Metodikani qo‘llash tartibi:
Sinovchiga 30 juftlikdan iborat savolnoma taqdim etiladi va har bir savolnomadagi juftlikdan faqat bittasini ya’ni o‘z xoxishlariga mos keladiganini tanlash va belgilash tavsiya qilnadi. Undan so‘ngra xar bir tanlangan juftlikdagi savol (“a” yoki “b”) metodika kaliti asosida baxolanadi.
Mazkur metodika yordamida o‘smir shaxsini ichki motivatsiyasi va shaxslararo munosabatdagi ziddiyatlarni bartaraf etish va ziddiyatli holatlarni boshqarish sportchi shaxsi uchun xarakterli holatlarni belgilab olinadi. Yana shuni aytish joizki, ziddiyatlar tipoligiyasiga asoslanib K.Tomas bu jarayon uchun, yetakchi bo‘lgan ikki xol xulq-atvor yo‘nalishini belgilaydi. Ya’ni, birinchisi, kooperatsiya konfliktga jalb etilgan sportchi shaxsining o‘zgalarga qiziqishga o‘z diqqatini qaratganligi bo‘lsa, ikkinchisi ziddiyatga kirishgan o‘z shaxsiy qiziqishlarini himoya qilish uchun o‘ta qat’iylikni namoyon etishini o‘z ichiga oladi.
Binobarin mazkur ikki yo‘nalish yoki mezon asosida K.Tomas ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan quyidagi individual uslublarni tavsiya etadi.
A) Baxs-munozara (musobaqalashuv) o‘zgalarni yengish hisobiga qiziqishlarini qondirishga erishish uchun intilish.
B) Hamkorlik-vaziyat ishtirokchilari muqobillikka keladilar, bu muqobillik ikkala tomon manfaatlarini qondirishga xizmat qiladi.
V) Kelishuv (kompromiss) – o‘zaro bir-biriga yon berish yo‘li orqali ziddiyatli vaziyat ishtirokchilarining bir murosaga kelishi.
G) O‘zini chetga olish – o‘z maqsadlari va o‘zgalar maqsadlarini birdek amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan harakatda faol ishtirok etmaslikka moyillik.
D) Moslashish – baxs munozaraga kirishmasdan o‘z shaxsiy qiziqishi va manfaatlarini o‘zgalar faoliyati uchun qurbon qilishga tayyorlik.
Mazkur usulni qo‘llash orqali respondentlarning ziddiyatli vaziyatga nisbatan faolligini namoyon etuvchi xulq-atvor motivatsiyasi ko‘rinishlariga baxo berishdir. Ayni paytda shu yo‘l bilan ham har bir o‘smir uchun xarakterli bo‘lgan PM imkoniyatlari haqida tegishli tasavvurga ega bo‘lish mumkin.
K.Tomas testi savolnomasi:
1. a) Gohida men boshqalarga baxsli savollarni yechish javobgarligini o‘z zimmalariga olishga imkon beraman.
b) Nima haqida kelisha olmasligimizni muhokama qilishdan oldin, nima haqida kelisha olishimizga diqqatni qarataman.
2. a) Men ziddiyatli yechimlarni topishga harakat qilaman.
b) Gohida men boshqalarning barcha qizqishlaridan kelib chiqqan holda ishlarni bajarishga harakat qilaman.
3. a) Asosan o‘z aytganimga erishishga intilaman.
b) Gohida men boshqalarning qiziqishi, uchun o‘z qiziqishlarimdan kechaman.
4. a) Men ziddiyatli yechimlarni topishga harakat qilaman.
b) Men boshqalarning hissiyotlariga tegmaslikka harakat qilaman.
5. a) Men baxsli vaziyatlarda boshqalarning qo‘llab-quvvatlashlarini xoxlayman.
b) Men ortiqcha harakatlardan, zo‘riqishlardan qutilish maqsadida barcha ishni bajarishga harakat qilaman.
6. a) Men xomush holatlardan qutulishga intilaman.
b) Men so‘zimni o‘tqazishga harakat qilaman.
7. a) Men baxsli savollarni to‘liq xal qilish maqsadida keyinga qoldiraman.
b) Men nimagadir erishish uchun, nimadandir voz kechishni ma’qul topaman.
8. a) Men asosan o‘zim xoxlaganimdek bo‘lishga intilaman.
b) Men birinchi bo‘lib qiziqarli va baxsli bo‘lgan savollarni aniqlashga harakat qilaman.
9. a) Men o‘ylaymanki doim xam ayrim bir kelishmovchiliklar uchun xayajonlanish kerak emas...
b) Men o‘zim aytganim bo‘lishi uchun qattiq tirishaman.
10. a) Men xoxishlarimga erishish uchun qattiq intilaman.
b) Men nizoli qarorlarni topishga harakat qilaman.
11. a) Birinchi bo‘lib, baxsli va qiziqarli savollarga intilaman va aniqlik kiritaman.
b) Men munosabatlarimizni saqlab qolish maqsadida boshqalarni tinchlantirishga harakat qilaman.
12. a) Baxsli vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi sharoitlardan qochishga intilaman.
b) Men boshqalarga ayrim tortishuvlarda o‘z fikrlarida qolishga imkon beraman.
13. a) Men oraliq vaziyatni taklif qilaman.
14. a) Men boshqalarga o‘zimning qarashlarim haqida xabar berib, ularning fikrlarini so‘rab olaman.
b) Men o‘z qarashlarimning moxiyati va ustunligini o‘zgalarga ko‘rsatishga intilaman.
15. a) Men boshqalarni tinchlantirishga va munosabatlarimizni saqlashga intilaman.
b) Men zo‘riqishdan qochish maqsadida barcha imkoniyatlarni yaratishga harakat qilaman.
16. a) Men boshqalarning hissiyotlariga ta’sir etmaslikka harakat qilaman.
b) Men boshqalarni o‘zimning vaziyatimdan ustunliklariga hosil qilishlariga harakat qilaman.
17. a) Asosan men o‘z xoxishlarimga erishishga qattiq intilaman.
b) Foydasiz zo‘riqishlardan qochish uchun barcha ishlarni bajarishga intilaman.
18. a) Agarda bu boshqa birovni baxtli qilsa unga o‘z fikrida qolishga imkon yaratgan bo‘lardim.
b) Men boshqalarga imkoniyat beraman, agarda u menga ro‘para kelsa.
19. a) Men birinchi navbatda baxsli va qiziqarli savollarga tegishli bo‘lgan ishlarni aniqlashga intilardim
b) Men baxsli savollarni batamom yechishni keyinchalik qoldirishga harakat qilaman.
20. a) Men tushunmovchiliklarni zudlik bilan bartaraf etishga intilaman.
b) Men ikkalamiz uchun qulay va noqulay jixatlarni topishga intilaman.
21. a) Shartnomaga kirishuvda boshqalarga nisbatan e’tiborli bo‘lishga intilaman.
b) Men muammolarni to‘ppadan-to‘g‘ri muhokama qilishga intilaman.
22. a) Men o‘zimning va boshqa bir inson vaziyatining oralig‘ida turuvchi vaziyatni topishga harakat qilaman.
b) Men o‘z vaziyatimda qolaman.
23. a) Men xar birimizning extiyojlarimizni qondirishga harakat qilaman.
b) Ayrim paytda boshqalarga baxsli savollarni xal qilishga intilaman.
24. a) Agarda birovning vaziyati o‘zi uchun juda muxim tuyulsa, men unga qarshi borishga harakat qilaman.
b) Men boshqalarni ziddiyatli bo‘lishga ishontirishga harakat qilaman.
25. a) Men boshqalarni xaqligiga ishonch hosil qilishiga harakat qilaman
b) Kelishuvlarga boshqalarning argumentlariga e’tiborli bo‘lishga harakat qilaman
26. a) Men asosan o‘rta vaziyatni taklif qilaman.
b) Men deyarli hamma vaqt xar bir kishining qiziqishlarini qondirishga harakat qilaman.
27. a) Asosan baxslardan qochishga harakat qilaman.
b) Agarda bu boshqani baxtli qilsa, men unga o‘z so‘zida turishida imkon berar edim.
28. a) Asosan men o‘z maqsadimga erishishdan tab tortmayman.
b) Vaziyatni barqarorlashtirib men boshqalardan ko‘mak izlayman.
29. a) Men o‘rta vaziyatni taklif qilaman.
b) O‘ylaymanki doim xam kelishmovchiliklardan xayajonlanmaslik lozi.
30. a) Men boshqalarning hissiyotlarini ayashga harakat qilaman.
b) Men baxsda shuncha vaziyatni egallaymanki, qachonki birgalikda muvafaqqiyatga erishaylik.
|