Tadqiqotining vazifalari:
1) Tadqiqot muammosi bo‘yicha adabiyotlarini nazariy tahlil qilish;
2) o‘smirlarning salbiy emotsional holatga tushishining psixologik xususiyatini o‘rganish;
3) o‘smirlarning emotsional zo`riqish holatlarini keltirib chiqaradigan psixologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularni bartaraf etuvchi psixologik yordam berish modelini ishlab chiqish va tatbiq etish.
4) amalga oshirilgan ishlarining samaradorlik darajasi baholash.
Tadqiqotning nazariy asoslari.
Mazkur tadqiqotining asosiy nazariy manbasi B.F.Lomovning individ psixikasiga tizimli yondashuv; emotsional holatlari sohasining umumiy falsafiy determenizm prinsipi (tamoyili)dan foydalanish; ong faoliyati prinsiplarning birligi A.N.Leontev; L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy konsepsiyasi, V.N.Myasishchevning shaxsning rivojlanish konsepsiyasi mustahkam sub yengil munosabatlar tizimi, emotsiyalar mexanizimini vujudga keltirgan nazariyalar (Z.Freydning psixoanalitik emotsiyalar nazariyasi, P.K.Anoxinning emotsiyalarining biologik nazariyasi, L.Festingerning Frustrasion nazariyasi, R.Lazarusning emotsiyalar kognitivlik nazariyasi, K.Izardning emotsiyalar differinsial nazariyasi va boshqalar.
Tadqiqotda quyidagi metodologik yondashuvlaridan foydalanilgan.
1) Tizimli-faoliyatlilik (A.T.Asmolov, L.S.Vigotskiy B.Ya.Galperin, A.N.Leontev B.F.Lomov, V.D.Shadrikov)
2) Ilg‘or faoliyatini ishlab chiqishda inson hayotini (yoshi)dagi yangilanishlar prinsipini (V.V.Dovidov, A.V.Petrovskiy, D.B.Elkonin)
3) Shaxsning o‘rganishda tizimli yondashuv prinsipini va undan individual tipologik yo‘nalishining e’tiboriga olinishiga (B.A.Vyatnik, V.V Kovolev, V.S.Merlin, V.D.Nebilisin B.M.Teplov va boshqalar)
4) Tadqiqot muamosini asoslab berishida ilg‘or mutaxassislarning pedagogik-psixologik korreksiyalari va nazariy metodologik yondashuvlari (pozisiyalari) juda katta ahamiyatga ega (A.I.Zaxarov, L.I.Bojovich, A.M.Prixojyan, V.R.Kislovskaya, B.I.Kogubey, Ye.V.Novikova, K.G.Sarason, B.N.Philips va boshqalar).
|