• O’quv materialini bayon qilish O’quv materialini 3 soatdan keyin
  • -jadval Esda saqlashni faoliyat bilan bog’lanishi




    Download 443,8 Kb.
    bet8/27
    Sana06.05.2021
    Hajmi443,8 Kb.
    #14342
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
    2-jadval

    Esda saqlashni faoliyat bilan bog’lanishi.

    O’qitish jarayonidagi faoliyat turlari

    Esda saqlab qolish, foiz hisobida

    O’qisa

    10

    Eshitsa

    20

    Ko’rsa

    30

    Ko’rsa va eshitsa

    50

    Aytib bersa

    80

    Aytib bersa va amalda ko’rsatib bersa

    90

    O’zlashtirilgan bilimni esda saqlab qolish, uni qabul qilish faoliyatiga bevosita bog’liq (2-jadval).

    Bundan tashqari, pedagogik tadqiqotlar asosida bilimning mustahkamligi o’qitish jarayonining mazmuniga va sifatiga bog’liq ekanligi isbotlangan, bu 3- jadvalda keltirilgan.



    3-jadval

    O’quv materialini

    bayon qilish

    O’quv materialini 3 soatdan keyin

    Esda qolishi, % 3 kundan keyin

    1 yildan keyin

    Ma’ruza

    70

    10

    3

    Ko’rgazmali

    72

    20

    13

    Ko’rgazmali ma’ruza

    85

    65

    33

    Aytib berish, ko’rgazmalilikni

    amalda bajarish



    58

    95

    75

    O’quvchining bilimini mustahkam bo’lishi uchun quyidagilarni hisobga olish zarur:



    • O’quvchilarning fikrlashi bilan esda saqlashini muqobil tarzda amalga oshirish. Qo’shimcha va ikkinchi darajali materiallarni yodlashiga yo’l qo’ymaslik;

    • O’quvchilarni turli o’quv qurollari va qo’shimcha adabiyotlar bilan tanishtirish, ular bilan ishlashga o’rgatish;

    • O’tilgan o’quv materialni o’zicha takrorlashga hamda noan’anaviy savollarga javob topishga o’rgatish;

    • O’quv materiallarni esda saqlashning psixologik usullaridan foydalanishga o’rgatish;

    • O’quvchilarda mustaqil bilim olish, malaka va ko’nikmalarini shakllantirish.

    Ishonchlilik prinsipi. O’quv materiali o’quvchi va guruhning imkoniyatiga yarasha bo’lishi va ularning qabul qilish darajasiga mos tarzda bayon qilinishi zarur.

    Boshqacha aytganda, o’quv materiali hajmi va sifati bo’yicha o’quvchilarning qabul qilish imkoniyatlariga mos bo’lishi kerak. Agarda u hajmi bo’yicha kichik, sifati jihatdan yengil bo’lsa, o’quv materiali o’quvchilarning faolligini oshirmaydi hamda fikrlashini o’stirmaydi. Aksincha bo’lsa, ya’ni o’quv materiali katta hajmli va murakkab bo’lsa, uni qabul qilish va o’zlashtirish qiyin bo’lib, ko’p hollarda mumkin bo’lmay qoladi. Albatta, o’quv jarayonida so’zsiz tarzda o’quvchilarning bilim darajasini hisobga olish kerak. O’quv materiali yengildan og’irga, ma’lumdan noma’lumga, oddiydan murakkabga borishi keark.

    O’qitish jarayonida ishonchlilik prinsipini amalga ishrish uchun quyidagilarni bajarish maqsadga muvofiqdir:


    • Har bir predmetni o’qitishda o’quvchilarning hayotiy tajribasini, ongining rivojlanishini, qiziqishini, tushunish darajasini hisobga olish;

    • Har bir o’quvchining shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, bilim darajasi bo’yicha ularni guruhlarga bo’lish orqali tabaqalashtirib o’qitish;

    • Kuchli o’quvchilarning o’sishini to’xtab qolishiga yo’l qo’ymaslik, qoloqlarini o’sishiga sharoit yaratish;

    • O’quv materialini tushuntirishda tadqiqot metodlaridan, jumladan, kuzatish, o’xshatish, eksperiment va boshqalardan keng foydalanish. Murakkab materiallarni ham osonlikcha o’zlashtirish mumkinligini ko’rsatish;

    • Yangi hamda murakkab materialni tushuntirishda kuchli hamda bo’sh o’quvchilarni ham o’quv jarayonida faol ishtirokini ta’minlash;

    • Ilmiy tushunchalarni shakllantirishda ularni o’zlashtirishning umumiy rejasidan foydalanish;

    • O’quvchilarning bilish faoliyatini to’g’ri uyushtirish; o’qitish jarayoni haqiqatni tushuntirish emas, balki uni qanday qilib topishga yo’naltirilishi zarur.

    Ilmiylik prinsipi. O’qitish jarayoni har bir o’quv predmetiga tegishli ilmiy, takribada tasdiqlangan ma’lumotlarni berishni talab qiladi. Shuning uchun, o’quvchilarni o’qitishda ilmiy tadqiqot metodlariga yaqin, ularga uyg’un bo’lgan metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ilmiylik prinsipining asosida insoniyat olamni bilish imkoniyatiga ega degan konsepsiya yotadi. Ilmiy tadqiqotlar asosida olingan ilmiy ma’lumotlar olamning obyektiv manzarasini tashkil qiladi. Shu tufayli, o’qitish jarayoni olamning obyektiv ilmiy manzarasini berishi zarur. Ilmiylik prinsipini amalga oshirish maqsadida, pedagoglar, har bir darsni uyushtirishda, o’quvchilarga mo’ljallangan ilmlarning asoslarini bergandagina, ularda o’ziga ishonch hosil qiladi.

    O’qitishning ilmiyligini ta’minlashda quyidagilarga murojaat qilish kerak:



    • O’qitish jarayonini pedagogika, psixologiya hamda didaktika ilmlaridan va ilg’or tajribaning yutuqlari asosida amalga oshirish;

    • O’quvchilarning xususiyatlariga mos ko’rgazmalilik bilan abstraksiyani uyg’unlashtirish;

    • O’quv predmetining ichki mantiqiga mos ilmiy yutuqlardan o’z o’rnida foydalanishga harakat qilish;

    Fizika o’qitish metodlarini asosan uch katta qismlarga bo’lish mumkin:

    1. O’quv ishini motivlashtiruvchi va rag’batlantiruvchi metodlar.

      1. O’qishga bo’lgan qiziqishni shakllantirish; bilish o’yinlari, o’quv bahslari, emotsiyani rag’batlantirish usullari va boshqalar.

      2. O’qishga mas’uliyatni shakllantirish usullari: o’qishga talab qo’yish, o’qishdagi yutuqlarni to’g’ri baholash, belgilash, taqdirlash va kamchiliklarni oshkora aytish usullari.

    2. O’quv harakatlarini va amallarni ishga oshirish va uyushtirish metodlari.

      1. Perseptiv metodlar (o’quv ma’lumotlarini berish va his-tuyg’u orqali qabul qilish). Og’zaki bayon – ma’ruza, aytib berish, suhbatlashish, ko’rgazmali metodlar namoyish qilish, illyustratsiya, kino ko’rsatish; audiovisual usullar – maslashish, tajriba va amaliy vazifalarni bajarish; kompyuter usullar.

      2. Mantiqiy metodlar (mantiqiy amallarni bajarish va uyushtirish) – induktiv, deduktiv va taqqoslash metodlari.

      3. Gnostik (biblish) metodlari (fikrlash amallarini bajarish uyushtirish) – muammoli qidiruv ( muammoni bayon qilish, evristik usul, tadqiqot usuli, reproduktiv usullar (ko’rsatma berish, illyustratsiyalash, tushuntirish, amaliy ko’nikma va boshqalar).

      4. O’quv faoliyatini o’zi boshqarish metodlari – o’quv kitobi va qurollari hamda boshqa obyektlar, materiallar bilan mustaqil ishlash.

    3. Tekshirish va o’z-o’zini tekshirish metodlari.

      1. Tekshiruv metodlariga og’zaki, yozma, laboratoriya va kompyuterda tekshirishlar kiradi.

      2. O’quvchilarning o’z-o’zini tekshirishini uyushtirish yo’llari.

    O’qitish metodlari, pedagogik adabiyotlarda qo’yilgan maqsadlarda erishish uchun qo’llaniluvchi usullarning yig’indisi qatori qaraladi. Boshqacha aytganda, o’qitish metodi o’ziga bir necha emtodik usullarni qanrab oladi. Masalan, muammoli qidiruv metodining mazmuniga quyidagi metodik usullar kiradi:

    • Muammoli vaziyatni tuzishdagi muammoli savollar, masalalar, tajribalarni qo’yish;

    • Muammoli holatni hal qilish uchun taxminlarni tuzishda hodisaning sababi, yuz berish shartlari to’g’risidagi fikrlarni aytish, kattaliklar orasidagi bog’lanishlarni ifodalash;

    • O’quv taxminlarini isbotlashda taqqoslash, mantiqiy mulohaza va tadqiqiy o’quv tajribalarini o’tkazishni asoslash;

    • Yangi xulosalarni chiqarish hamda umumlashtirish va boshqalar.

    • O’qitishning reproduktiv metodi quyidagi metodik usullardan iborat: o’quv ma’lumotlarini o’qituvchining tushuntirishi va o’quvchi yoki o’quvchilarning qabul qilishi, esda saqlab qolishi, takrorlashi va aytib berishi, o’qituvchining savol berishi, eshitishi hamda baholashi.

    • O’qituvchining mantiqiy metodlari – o’quv materialining ichidan asosiysini ajratib olish, materialni bir-biri bilan bog’langan qismlarga (modullarga) ajratish, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish va boshqalardan iborat.



    Download 443,8 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




    Download 443,8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval Esda saqlashni faoliyat bilan bog’lanishi

    Download 443,8 Kb.