Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
Bir qancha tadqiqotchi psixolog omillarning ilmiy ishlari bolalar va o‘smirlarning salbiy emotsional holatini psixokorreksiya qilishining asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan. (L.I.Bojovich, 1972; N.D.Levitov 1967; K.S.Lebedliskaya, V.A.Zachenichkiy, A.M.Svyadoli; I.F.Myachkov 1965, 1982, L.A.Kitayev 1983 va boshqalar. O‘smirlarda salbiy emotsional holatni bartaraf etishning uchta asosiy yo‘nalishi belgilab berilgan:
1. O‘ziga yuqori baho berishi;
2. Jismoniy va emotsional zo‘riqishni yengib o‘tishga bag‘ishlangan usullar ta’limoti;
3 Konkret (aniq) vaziyatlarda o‘ziga ishonch tuyg‘usini ishlab chiqish.
Salbiy emotsional holatni bartaraf etishda asosan asab tolalarining taranglashuvini pasaytirish relaksatsiya va autogen mashqlar o‘tkazish (I.Shuls, T.Sele, X. Lindemon, V.S Yudanov A.V.Alekseyev, I.F.Myagkov, A.T.Ponov va bosiq progressiv relaksatsiya (Jacobson,1938) va tizimli desensibilizatsiya (Wolpe,1958) kabi uslublardan foydalanishiga etibor qaratilgan. Ko‘pgina psixologik manbalarda (Rudestam K, 1993yil va bosiq) uqtirilishicha bir hil muammoli kishilar guruhiga yordam berish omillari bir hil bo‘lganligi samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bulardan tashqari Yalov (Yalov 1975) gemogen usulining tarafdori bo‘lib, bir xil muammoli guruhlardagi kishilar anchagina bir-biriga nisbatan yondashgan bo‘lishadi, bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi, bunday guruhlarda ziddiyatlar deyarli bo‘lmaydi, guruh a’zolari davomati ham boshqa guruhlarga nisbatan ta’kidlaydi. U o‘zining tadqiqotlarida, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar qanchalik bir-biriga yaqin bo‘lsa, shunchalik ularni bezovta qilayotgan muammolar yechimi tez topilishini ta’kidlaydi, shuningdek shaxsiy muammolarning guruhda umumiy muammoga aylanishi va uning yechimi bu faqatgina bir shaxsning yutug‘i emas, balki, butun guruh yutug‘i ekanligi muhim o‘rin tutadi. Levin (Levine 1979) insonlar orasidagi birdamlikni rag‘batlantirish uchun birinchi navbatda bir xil yoshdagi, yoki bir xil muammo yechimini topish maqsadida birlashgan gomogen guruhlarni tashkil etishi kerakligini ta’kidlaydi.
Shu bilan birga psixonevrologik dispanserning amaliyotchi psixologning faoliyatida faqatgina gomogen prinsipi asosidagi o‘smirlar trening guruhini shakllantirish samarali natija bermagan. Ba’zi hollarda (fobiya bezovtalanishi, xafagarchilikda, emotsiya va xulqdagi aralash bezovtalik holatlarida) o‘smirlar bilan ishlashda geterogen guruhlar samarali natijalar berib, ikkala prinsipdagi (gomogen va getorogen) guruhlarining hamohanligida o‘smirlarda vujudga kelgan salbiy (nohush) emotsional holatlarini bartaraf etishda zarur va samarali usullardan biri ekanligi namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, tadqiqotchilarni bu muammoni ko‘pdan beri qiziqtirib kelgan bo‘lsada, o‘smir yoshlarda salbiy emotsional holatini bartaraf etishga bo‘lgan ehtiyojining ortib borishini bir tomondan va ikkinchi o‘smir yoshlarda bu holatni bartaraf etuvchi samarali usulning ishlanganlik darajasi pastligi ekanligi ba’zi qarama-qarshiliklarni vujudga keltirgan.
Bizning tadqiqotning asosiy muammosi ham, aynan shu qarama- qarshiliklarni bartaraf etishdir.
Mazkur muammoni yechish tadqiqot ishimizning asosiy maqsadini ham belgilab berdi: O‘smir yoshlarda emotsional zo`riqish holatlarini bartaraf etish uchun psixologik yordam ko‘rsatishning eng samarali usulini ishlab chiqishni va uni amalda tatbiq etish.
|