• Hissiy zo‘riqishlarning namoyon bo‘lish shakllari Ball
  • Zo‘riqishlarni bartaraf etish usullari va vositalari Foiz
  • Zo‘riqishga sabab bo‘lgan holat va muammolar




    Download 5,55 Mb.
    bet17/32
    Sana18.03.2021
    Hajmi5,55 Mb.
    #13263
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
    Zo‘riqishga sabab bo‘lgan holat va muammolar

    Ball

    1

    Qattiqqo‘l talabchan o‘qituvchi

    5,3

    2

    Katta hajmdagi o‘quv topshiriqlari

    5,3

    3

    Darsliklar yetishmasligi

    4,6

    4

    Zerikarli, tushunarsiz darsliklar

    5,2

    5

    Ota-onadan uzoqdagi hayot

    4,6

    6

    Cheklangan miqdordagi mablag‘dan unumli foydalanish

    3,8

    7

    Kun tartibini to‘g‘ri tashkil qila olmaslik

    3,4

    8

    Noto‘g‘ri ovqatlanish

    3,7

    9

    Boshqa o‘smirlar bilan birga yashash bilan bog‘liq muammolar

    3,3

    10

    Guruhdagi nizolar

    4,2

    11

    O‘qishda bo‘lgan ortiqcha, jiddiy muammolar

    3,0

    12

    O‘qishni, bu kasbni hohlamaslik

    2,6

    13

    Tortinchoqlik, uyatchanlik

    3,9

    14

    Kelajakdan xavotirlanish

    4,5

    15

    Shaxsiy hayotdagi muammolar

    4,9

    Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, o‘smirlar uchun hissiy zo‘riqishlarni keltirib chiqaruvchi sabab sifatida o‘qituvchilarning qattiqqo‘lligi, talabchanligi (5,3 foiz), o‘quv topshiriqlari va hajmining ko‘pligi (5,3 foiz), darsliklar yetishmasligi (5,2 foiz), shaxsiy hayotidagi muammolar (4,9 foiz) va boshqalar ko‘rsatib o‘tilgan.

    “O‘quv faoliyatidagi hissiy zo‘riqishlaringiz qanday namoyon bo‘lishini 10 balli shkala bo‘yicha baholang” degan savolga olingan javoblarning o‘rtacha ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalda keltirilgan:





    Hissiy zo‘riqishlarning namoyon bo‘lish shakllari

    Ball

    1

    O‘zini ojiz, muammolarni yechimini topa olmaydigandek his qilish

    3,2

    2

    Begona fikrlardan qutulish imkoniyatining yo‘qligi

    3,5

    3

    Diqqatning tez chalg‘ishi, to‘planishini qiyinlashuvi

    4,7

    4

    Ta’sirlanuvchanlik, tez xafa bo‘lish

    5,3

    5

    Yomon kayfiyat, tushkunlik

    4,4

    6

    Qo‘rquv, xavotirlik

    4,0

    7

    O‘ziga ishonchning yo‘qolishi, o‘z-o‘ziga bahoning pasayishi

    2,8

    8

    Muntazam vaqt yetishmasligidan shoshilish

    3,5

    9

    Uyquning buzilishi

    3,0

    10

    Muomaladagi qiyinchiliklar, ijtimoiy aloqalarning buzilishi

    4,6

    11

    Yurak urishining tezlashishi, yurak sohasida og‘riq

    3,0

    12

    Nafas olishning qiyinlashuvi

    1,8

    13

    Oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi

    3,3

    14

    Mushaklarning zo‘riqishi, titrashi

    2,9

    15

    Bosh og‘rishi

    4,4

    16

    Ish qobiliyatining pasayishi, kuchli toliqish

    4,5

    Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlar o‘rtasida hissiy zo‘riqish diqqatning tez chalg‘ishi, uning biror ob’ekt ustida to‘plashning qiyinligida (4,7), ta’sirlanuvchanlik, tez xafa bo‘lishda (5,3), muomaladagi qiyinchiliklar, ijtimoiy aloqalarning buzilishida (4,6), bosh og‘rishi (4,4), yomon kayfiyat, tushkunlik (4,4), ish qobiliyatining pasayishi (4,5), qo‘rquv va xavotirlik (4,0) shaklida ko‘proq namoyon bo‘ladi.

    “Zo‘riqishlarni yengib o‘tishda qanday usul va vositalardan foydalanasiz?” degan savolga olingan javoblar tahlili navbatdagi jadvalda aks ettirilgan.





    Zo‘riqishlarni bartaraf etish usullari va vositalari

    Foiz

    1

    Televizor ko‘rish

    11 %

    2

    Mazali taom

    4,4 %

    3

    O‘qish yoki ishdagi tanaffus

    6 %

    4

    Uyqu

    15 %

    5

    Yoqtirgan kishisi yoki do‘stlari bilan muloqot

    22 %

    6

    Ota-onalar yoki do‘stlarning qo‘llab-quvvatlashi

    8 %

    7

    Toza havoda sayr qilish

    24 %

    8

    Xobbi (qiziqqan faoliyat turi bilan shug‘ullanish)

    13 %

    9

    Jismoniy faollik

    4,4 %

    10

    Boshqalar

    26 %

    Har bir kishi turli salbiy kechinma va holatlardan chiqib ketishda o‘ziga xos usul va vositalardan foydalanadi. Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, ko‘pchilik (24 %) hissiy zo‘riqish paytida toza havoda sayr qilishni ma’qul ko‘radi, ba’zilar o‘ziga yoqqan kishilar yoki do‘stlari bilan muloqot orqali bunday holatdan chiqib ketishga harakat qiladilar (22 %), ayrim o‘smirlar uchun (15 %) uyqu ham zo‘riqishlardan qutulishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. 26 % tekshiriluvchilar esa biz tavsiya etgan usullardan boshqa, o‘ziga xos usul va vositalardan foydalanishlarini ko‘rsatib o‘tishgan.

    S.Kouxen va G.Vilyamsonlarning “Hissiy zo‘riqishlarga chidamliligini baholash testi” o‘tkazilganda o‘smirlarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 24,8 ballni tashkil etdi. Bu Ya. Vorobeychik tomonidan aniqlangan o‘rtacha ko‘rsatkichga ko‘ra o‘smirlarning zo‘riqishlarga chidamlilik darajasi “yomon” ko‘rsatkichga (24,2) ega ekanligidan dalolat beradi.




    Download 5,55 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




    Download 5,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zo‘riqishga sabab bo‘lgan holat va muammolar

    Download 5,55 Mb.