo‘lganlar: barvaqt o‘lim, yaqinlardan ajralish, xavfni yengish va qayg‘urish mas’uliyati yuklangan. Viktorian davridan boshlab bolalarda g‘azab va nafratning vujudga kelishini ta’qiq qilish yo‘lga qo‘yildi, chunki bu holat kattalarga anchagina noqulayliklar olib kelgan.
Nafrat hozirgi kunda ham rad etib kelinmoqda, chunki u ma’lum bir maqsad sari yo‘naltirilgan say–harakatga to‘sqinliq qiladi, samaradorlikni pasaytiradi, ko‘pchilik oilalarda bolalarda nafrat va g‘azabning vujudga kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab, zamonaviy bolaning olami salbiy hissiyotlarda, noxush ko‘ngilsizliklardan tozalanib, asrab–avaylab kelinmoqda. Eng sog‘lom his–hayajon holati bu - quvonch bo‘lib, u bolani salbiy nohush holatdan tezlik bilan xursandlik holatiga qiziqtiradi, undaydi.
Shunday qilib, zamonaviy o‘smirlarda nohush emotsional holatni vujudga keltiruvchi bevosita omillarga turli xildagi organik buzilishlar hayotga uchraydigan umumiy ruhiy zarba jarayonlari misol bo‘la oladi.
Endi o‘smirlarda vujudga keladigan ruhiy xastaliklarning vujudga kelishining o‘ziga xos sababalarni tahlil qilamiz. Shuni belgilash lozimki ruhiy xastaliklar ko‘p hollarda odob–axloqning buzilishi bilan birga namoyon bo‘ladi. Bizning fikrimizcha, ruhiy xastaliklar bilan odob-axloqni bir butun tizim sifatida ko‘rib chiqish lozim.
Bir qator tadqiqotchilar ko‘pchilik hollarda o‘smirlar xulqida buzilishlarni asosiy belgilarini quyidagicha talqin etilgan. Bunda o‘smirlar ehtiyojlarini qondirish uchun shart–sharoitning talab darajasida bo‘lmaganligi; ijtimoiylashuv jarayonining noto‘g‘ri talqin etilishi natijasida o‘smirlarning ruhiy zarbalarga bardosh bera olmasligi; bezovtalanishlarning yuqori darajaga ko‘tarilishi; qiziqqonlik alomatlarining vujudga kelishi namoyon bo‘ladi.
O‘smirlarning ijtimoiy psixologik va biologik holati bolalikdan yetuklikka o‘tish davri bo‘lib hisoblanadi. Bu rivojlanish davri bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi bir psixik xususiyatlarning involyusiyasi va boshqalarining yetilib kelishi qator psixologik qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ular esa o‘smir uchun ham sub’ektiv va ob’ektiv ahamiyatga ega bo‘lib, ba’zi hollarda o‘zaro munosabatlarni qiyinlashtirishi mumkin. Hissiyotlar ko‘payishida bu yuqori darajadagi senzitivlik ko‘p hollarda yuzaki qo‘pollik va betartiblik, tuturiqsizlik, beqarorlik, o‘ta qaysarlik, salbiy ta’sirchanlik va jazava holatiga tushish kabi belgilar namoyon bo‘ladi. Bir qator tadqiqotchilar fikricha o‘smirning psixik yetilishida ikki xildagi psixik o‘zgarishlarning jarayonining ketma–ket kechishni qayd qilishgan.
1. Salbiy 12-15 yosh - negativ;
2. Ijobiy 16-18 yosh – pozitiv.
Negativ jarayon yuzaki salbiy xususiyatlarning siljishi, hissiyotlar tizimidagi nomutanosiblikni namoyon etadi.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki o‘smirlar o‘zaro munosabatlarda shaxsiy kechinmalarda o‘ta ta’sirchanlik va jabrlanish, boshqalarga nisbatan munosabatda qo‘pollik va qo‘rslik ba’zida uyatchanlik va sustkashlik, beqarorlik va o‘ziga ishonuvchanlik, kibrlik kabi xususiyatlarni namoyon etadi. Atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlarda qarshi tomondan tayyor turish, ota-onalarga nisbatan munosabatlarda ularning g‘amxo‘rligini qabul qilolmaslik va o‘zicha mustaqillikka intilishi, ba’zi hollarda qarama–qarshi reaksiyani qo‘zg‘aydi. Organizmning intiluvchan o‘sishi, tashqi qiyofasining o‘zgarishi bilan o‘smirning o‘ziga haddan tashqari e’tibor qaratishi boshqalar tomonidan berilgan bahoga senzitiv reaksiyani qo‘zg‘atadi. Ba’zida katta yoki kichik hajmdagi kelishmovchilik asosidagi ko‘ngilsizliklar hirsiy talablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Hissiy o‘zgaruvchanlik va qattiq hayajon holatlari oddiy hol bo‘lib qoladi.
Mazkur davrda o‘smirlar odatda tashqi qiyofasi salobatli ko‘ringan ba’zi bir shaxslarning yurish–turishiga taqlid qilib, o‘z ota–onalarining, o‘qituvchi va boshqa yoshi ulug‘ tanishlarining yurish–turishi va pand–nasihatlarini nazarga kelmaydigan bo‘ladilar. Bu davrga xos o‘smirlarda xatti–harakatning keskin bo‘lishi nohushliklar muhitidagi maqsadga erishish yo‘lidagi sabrsizliklar, yengil oppozisiya holatining vujudga kelishi va shu bilan birga turli xildagi hissiy xastaliklar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida aytilgan o‘smirlarning psixologik xususiyatlari turli xildagi biologik yoki ijtimoiy omillar ta’siri ostida bu davrning kechishi bu yoshda turli hissiy xastaliklarni vujudga keltiradi.
Jinsiy rivojlanishning potologik tezlashuvi yoki rivojlanmasligi “davr” sindromini vujudga keltiradi. Shartli potologik reaksiyalar vaziyatiga yondashuvi o‘sadi, jumladan emotsional xastaliklarni vujudga keltirish xavfi kuchayadi. Shu bilan birga shuni ta’kidlash joizki, o‘smirlarda hissiyotlarni keskin o‘zgarish sababli ular xulq-atvorida vujudga kelgan muammolar yuqorida bayon etilgan biologik yoki ijtimoiy omillar bilan bog‘liq emas, balki har bir ko‘rilayotgan muammoli vaziyat uchun alohida o‘ziga xos xususiyatlar majmuasi sifatida yondashish kerak.
O‘smirlarning ijtimoiy rivojlanishi jarayonida yangi begonalanish vujudga keladi. Munosabatlarda nomuvofiqlik kelishmovchilik muammolari uning faoliyatida, xulqida, muomalasida ichki kechinmalarida va umumiy holatda vujudga keladi.
Munosabatlardagi nomuvofiqlik alomatlari asosan ota–onalar, o‘qituvchilar, tengdoshlar va ayniqsa, o‘ziga nisbatan munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Nomuvofiqlikning namoyon bo‘lishida axloq–odob va munosabatalarning konstruktiv modeli yo‘qligi asosida sabab shaklida namoyon bo‘ladi
O‘smirlarda salbiy emotsional holatlarning namoyon bo‘lishida muammoli oilalarga xos belgilar ko‘zga tashlanadi:
Tizimsiz oila (oila a’zolari munosabatlarining nomuvofiqligi, ular o‘rtisida surunkali janjal va kelishmovchiliklar);
To‘liqsiz oila (ota–onalardan birining yo‘qligi) oilada turli o‘ziga xos oilaviy munosabatlarni keltirib chiqaradi;
Rigid (axloqiy prinsiplarga qattiq rioya qiluvchi) oila, oila a’zolaridan biri tarbiyaviy qattiq qonun-qoida asosida talab qiladi. Oilada qattiqqo‘llik o‘rnatilgan;
Bo‘lingan oila (ya’ni ota–onalardan biri oilasidan chiqib alohida yashaydi, lekin o‘z burchlarini bajarib, oilasidan xabardor, shu bilan birga unga nisbatan qattiq emotsional tobe’lik hukm suradi.);
Ko‘pgina tadqiqotchilar o‘smirlarda salbiy emotsional hissiyotning vujudga kelishida maktabdagi shart–sharoitlar va muhit ta’siri asosiy sabablaridan biri bo‘lishi mumkin, deb e’tirof etilgan. Maktab o‘quvchilarida bezovtalanishlarning rivojlanishiga olib keluvchi sabablar tipik “maktab ” omili ekanligi ta’kidlanadi:
1. O‘quv jarayoning o‘zi psixologik (xastalik) jarohat yetkazuvchi omillar:
Maktab yuklamalari (ayniqsa katta sinflarda) insondagi har qanday faol aqliy faoliyat bezovtalanish bilan kechadi. Agar bezovtalanish yaxshilikka yo‘naltirilgan bo‘lsa, bola qiyinchiliklarni o‘zi yenga olsagina boladagi bilim olish davri oson kechadi.
2. O‘qituvchi tomonidan bezovtalanishning kelib chiqishi: Ko‘p hollarda o‘qituvchilar hukmronlik (diktatorlik) holatida ish yuritishadi, bu esa mustaqillikni va yangi g‘oyani taklif etish imkoniyatini cheklaydi. O‘quvchilarga nisbatan qilingan e’tiborsizlik, kamsitish, noto‘g‘ri baholash, o‘rtoqlari oldida ustidan kulish kabi holatlar ularda o‘ziga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi.
L.S.Vigotskiy, D.B.Elkonin, L.I.Bojovichlarning tadqiqotlarida sobiq sovet psixologiyasining o‘tgan asrning 30 yillaridagi bir davrdan ikkinchi davrga o‘tish davridagi dialektik qarama–qarshiliklar (ziddiyatlar) to‘g‘risida to‘xtatilib o‘tganlar. Ikki davr orasida vujudga kelgan ziddiyatlar bolada “shaxsning shakllanishida to‘sqinlik qiladi va inqiroz vaziyatni keltirib chiqaradi”. Yangi ehtiyojlarning vujudga kelishi emotsional holatning shakllanishida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. J.J.Russo, ST.Xoll, Z.Freyd va boshqalar o‘smir yoshda namoyon bo‘ladigan ruhiy bezovtalanishlar, zo‘riqishlar va janjal (kelishmovchiliklar) aynan shu yoshga xos xususiyatlar ekanligini ta’kidlab o‘tilgan.
Chop etilgan adabiyotlarda o‘smirlik yoshga o‘tish davridagi o‘ziga xos salbiy holatlar (bezovtalikning yuqori darajasi, jumladan) va barqaror o‘smirlik davri o‘rtasidagi farqlar to‘g‘risida fikrlar qayd etilgan. O‘smirlik yoshi davri davomidagi tipik xarakter xususiyatlari ham inqirozli deb tan olingan. D.I.Fendshteyn o‘smirlik davrini uch bosqichga bo‘ladi:
Birinchi bosqich – kichik o‘smirlik davri (10 – 11yosh) salbiy emotsiyalar bilan xarakterlanadi.
Ikkinchi bosqich – (11 – 13) o‘zidan norozilik hissi, o‘zini hurmat qilish ehtiyoji namoyon bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash joizki, ba’zi hollarda emotsional reaksiyalarni vujudga kelishi o‘smirning individual tipologik xarakter xususiyati o‘smirlik yoshi davri xarakter xususiyatlardan ustun turadi.
O‘smirlik yoshi va yetuklik yoshi psixologik sog‘lomlik me’yorlari orasida aniq farqlarning mavjudligi ko‘pgina tadqiqot natijalarda qayd etilgan katta yoshdagi kishilar emotsional reaksiya xastalik alomatlari deb hisoblansa, o‘smirning yoshi uchun bu holat statistik me’yor (norma) deb belgilangan.
Sh.Byuler o‘smirlarda emotsional taranglik jarayonining fiziologik asosiy qiz bolalarda xayz ko‘rish jarayoni bilan boshlansa, o‘g‘il bolalarga bog‘liqlik holatida namoyon bo‘ladi.
|