I-BOB O‘SMIRLARDA EMOTSIONAL ZO`RIQISH HOLATNI NAZARIY TAHLIL QILISH VA ULARNI BARTARAF ETISH MUAMMOLARI




Download 5,55 Mb.
bet9/32
Sana18.03.2021
Hajmi5,55 Mb.
#13263
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
I-BOB O‘SMIRLARDA EMOTSIONAL ZO`RIQISH HOLATNI NAZARIY TAHLIL QILISH VA ULARNI BARTARAF ETISH MUAMMOLARI

1.1. O‘smirlarda emotsional zo`riqish holatini keltirib chiqaruvchi omillar (shart–sharoitlar)

Manbalarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarni va tajribada aniqlangan natijalarni tizimga solish jarayonida e’tiborni 2 ta muhim sabablarga qaratadik.

Birinchidan, ko‘pgina tadqiqotchilar (A.B.Xolmogorova, N.G.Garanyan 1996; F.P.Il’in 2001 L.B.Kim 1997; K.Xorni, 1993, K.Yung 1993) bir qator emotsional zo`riqish holatlarini keltirib chiqaruvchi sabablarni sanab, ularning ta’sir doirasi bir xil ekanligi takidlanadi. Turli xil holatlarda, turli jarayonlarda sabablar turli xil bo‘lib, har xil noxushliklarni va ko‘ngilsizliklarni keltirib, chiqarishi mumkin. Ikkinchidan, o‘smirlarda emotsional zo`riqish holatlarini o‘rganish jarayonida vujudga keltiruvchi sabablarni bu yosh uchun mansub (yoki xos) bo‘lmagan xususiyat va mazkur yosh uchun xos xususiyat deb olish mumkin. Ikkinchi toifadagi xususiyatlar esa faqatgina o‘smir yoshda namoyon bo‘ladi.

Salbiy emotsional holatning yosh davrlarga xos bo‘lmagan maxsus xususiyatlarni ko‘rib chiqamiz.

Sog‘lom o‘smirlar va emotsional xastalangan o‘smirlarning klinik – psixologik tizimini o‘rganishda (yoki taqqoslashda) emotsional xastalik patogenezini aks ettiruvchi omillarni aniqlash mumkin.

Emotsional zaiflik (xastalik) turli xilda xastaliklar bilan bog‘liqlikda aniqlanadi, asosan rezidual - organik genez, qisman – psixopatiya, xarakter aksentuatsiyasi.

O‘smir yoshda nerv sistemasining xastalanishida1 dekompensatsiyasi alohida o‘ringa ega.

Emotsional muhit buzilishining shakllanish jarayonida so‘zsiz ijtimoiy omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi:



  • Tarbiyaning atrof muhitning noqulay sharoitlari;

  • Ta’lim sharoitiga moslashmaslik ( o‘zini boshqara olmaydi);

  • Shuningdek makrosotsium - ya’ni ma’lum bir ommaviy ijtimoiy madaniyat yo‘nalishiga mansublik.

K.Xorin psixoanalitiklar orasida birinchilardan bo‘lib, o‘zining e’tiborini psixologik buzilishlarining asosiy sababi kichik yoshdagi bolalarining noxush ruhiy kechinmalari natijasida jumladan, emotsional muhitning ommaviy madaniyat darajasiga ko‘tarilishi natijasida vujudga kelishi va rivojlanishini ta’kidlab o‘tgan. K.Xorinning nevrozlarining yuzida bir “Nur” yoki “yorug‘lik” paydo bo‘lishiga, patogen qadriyatlarni va “zamonaviy asosiylashgan shaxs” larni shakllantirishda juda katta ahamiyatga ega.

Turli xildagi emotsional buzilishlarning zamonaviy tadqiqot natijalari ularni biopsixosotsial tabiatini yoki yangi teripologiya asosida “diatez – stress” modelini tasdiqlab bermoqda. Ushbu modelga asosan biologik diatez yoki biologik taranglik kasallik darajasiga faqatgina asabiy ta’sir – nohush, ko‘ngilsiz psixologik va ijtimoiy psixologik omillar ta’siri ostida vujudga keladi. Og‘ir ruhiy siqilish, bezovtalanish va sensomotor buzilishlar statistik ko‘rsatkichlarning keskin ko‘tarilishi faqatgina biologik omillar hamda ruhiy zarba tashviqotining oddiy jadallashuvi hayotimizdagi stressogen darajaning umumiy ko‘tarilishi natijasiga bog‘liq emas.

Bu shuni bildiradiki, emotsional tushkunlik (xafagarchilik)ning vujudga kelish omillarini faqatgina biologik sohasida qidirish kerak emas, chunki genetika va odam bioximiyasi bir avlod hayoti davomida juda tez va keskin o‘zgarishi mumkin emas.

Hozirgi zamon madaniyatida yetarli darajada psixologik omillar mavjud bo‘lishi, ruhiy tushkunlikka tushish, qo‘rquv, vahima va tajovuzkor holatlarning mavjudligi, shu bilan birga ko‘pgina oilalarda o‘rnatilgan muhim qoidalar va ko‘nikmalarning psixologik jihatdan o‘zgartirilishi ancha qiyinlashgani salbiy emotsiyalar umumiy sonining ortib borishini ta’minlaydi. Keyinchalik bu qonun–qoidalar individual ongning (yoki anglashning) emotsional ko‘ngilsizliklarga psixologik jihatdan ko‘nikma hosil qilish uchun zamin yaratadi. Emotsional ko‘ngilsizliklar “tashq qiyofasi” yoki mazmun mohiyatining o‘zgarishi madaniy kelishmovchiliklar va qadriyatlarga ko‘ra o‘zgarishi ko‘pgina mualliflar tomonidan belgilab berilgan..

O‘zining agressivligini (ya’ni tajovuzkor ruhiy harakatini) o‘zidan chiqarib, boshqa odamlarga yo‘naltirish kelishmovchilikning muhim natijasidir. Shunday qilib, o‘zidagi jahldorlik bosilib uni o‘rab turgan atrof muhitga, olamga ko‘chiriladi. Bu esa K.Xorni fikricha, keskin vahimani tug‘diruvchi ikki sabab vujudga keladi:

1. O‘rab turgan olamni xavfli deb qabul qilish:

2. Agressiv tadqiq qilinganda, o‘ziga ishonmay o‘zini bu xavfning oldini olishga kuchi yetmasligini, zaifligini sezish.

Ruhiy tushkunlikka tushishning yana bir muhim sabablaridan biri bu “sig‘inish kuchi” va “sig‘inish - rasio” (sig‘inish samarasi)dir, bular esa salbiy emotsiyalarning namoyon bo‘lishini va ularni qabul qilishni ta’qiqlashga olib boradi. Bunda ularning psixologik ishlov berilishi qiyinlashadi, ustma–ust jamlashish vujudga kelib, psixologiyasi “klapansiz bug‘ qozoni”ning ishlash prinsipi asosida namoyon bo‘ladi. Hayotga samarali sig‘inish munosabatida bo‘lish, kishining ichki kechinmalariga hissiyotiga salbiy munosabat bildirish. Har qanday zarbaga bardosh beruvchi, hissiyotlardan holi bo‘lgan kishi – supermen qiyofasida namoyon bo‘ladi.

Emotsional (hissiyotga) qo‘yilgan ta’qiq ularning ongda siqib chiqarilishiga olib keladi, natijasida psixologik ishlov qiyinlashadi va turli xildagi buzilishlar vujudga keladi.

Shunday qilib, turli xildagi emotsiyalarga qo‘yilgan ta’qiq emotsional (hissiy) buzilish omili bo‘lib, yutuqlar va zafarlarga erishish, kuch va raqobatbardoshlik, samaradorlik va bosiqlikni keltirib chiqaradi.

1.1.1. Jadvalda ko‘rsatilgandek, bu qadriyatlar buziladi, so‘ngra oilaviy va turli munosabatlarda, induvidual ongda, fikrlash doirasini aniqlashda va nihoyat kasallik simptomlarda namoyon bo‘ladi.

1.1.1.-jadvalda turli xildagi qadriyatlar va aniq sindromli – ruhiy siqilish, bezovtalanish, somatomorf holatlar taqqoslangan. Ularning yoyilishi shartli bo‘lib, barcha ajratib ko‘rsatilgan ko‘nikmalar bir–biri bilan bog‘liq holda, uchta tahlil etilayotgan ruhiy buzilishning har birida uchrashi mumkin.

So‘z bu ko‘nikmalarning asl mazmuni va mohiyati haqida bo‘lib ammo – og‘ir sabab-oqibatlarning aniq sindromli ko‘nikmalar bilan bog‘liqligi to‘g‘risida emas.

Shunday qilib, ko‘pgina zamonaviy madaniy qadriyatlar va me’yorlar alohida emotsiyalar hamda umuman emotsiyalarga o‘rnatilgan ta’qiqlar bilan jilovlangan.

Paradoks (mavjud g‘oyaga zid fikr) sifatida bu me’yorlar va qadriyatlar rag‘batlantiruvchi emotsiyalar bilan birga jilovlangan bo‘lib, ularni bostirishga qaratilgan. Shunday qilib, yutuqqa va farovonlikka ishonch, g‘am-g‘ussani, tushkunlikni, hayotdan norizolikni bartaraf etib, shu bilan birga madaniy jilov natijasida vujudga keladi.

Kuchga sig‘inish va raqobatlilik qurquv bilan sig‘inishmaydi, ammo K.Xorni madaniyatlilikdagi vazifali sarosimalikning kuchayishini aynan shu bilan bog‘laydi.

Natijada, hissiyotga bo‘lgan umumiy ta’qiq holidagi yangilikka sig‘inish ularning siqib chiqarilishi va ishlovning qiyinlashuviga olib keladi. Ya’ni tanamiz ishlov berilgan fiziologik hissiyotlar jamg‘armasiga aylanadi.

Yutuqqa sig‘inish va muvafaqqiyatga erishishning me’yordan oshishi, yoki haddan tashqari shon-shuhratga berilish ruhiy siqilishni pasaytiradi. Kuchga sig‘inish vaziyatli chekinish va chorasizlikka olib keladi, yangilikka intilish – emotsiyalarning (hissiyotlar) jamlanishiga va ularning fiziologik xususiyatlarning o‘sishiga olib keladi.

Tadqiq qilingan oilalardagi ko‘rsatgichlarning natijalarini yig‘ib A.B.Xalmagarova va N.G.Goranyan xulosalarida munosabatlar chegarasining aniqligi va simbiotikligi jarayonida hissiyotlar bir oila a’zosidan ikkinchi oila a’zosiga bir tomirdan qon ikkinchi tomirga o‘tgandek o‘tadi deb, xulosalaydi. Boshqa bir o‘ziga xos hayotida ruhiy zarbali holatlar darajasi yuqori bo‘ladi.

1.1.1 – jadval




Download 5,55 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Download 5,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I-BOB O‘SMIRLARDA EMOTSIONAL ZO`RIQISH HOLATNI NAZARIY TAHLIL QILISH VA ULARNI BARTARAF ETISH MUAMMOLARI

Download 5,55 Mb.