• Metod Vazifasi
  • Natija: Kortejlar(tuple)
  • Natija: Kortej kesmasi
  • Ro`yxatning funksiya va metodlari




    Download 0,96 Mb.
    bet31/48
    Sana22.03.2021
    Hajmi0,96 Mb.
    #13391
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48
    Ro`yxatning funksiya va metodlari

    Ro`yxatni yaratgandan so`ng uning ustida turli amallarni bajarish kerak bo`ladi, albatta, buning uchun esa Pythonni o`ziga kiritilgan bir qancha funksiya va metodlar bor.



    Metod

    Vazifasi

    List.append(x)

    Ro`yxat oxiridan element qo`shish

    List.extend(L)

    Oxiriga hamma elementlarni qo`shib list ro`yxatini kengaytiradi.

    List.insert(i,x)

    i-elementga x qiymatini kiritadi

    List.remove(x)

    Ro`yxatdan x qiymatga ega elementni o`chiradi

    List.pop([i])

    Ro`yxatning i-elementini o`chiradi va qaytaradi. Agarda indeks ko`rsatilmagan bo`lsa oxirgi element o`chiriladi

    List.index(x,[start],[end])

    X qiymatga teng start dan end gacha birinchi elementni qaytaradi

    List.count(x)

    X qiymatga teng elementlar sonini qaytaradi

    List.sort([key=funksiya])

    Funksiya asosida ro`yxatni saralaydi

    List.reverse()

    Ro`yxatni ochadi

    List.copy()

    Ro`txatning nusxasi

    List.clear()

    Ro`yxatni tozalaydi

    2.1.1-chizma. Ro`yxat metodlari tasnifi

    Ro`yxatda metodlarni qo`llanilishini misollar yordamida ko`rib chiqsak





    Ro`yxatning ishlatilishiga misol: bunda ro`yxatning maksimal elementini topish 2 xil usulda max() standart funksiyasi yordamida va har bir elementni birma-bir solishtirib chiqish orqali yechilgan.



    Natija:____Kortejlar(tuple)'>Natija:



    Kortejlar(tuple)

    Kortejlar bir nechta ob’yektlarni birgalikda saqlashga xizmat qiladi. Ularni ro’yxatlarga o’xshatish mumkin. Lekin ular ro’yxatlar kabi boy funksionallikka ega emas. Ularning asosiy jihati qatorlarga o’xshab o’zgarmasliklaridir. Kortej- elementlar orasini vergul bilan ajratish orqali hosil qilinadi. Kortejga ma’no jihatdan o`zgarmas ro`yxat deb ta’rif berdik. Shu o`rinda savol tug`iladi. Ro`yxat bo`lsa kortej nimaga kerak:



    1. Turli holatlardan himoyalanish. Bu degani kortej o`zgartirishlardan himoyalangan bo`ladi, rejali (bu yomon) va tasodifiy (bu yaxshi) o`zgarishlardan xalos bo`ladi.

    2. Kichik hajm. So`zlar bilan ifodalamasdan.



    3. Kortejdan lug`at kaliti sifatida foydalanish mumkin:



    Kortej afzalliklari haqida bilib oldik. Endi kortej bilan qanday ishlashni ko`ramiz. Bu xuddi ro`yxatlar bilan ishlashga o`xshaydi. Bo`sh kortejni yaratamiz:



    Bir elementli kortejni yaratamiz:



    Stop. Satr paydo bo`ldi. Bizga esa kortej kerak. Qanday qilib kortejga ega bo`lamiz?



    Ura! Ishladi! Hamma gap vergulda. Qavuslar bu yerda hech nimani anglatmaydi. Kortejni yana quyidagicha yatish mumkin.



    Lekin qavus qo`yish lozim, ba’zi bir holatlar borki qavuslar juda kerak. Tuple() funksiyasi yordamida iteratsiyalangan obyektdan kortej yaratish mumkin:



    Kortejning elmentlariga ham ro`yxatlardagi kabi indeks bo`yicha murojat qilish mumkin (masalan: element nechanchi indeksdaligini bilish uchun). Bunda ham indekslash 0 (nol) dan boshlanadi ya’ni 6 ta elementdan iborat kortejning indeksi 0..5 gacha bo`ladi. Kortej indeksi esa [] operatori orasiga beriladi. Agar bizga kortejning elementilarini teskaridan chiqarish kerak bo`lsa uning indeksini manfiy (masalan: kortej[-5]) beramiz. Quyidagi misolda shularni ko`rib chiqamiz.



    Natija:



    Kortej kesmasi

    Kortejning biror qismini bo`lagini ya’ni kesmasini ajratish uchun(masalan: 2 elementidan to 5-chi elementigacha) uning indekslari orasiga-ikki nuqta(:) qo’yamiz.





    Natija:




    Download 0,96 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48




    Download 0,96 Mb.