Kapillyar effektlar va nanotrubkalarni to’ldirish




Download 2.1 Mb.
bet35/42
Sana24.03.2017
Hajmi2.1 Mb.
#2060
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
2.3. Kapillyar effektlar va nanotrubkalarni to’ldirish.

Uglerodli nanotrubkalar kashf qilingandan keyin tadqiqotchilarni ularni turli moddalar bilan to’ldirish muammosi qiziqtira boshladi. Bu faqat ilmiy ahamiyatga ega bo’lib qolmasdan balki amaliy ahamiyatga ham egadir. Chunki nanotrubka o’tkazuvchan, yarim o’tkazuvchan va o’ta o’tkazuvchan material bilan to’ldirilsa, uni hozirgi zamon mikroelektronika elementlaridan eng kichkinasi sifatida qarash mumkin. Bu muammoga ilmiy qiziqish amaliy asoslangan bo’lishi va qanday minimal o’lchamlarda mikroskopik ob’ektlarga xos xususiyatlarni kapillyar hodisalar saqlay biladi degan savolga javob bera olishi lozim. Birinchi marta bu muammo maydon kuchlari ta’sirida nanotrubka ichiga HP molekulasining ichkariga tortilishi masalasida ko’rilgan. Bunda ko’rsatilganki, nanotrubkaning ichki sirtini ho’llovchi kapillyar hodisalar nanometr diametrli trubkalarga o’tganda ham o’z tabiatini saqlaydi .

Uglerodli nanotrubkalarda kapillyar hodisalar birinchi marta amaliyotda erigan (Pb)qo’rg’oshinning nanotrubka ichiga tortilish kapillyar effektida amalga oshirilgan. Bu tajribada nanotrubkalarning sintezi uchun mo’ljallangan elektr yoyi diametri 0,8 sm va uzunligi 15sm bo’lgan elektrodlar orasida 30 B kuchlanish va 180-200A tokda yoqilgan. Katod sirtida anod sirtidagi termik parchalanish natijasida hosil bo’lgan 3-4sm balandlikdagi material kameradan olinib, 5 soat davomida 8500S temperaturada karbonat angdrid (CO2)gazi oqimida ushlangan. Natijada namuna 10%ga yaqin massa yo’qotgan va namuna amorf grafit zarrachalaridan tozalanib, cho’kmadagi nanotrubkalar ochilishiga imkoniyat yaratilgan. Nanotrubkalar mavjud cho’kmaning markaziy qismi etanolga joylashtirilib ultratovush bilan ishlov berilgan.

Xloroforida dispergirlangan mahsulot elektron mikroskopda ko’rishda uglerodli lentaga surtilgan. Kuzatishlar ko’rsatadiki, ishlov berilmagan trubkalar strukturasi ravon, bosh qismlari to’g’ri shaklda va diametrlari 0,8-10nm.gacha. Oksidlanish natijasida 10% nanotrubkalarning qolpoqchalari buzilgan, cho’qqi yaqinidagi bir qism qatlamlari ko’chgan. Kuzatishlar uchun mo’ljallangan nanotrubkali namuna vakuumda eritilgan qo’rg’oshin (Pb) tomchilari bilan to’ldirilgan. Bunda nanotrubkalarning tashqi sirtida o’lchamlari 1 dan 15 nmgacha bo’lgan qo’rg’oshin (Pb) tomchilari kuzatilgan. Nanotrubkalar havoda 4000S tempuraturada (qo’rg’oshinning erish temperaturasidan yuqori) 30minut ichida yondirilgan.

Elektron mikroskop yordamida bajarilgan kuzatish natijalari ko’rsatadiki, yondirishdan so’ng nanotrubkalarning bir qismi qattiq material bilan to’ldirilgan bo’lib qoldi. Yuqori quvvatli elektron dasta bilan yondirilganda ham xuddi shunday effekt kuzatilgan.

Yetarlicha kuchli nurlanishda trubka yaqinidagi material erib nanotrubka ichiga kiradi. Nanotrubkalar ichida qo’rg’oshin (Pb) mavjudligi rentgen difraksiyasi va elektron spektroskopiya usullari yordamida aniqlangan. Eng yupqa qo’rg’oshin (Pb) o’tkazgich diametri 1,5nmni tashkil etgan. Kuzatishlar natijalariga asosan to’ldirilgan nanotrubkalar soni bir foizdan oshmaydi. Keyingi tadqiqotlar uglerodli nanotrubkalardagi kapillyarlar hodisalarni chuqur o’rganishga qaratilgan bo’lib, ulardagi effektlar nanotrubkalarni turli tabiatdagi materiallar bilan to’ldirilganda namoyon bo’ladi. Bu tadqiqotlar natijalari materiallarning sirt tarangligi bilan uning uglerod nanotrubkasining ichiga tortilish imkoniyati orasida bog’liqlik borligiga ishora qiladi. Bu natijalardan ba’zilari 1- jadvalda keltirilgan. Ko’rinib turibdi-ki nanotrubkalarning kapillyar xususiyatlari sirt tarangligi miqdori ancha kichik (200mHm-1) materiallardagina namoyon bo’ladi.





Download 2.1 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Download 2.1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kapillyar effektlar va nanotrubkalarni to’ldirish

Download 2.1 Mb.