Bitiruv-malakaviy ishining dolzarbligi




Download 355.37 Kb.
bet3/18
Sana07.05.2021
Hajmi355.37 Kb.
#14376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bitiruv-malakaviy ishining dolzarbligi.

Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab ta’lim va tarbiya tizimi zamona talabiga, ya’ni iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar talabiga javob bera olmay qolganligi ma’lum bo’ldi. Ta’lim tizimidagi muammolar: maktablarning moddiy bazasining juda nochorligi, o’qituvchilar malakasining pastligi, o’quv jarayonining mukammal emasligi, eski qolipda yozilgan darsliklar, bitiruvchilar malakasining pastligi, o’quvchi bilan o’qituvchi orasidagi munosabat, o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatining pastligi kabilar edi.

Ta’lim tizimidagi kamchiliklar shu jumladan fizika fanini o’qitish uslubiyotini ham chetlab o’tmadi. Respublika DTM ning axborotida qayd etilishicha, keyingi yillarda abiturentlarning fizika fanidan to’plagan ballari fanlar orasida oxirgi o’rinlarni egallab kelmoqda. Respublika miqyosida maktab o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladigan olimpiadalarda fizika fani bo’yicha 1 va 2 o’rinlar bo’sh qolmoqda. Bunday ahvol Respublikada fizika fanini o’qitish uslubiyotida jiddiy kamchiliklar mavjudligidan darak beradi. Bu muammoni hal etishning yagona yo’li fizikani o’qitishga yangi ta’lim texnologiyalarini joriy etish hisoblanadi. Rivojlangan xorijiy davlatlarning ta’lim tizimida sinovdan o’tib o’zining hayotiyligini ko’rsatgan yangi pedagogik texnologiya (YaPT) bizning ta’lim tizimimizda yaqinda kirib kela boshladi. Fizikani o’qitishda YaPT ni joriy etish o’qituvchidan zamonaviy didaktik usullar (induksiya, deduksiya, sistema, model, analogiya)ni keng qo’llashni taqozo etadi. Ikkinchidan ta’lim jarayoni murakkab, takomillashib boruvchi, ochiq, boshqariladigan dinamik va nochiziqli sistema hisoblanadi. Bu sistemaning asosiy elementlari bo’lib o’qituvchi, o’quvchi, darsliklar, o’qitish uslubiyoti va hokazolar hisoblanadi. Bu elementlarning har biri o’z navbatida murakkab sistema hisoblanadi. Ushbu elementlar o’rtasida funksional bog’lanish mavjud. Funksional bog’lanishlarni tahlil qilib uning zaif tomonlarini aniqlash va uni bartaraf etish orqali fizikani o’qitishning samaradorligini oshirishga erishish mumkin.

Buning uchun fizika o’qituvchisidan fizika fanidan fundamental bilim va uni o’qitishning zamonaviy uslubiyotidan yetarli bilimga ega bo’lish talab etiladi. Shuning uchun fizikani o’qitish uslubiyotida zamonaviy talablarni e’tiborga olib didaktikaning an’anaviy tomonlarini saqlab qolgan holda zamonaviy didaktika asosi yangi pedagogik va komputer texnologiyalariga asoslangan ta’lim texnologiyalarini yaratish davr taqozosidir.

Mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatoqdaki, axborot texnologiyalarining multimedia vositalari asosida o’quv-materiallarini obrazli ko’rinishda ifodalashdek muhim imkoniyat mavjud. Ma’lumotlarni matn sifatida emas, balki obrazlar vositasida taqdim etish axborot texnologiyalarining ta’lim tizimida o’ziga xos inqilobiy jarayon ekanligidan dalolat beradi. Obrazlar ko’rinishida ma’lumotlarni taqdim etish o’qitishga va fikrlashga keskin ravishda ta’sir etishi mumkin. Buning sababi, obrazlar ko’rinishida berilayotgan o’quv materiallari matn ko’rinishidagiga nisbatan inson tomonidan oson o’zlashtirilishi (chunki bilimlarning 65-70 foizi ko’rish orqali olinadi) va unga ijobiy ta’sir etishidir. Obrazlar ko’rinishida ma’lumotlarni taqdim etish matn ko’rinishidagiga nisbatan prinsipial jihatdan farq qilib, insonning fikrlashi uchun juda muhim vosita sifatida ishlatilishi mumkin. Buning isboti sifatida o’tmishdagi mashhur donishmand allomalar Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va A.Eynshteynlarning obrazlar ko’rinishida fikr-mulohaza yuritganliklarini ko’rsatish mumkin. Dars jarayonini obrazlar asosida tashkil etish, bir tomondan, o’quvchilar diqqatini maksimal darajada jalb qilishga olib kelsa, ikkinchi tomondan, matn ko’rinishida berilayotgan o’quv materiallaridan tubdan farq qiladi. Bu esa axborot texnologiyalari asosida o’quv jarayonini yangi o’qitish metodikasi asosida tashkil qilish bugungi kunda dolzarb ekanligidan dalolat beradi.

Ta’lim tizimiga axborot texnologiyalarini tadbiq etish sohasida yaratilayotgan dasturiy vositalarni tahlil qilganda shu narsaning guvohi bo’lamizki, jarayonlarni harakatli animasiyalar va virtual laboratoriyalar orqali tasvirlash ancha keng tarqaldi[2]. Shuning bilan bir qatorda, bizning fikrimizcha, ayrim masalalarni qulay grafik interfeysni yaratgan holda komputerda bajartirilsa, o’quvchi uchun foydali bo’ladi. Birinchidan, masala natijasi kiritilgan zahoti o’quvchiga uning to’g’ri-noto’g’ri ekanligi ma’lum bo’ladi, ikkinchidan, agar noto’g’ri bo’lsa, yoki o’quvchida mavzuni o’rganish zarurati tug’ilsa, tezgina uni komputerda o’qib olish imkoniyatini yaratib qo’yish mumkin, uchinchidan, ayrim jarayonlar harakatli tarzda namoyish etilishi mumkin, to’rtinchidan, o’quvchi vazifani bajarar ekan, komputerda ishlash malakasi yanada oshadi.





Download 355.37 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 355.37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bitiruv-malakaviy ishining dolzarbligi

Download 355.37 Kb.