XULOSA.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
Muammoning dolzarbligi. Turmush tarzining (hayotining) shiddatli tarzda rivojlanishi, salbiy ekologik omillar, urbanizatsiya ijtimoiy qatlamlashtirilishdagi raqobat, doimiy kuchayib boruvchi axborot oqimi, inson kognitiv va kommunikativ jarayonlariga talablarining o‘zgarishi, ijobiy emotsiyalarning kamyobligi – aholining emotsional holatining yomonlanishiga olib keladi, jumladan o‘smir yoshlarda bezovtalanishi va yengil depressiya shaklida vujudga keladi. Ko‘pgina olimlar, xususan L.I.Bojovich, A.M.Prixojyan, A.I.Zaxorova, I.F.Myagkova, A.S.Spivakovskaya, E.G.Eydemiller, S.A.Kulakova, Y.T.Sokolovalarning ilmiy tadqiqot ishlari mazkur muammolarga bag‘ishlangan. Bu ilmiy ishlar ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. Lekin mamlakat psixologiyasida bu muammoni bartaraf etish va salbiy emotsiyalarni psixoprofilaktika qilish uchun yetarli darajada aniq vosita va ta’sir etish usullari ishlab chiqarilgan. Tarjima qilingan nashrlar har doim ham O‘zbek mentaliteti va O‘zbekiston hayoti, natijada bu ilmiy ishlarda ta’kidlab o‘tilgan salbiy emotsional holatlarni korreksiya qilishi usullari har doim O‘zbekiston psixologlari talabiga javob bermaydi. Shundan kelib chiqib, salbiy emotsional holatlari psixoprofilaktika qilishidagi qiyinchiliklarni yengib o‘tish zarurligi tug‘iladi.
|