III Bob. Nanotexnologiyalar asosidagi katalizatorlar




Download 2.1 Mb.
bet37/42
Sana24.03.2017
Hajmi2.1 Mb.
#2060
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
III Bob. Nanotexnologiyalar asosidagi katalizatorlar

3.1. Amorf metall nanozarrachalar asosidagi katalizatorlar.

Hozirgi kunda butun dunyoda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 60% i katalitik jarayonlar orqali amalga oshiriladi ko’pchilik hollarda aynan nanosutrukturada ega katalizatorlar ishlatiladi.

Platina guruhidagi Pt va Pd metallarning amorf nanozarrachalari asosidagi katalizatorlar yuqori effektivlikka ega. Bunday zarrachalar metallarni elektr dispertirlash metodi orqali olinadi.Bu metodning asosida ma’lum ahamiyatga ega metall nishonni lazer vositasida parchalab metallning suyuq zaryadlangan zarrachalarini nanometr o’lchamlarigacha etqazish yotadi. Bu usulda olinga n Pt va Pd amorf nanozarrachalar o’lchamlarining kichik chegaraviy dispersiyasiga ega bo’ladi. Natijalar ko’rsatadiki, bunday nanozarrachalar surtilgan namunalar yuqori kataletik aktivlikka egadir.

Lazer elektrodispersiyalash usuli A.F.Ioffe nomidagi FTI da ishlab chiqarilgab bo’lib monodispers metall nanosutrukturalarini olish uchun qo’llaniladi bunda metall nishon kuchli davriy impulsli lazer vositasida ta’sir ettiriladi.Bunda nishondan ajralgan mikrozarrachalar nostatsionar holatga o’tadi va nanoo’lchamli zarrachalarga bo’linadi. Metall suyuq tomchilarni bo’linishi lazer plazmasida suyuq tomchilarning zaryadlanish effektiga asoslangan. Ma’lumki tomchilar plazma temperaturasiga proporsional bo’lgan, potensialgacha zaryadlanadi va elektronlarning temperaturasi 20-30 eV bo’lganda tomchi zaryadi kiritik kattalikka etadi. Bu holda bu tomchilar beqaror bo’lib, bo’linishni boshlaydi. Bo’linayot zarrachalar o’lchamlari nanometrlarga etganda bo’linishi keskin to’xtaydi.

Tomchilarning stabillashuviga ular sirtidagi elektr maydonning oshishi sabab bo’ladi. Tomchilarning nanoelektrokimyoviy o’lchamlari faqatgina sirt taranglik kattaligiga va erigan metalning chiqish ishiga bo’g’liq bo’ladi. Bunday jarayon natijasida olingan nanometr o’lchamdagi tomchilar tez soviyda. Sovish tezligi taqriban 106 km/sek. Sovigan zarrachalar qattiq nanozarrachalarga aylanadi. Ahamiyatli jihati shundaki, tez sovish natijasida hosil bo’luvchi qattiq nanozarrachalar kristallanishga ulgurmaydi va amorf holatda bo’lib qoladi.



Download 2.1 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Download 2.1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III Bob. Nanotexnologiyalar asosidagi katalizatorlar

Download 2.1 Mb.