• Himoyaga olib chiqish holatlar
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi




    Download 5,55 Mb.
    bet8/32
    Sana18.03.2021
    Hajmi5,55 Mb.
    #13263
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

    • Emotsional zo`riqish holatlari o‘smir yoshlarning umumiy emotsional va ahloqiy munosabatlarga nisbatan namoyon bo‘lishi holatlari taklif etilgan;

    • O‘smir yoshlarda tipologik xususiyatlarining buzulishi va ularda holatni bartaraf etishda individual va guruhda ishlash metodlarining maqsadlari aniq belgilangan;

    • Umumiy emotsional va ahloqiy komponentlar hamjihatligida geterogen va gomogen prinsiplari asosida o‘smir yoshlar trening guruhlarining tanlanganligi.

    Himoyaga olib chiqish holatlar:

    1. Salbiy emotsional vaziyatdagi o‘smirlarni quyidagicha ajratish mumkin: shaxsiy bezovtalanishning yuqori darajasi, nomunosib o‘ziga baho berishi (kamsitish sifatida) xolerik va menalxonlik temperamentiga mansubligi. O‘smirlar xarakteristikalar tipiga nisbatan o‘zining salbiy emotsional vaziyatidagi holatida asosiy fobik va ahloqiy reaksiyalarga tobe aloqador bo‘lishi bilan farq qiladi.

    Psixologik reaksiyalar tiplari orasida bir-biriga o‘xshash va bir-biridan farqli holatlar mavjud bo‘lib, ular bezovtalanishni vujudga keltiradi: bezovta – fobik tushkunlikdagi o‘smirlarda qo‘rquv va chekinish holati kuzatiladi; aralash emotsional buzulishdagi o‘smirlarda – agressiya va chekinish holati kuzatiladi. Turli xildagi oilaviy kelishmovchiliklar bilan band bo‘lgan o‘smirlarda turli xildagi salbiy emotsional holatlari va turli xildagi hulq-atvor darajasidagi o‘smirlarni kuzatish mumkin.

    1. O‘smirlarga psixologik yordam ko‘rsatish modeli; emotsional salbiy tiplar diagnostikasi, o‘smirlarning individual psixologik xususiyatlari, oilaviy tarbiya tiplari; o‘smirlar va ota-onalar bilan ishlash metodlarini tanlash; Emotsional holat dinamikasini kuzatish bo‘yicha korreksiya; so‘ngan reaksiya holatini birdaniga tiklash imkoniyatini inobatiga olish va qaytadan psixologik yordam seanslarini tashkil etish. Salbiy emotsional vaziyatini bartaraf etish.

    2. Har bir konkret holatda o‘smir yoshining o‘ziga xos xususiyatiga alohida e’tibor berish va metodlarini tanlash shuningdek gomogen yondashuvlariga asoslanib trening guruhlarining shakllantirish.

    3. Psixologik yordam ko‘rsatishning samaradorlik omillari sifatini o‘zgarishlarda va sotsial, asosan emotsional munosabatlarda (oilada maktab guruh).




    Download 5,55 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




    Download 5,55 Mb.