|
Buxoro davlat universiteti
|
bet | 4/50 | Sana | 25.03.2021 | Hajmi | 2,52 Mb. | | #13525 |
Ishning amaliy ahamiyati. Masofadan o’qitish tizimi sifatini boshqarish muammosining yechimi oliy o’quv yurtlarida masofadan o’qitish jarayonini sifatini tahlil va bashorat qilish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimlari yaratilishi lozimligini ko’rsatmoqda. Bu tizimlar o’quv jarayonining nafaqat bitta yoki ikkita predmeti bo’yicha masofadan o’qitish o’quv jarayonini to’liq nazorat qilish imkonini beradi, balki o’quv yili davrida bir nechta guruhlarda barcha mavjud predmetlar bo’yicha sifat va miqdoriy ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi.
“Multimedia tizimlari va texnologiyalari” fani bo'yicha yaratilgan o'quv modulini o'quv jarayoniga qo'llashdan iborat.
Ishning tuzilishi. Malakaviy bitiruv ishi kirish, 2 bob, 5 paragrif, ilova va adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
Olingan natijalarning qisqacha mazmuni. I-bob masofaviy o'qitish va uni tashkil qilish usullari, masofaviy ta'lim tizimining asosiy tushunchalari, maqsad va vazifalari bayon qilingan, shu bilan birga masofadan o’qitish tizimining texnik asoslari va masofadan o'qitish tizimining dasturiy va axborot tizimlari haqida ham ma'lumotlar keltirilgan.
II-bob Multimedia tizimlari va texnologiyalari fanining ishchi o'quv dasturining tahlili va LMS Moodle tizimida fanning qismlarini yaratish haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Xulosa qismida malakaviy bitiruv ishida olib borilgan ishlar yuzasidan
qisqacha mulohazalar bildirilgan.
|
| |