• TMainMenu
  • TPopupMenu
  • TRadioButton
  • TScrollbar
  • Modellashtirishda dasturiy ta'minot




    Download 0,54 Mb.
    bet15/19
    Sana13.06.2021
    Hajmi0,54 Mb.
    #14988
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
    2.2. Modellashtirishda dasturiy ta'minot

    Ayni kunlarda Windows tizimida ishlaydigan va zamonaviy kompyuter texnikalari bilan uyg’unlasha oladigan mukammal dasturlash tillari ommalashib bormoqda. Hozirgi kunda qo`llanilayotgan zamonaviy dasturlash tillari o`zlarining katta imkoniyatlari bilan oldingilaridan keskin farq qiladi. Ularning rivoji va imkoniyatlari yuqori darajaga ko`tarilgan deb hisoblasa bo`ladi. Vizual va ob`ektli dasturlash tillari o`zlarining keng qamrovli imkoniyatlari va qulayliklari bilan dasturchilar e`tiborini qozonmoqda.

    Shuni ta`kidlash kerakki, dasturlash tillarining rivojlanishi algoritmlash masalasi uchun katta ta`sir ko`rsatgani yo`q. Qo`yilgan masalani echish uchun to`qri algoritmlarni qurib olish esa, har doimgidek, insonning mantiqiy fikrlashi bilan bog’liqdir.

    Algoritmlar turli ko`rinishlarda bo`lishi mumkin. Blok sxemalar ko`rinishida berilgan algoritmlar ko`p jihatdan tushunarli va ommabopdir. Shuningdek, blok sxemalarda aks etgan algoritmlarga asoslanib turli dasturlash tillarida masalani echish mumkin.

    Yuqoridagi dasturlash tillaridan amaliy masallalarni echishda juda qulaydir. Delphi dasturlash tilida biror amaliy masalani turli xil chegaraviy shartlarda dasturi tuzilsa uning xatolik darajasi kam ishlatish uchun yaroqli holda bo`ladi. Yaratilgan dastur foydalanuvchi bilan muloqot vizual tarzida ishlaydi, jumladan foydalanuvchi boshlang’ich chegara shartlarini, qadamlar sonini muloqot darchasida o`zgartirishi mumkin, foydalanuvchi dastur tuzishni bilmasa ham dasturdan foydalanib javob olishi mumkin.

    Ma`lumki, hayotda uchraydigan barcha jarayonlarning matematik modellarini tuzish mumkin. Bu modellar o`rganilayotgan jarayonning asosiy xususiyatlarini o`zida iloji boricha to`laroq, to`kisroq mujassam qilishi kerak. Bu esa matematik modellarning ilojsiz murakkablashuviga sabab bo`ladi. Bunday matematik modellarni ishlatish, ular asosida qaralayotgan jarayon ko`rsatkichlarining xususiyatlarini tasvirlovchi echim olish ham o`z navbatida murakkablashadi. Demak, izlanuvchi oldida bir-biriga zid ikki masala ko`ndalang bo`ladi: matematik modellar etarli darajada mukammal va murakkab bo`lishi kerak, lekin bunday modellarni ishlatish qator qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi.

    Matematik model tuzilgach, ya`ni masala matematik ko`rinishda ifodalangach, uni ma`lum matematik usullar bilan tahlil qilish mumkin. Matematik modellarni tashkil qiluvchi algebraik, chiziqsiz, differentsial, integral, integro-differentsial va boshqa tenglamalarni echish uchun matematika kurslarida keltirilayotgan aniq, analitik usullar faqat xususiy ko`rinishdagi, sodda tenglamalarning echimini topish imkonini beradi, xolos. Shuning uchun, umumiyroq, murakkab tenglamalarning echimlarini aniqlashga imkoniyat yaratuvchi sonli-taqribiy usullarni o`rganish va ulardan amaliy masalalarni echishda unumli foydalanish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

    Matematik model hech qachon qaralayotgan ob`ektning xususiyatlarini aynan, to`la o`zida mujassam qilmaydi. U har xil faraz va cheklanishlar asosida tuzilgani uchun taqribiy xarakterga ega, demak uning asosida olinadigan natijalar ham taqribiy bo`ladi.

    Modelning aniqligi, natijalarning ishonchlilik darajasini baholash masalasi matematik modellashtirishning asosiy masalalaridan biridir.

    Amaliy masalalarni hal qilish jarayoni turli xil vositalar yordamida ifodalanishi mumkin. Bu vositalar funktsional analiz elementlarini ishlatib differentsial va integral tenglamalar tuzishdan to hisoblash algoritmi va EHM dasturlarini yozishgacha bo`lgan bosqichlarni o`z ichiga oladi. Har bir bosqich yakuniy natijaga o`ziga xos ta`sir ko`rsatadi va ulardagi yo`l qo`yiladigan xatoliklar oldingi bosqichlardagi xatoliklar bilan ham belgilanadi.

    Yuqoridagi modellarni algoritmini tuzib ularga yuqori darajadagi tillarning birida dastur tuzib dasturlash tillarini imkoniyatlarini ochishimiz mumkin.Ushbu bitiruv malakaviy ishida amaliy dasturlar bog’lamini yaratish uchun Borland Delphi ob`ektli dasturlash tilidan foydalanildi. Bu til foydalanuvchi va dasturchi uchun juda qulay vositadir. Dasturlash tili vizual holatda unda barcha shartlarni o`zgartirish mumkin bo`lgan echimlarni aniqlik darajasi yuqori holatda bo`ladi. Dasturlash tillari inson mexnatini engillashtiradi, ular biror amaliy masalani echish davomida takrorlanishlar soni juda ko`p bo`lsa ham takrorlanishdagi qadamlar soni ko`p bo`lsa ham darrov echim olishga muvofiq bo`lamiz. Dasturlash tillari shunday imkoniyatlari orqali amaliy va boshqa masalalarni echishda keng qo`llaniladi.

    Delphi-vizual loyihalar, turli holat protseduralarini qayta ishlash va dasturlarni qayta ishlashdà vaqtdan yutish va boshqalarni o`z ichiga oladi.



    Delphini ishga tushirgandan keyin uni ekran ko`rinishi hosil bo`lib, u unchalik oddiy emas. (2.2.1-rasm). Ekranda to`rtta oyna mavjud va ular quyidagilardir: Delphi 7 - bosh oynasi, Form1 - forma oynasi, Object Inspector - ob`ekt inspektori oynasi va Unit1.pas-kodlarini taqrirlash oynasi ekranni deyarli to`ldirib turadi.

    2.2.1-rasm. Delphi ishchi oynasining ko`rinishi.

    Dastur kodi forma orqasiga yashiringan bo`lib, u yerga dastur matnlari kiritiladi. U oynaga F12 yoki Ctrl+F12 tugmalari yordamida o`tish mumkin. Delphi kodlar muhitida dastur buyruqlarini kiritish va ularni qayta ishlash mumkin. Shuni ham ta`kidlash lozimki, Delphi kodlar muhiti avtomatik tarzda Object Pascal dasturlash tilidagi kalit so`zlarni (begin, and, procedure, const, var va bosh.) qalin harflar bilan belgilaydi.

    Ma'lumot yozilgan satr(dastur izoqi)ni belgilash uchun figurali qavslardan foydalaniladi. Qavs ochilsa undan keyin turgan kodlar ko`rinishi o`zgaradi. Kerakli joyda qavs berkitilsa, ko`rinishi o`zgargan kodlar faqat qavs oralig’idagina qoladi va dastur ishlash jarayonida shu oraliq ishlatilmaydi.

    Delphi kodlar muhitining imkoniyatlaridan yana biri shuki, u yerga biror funktsiyani masalan: "StrToFloat"ni yozib, qavs ochsak, satr ostida kichik oyna hosil bo`ladi. Bu oynada qavs ichidagi o`zgaruvchi tipi ko`rsatilgan bo`ladi, yoki biror operatorni masalan: Label1 ni yozib nuqta qo`yilsa satr ostida nuqtadan keyingi yozish mumkin bo`lgan operatorlar ro`yqati chiqadi va ulardan kerakligini tanlab qo`yishimiz mumkin.

    Delphidagi Formalar dizaynerining tuzilishi shu qadar oddiyki, dasturning tashqi ko’rinishini yaratish bolalar o’yiniga o’xshab ketadi. Formalar dizayneri dastlab oddiy bo’sh oynadan iborat bo’ladi va biz uni keyinchalik komponetlar to’plamidan olingan ob’ektlar bilan to’ldirishimiz mumkin.

    Formalar dizaynerining muhimligiga qaramasdan, dasturchiliarning ko’p vaqtlari Dastur matni muharririda kechadi. Chunki bu yerda dasturning asosiy kodi (ish bajaruvchi qismi) yoziladi.



    Komponentlar to’plami sizga formalar dizayneriga o’rnatish va dasturning tashqi ko’rinishida ishtirok etuvchi ob’ektlarni tanlash uchun xizmat qiladi.. Komponentlar to’plamidan foydalanish uchun avval kerakli ob’ekt ustiga sichqonchani ikki marta bosing va so’ngra formalar dizayneriga sichqonchani bosish bilan tanlangan ob’ektni formaga qo’yishimiz mumkin.

    2.2.2- rasm. Komponentlar to’plami.

    Komponentlar to’plamida ob’ektlar guruhlar buyicha alohida sahifalarga bo’lingan. To’plamda Standard, Additional, Dialogs va ho kazo sahifalar yig’ilgan. Agar siz bu nomlarning ixtiyoriysini bossangiz, shu guruh ob’ektlari joylashgan sahifaga o’tishingiz mumkin.

    Masalan, siz formaga TEdit ob’ektini tashladingiz; siz uni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirishingiz va uning o’lchamlarini o’zgartirishingiz mumkin. Boshqa ko’pchilik ob’ektlar bilan ham xuddi shunday ishlarni amalga oshirish mumkin. Lekin, dastur bajariishida formada ko’rinmaydigan (TMenu yoki TdataBase kabi) ob’ektlar o’z kurinishini o’zgartirmaydi.

    Har bir sahifadagi komponentlar to’plami va joylashishini o’zgartirish mumkin. Demak, siz mavjud komponentlarni o’rnini o’zgartirish bilan birgalikda ularning tarkibiga yangilarini qo’shishingiz mumkin.

    Delphining standart komponentlari va ularni ishlatish haqidagi qisqacha izoh quyida keltirilgan. Bu komponentlarni o’rganayotgan vaqtda qo’l ostingizda kompyuter bo’lgani ma’qul, chunki birvarakayiga ularning ishlash prinstipi bilan ham tanishishingiz mumkin.



    TMainMenu – o’z dasturingizga bosh menyu qo’shish imkonini beradi. TmainMenuni formaga qo’yan vaqtda u kichkina belgi ko’rinishini oladi; bunday belgilarni "ko’rinmas komponent" deb ataydilar, chunki, dastur bajarilash vaqtida ular ekranda ko’rinmaydi. Menyuni yaratish uch qadamdan iborat: (1) TMainMenu formaga o’rnatish, (2) ob’ektlar inspektorining Items xususiyati yordamida Menyu dizaynerini chaqirish, (3) Menyu Dizaynerida menyu qismlarini kiritish.

    TPopupMenu yordamchi enyuni yaratish. Bu menyu sichqonchaning o’ng tugmasi bosilganda ko’rinadi.

    TLabel matnlarni ekranda namoyish qilish uchun qo’llanadi. Agar siz ob’ektlar inspektorining Font xususiyatiga sichkonchani ikki marta bossangiz, Labelning shrifti, rangi, harflar rangi va o’lchamlarini o’zgartishingiz mukin.

    TEdit – Windowsdagi standart ma’lumot kiritish oynasi. U qisqa matnlarni namoyish qilishi va dastur bajarilish vaqtida foydalanuvchiga o’z matnini kiritish imkonini beradi.

    TMemo – TEditning boshqacha ko’rinishi. Katta mantlar bilan ishlashni ko’zda tutadi. TMemo matn qismlarini qatordan qatorga ko’chirishi, buferda saqlashi, oxirgi amallardan voz kechishi, umuman olganda oddiy muxarrir amallarini bajara oladi. TMemo 32Kb matn hajmi bilan chegaralanadi, bu taxminan 10-20 sahifa matnga tengdir.

    TButton dastur bajarilash vaqtida tugma bosilishi bilan biror amal bajarilishini ko’zda tutadi. Delphida hamma narsa oddiy. TButtonni formga ko’yib, unga ikki marta sichqon tugmasini bossak, biz dastur matni muharririda tugma bosilish holatiga dastur tuzimiz mumkin bo’lgan oynaga o’tamiz. Endi dastur matnini bajariladigan buyruqlar kodi bilan to’ldirish kerak. Masalan:
    procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
    begin
    MessageDlg('Ishlaringiz yaxshimi?',mtConfirmation,mbYesNoCancel,0);
    end;

    TCheckBox chap tomonida kichkina darchasi bo’lgan matn satrini akslantiradi. Darchaga uning belgilanganligini bildiruvchi belgi quyish mumkin. Masalan, Worddagi Pechat muloqot oynasining Pechat v fayl bo’limida aynan shu ob’ekt ishlatilgan.

    TRadioButton bir nechta holatlardan birini tanlash imkonini beradi. Masalan, Worddagi Pechat muloqot oynasining chop qilinishi kerak bo’lgan sahifalar oralag’ini tanlash bo’limida aynan shu ob’ekt ishlatilgan.

    TListBox ro’yxatli ma’lumotlarni namoyish qilishga mo’ljallangan masalan Worddagi Otkrыt buyrug’i yordamida ochiladigan muloqot oynasidagi fayllar va kataloglar ro’yxati oynan shu ob’ektga joylashtirilgan.

    TComboBox tashqi ko’rinishidan ListBoxga o’xshab ketadi, ular orasidagi farq ComboBoxning yuqorisida ma’lumot kiritish mumkin bo’lgan maydoni ham bor. ComboBoxning ko’plab turlari mavjud, ko’p ishlatiladigani esa, ro’yxati pastga ochiladigan (drop-down combo box)dir.

    TScrollbar – o’tkazish yo’lakchasi. Ko’pincha tahrirlanadigan yoki ko’rinadigan ma’lumotlar ekrandan chiqib ketganda paydo bo’ladi.

    TGroupBox Windowsga formadagi ob’ektlarning qanday joylashganligini bildirish uchun qullash mumkin.

    TPanel – TGroupBoxga o’xshash ob’ekt bo’lib, bezash uchun ishlatiladi.

    Formalar dizayneridan chap tomonda biz ob’ektlar inspektorini ko’rishimiz mumkin. Bu oynadagi ma’lumtlar formada tanlangan ob’ektning tipiga qarab, o’zgarib borishiga e’tibor beramiz. Har bir komponent bu ob’ektdir, va uning ko’rinishi hamda harakatini ob’ektlar inspektori yordamida o’zgartirish mumkin.



    2.2.3-rasm. Ob’ektlar inspektori.

    Ob’ektlar inspektori joriy ob’ektning harakatlarini aniqlash uchun ikki sahifadan tashkil topgan. Birinchi sahifa – xususiyatlar ro’yxati bo’lsa, ikkinchisi ob’ektning holatlari ro’yxatidir. Joriy ob’ektning biror tomonini o’zgartirish kerak bo’lsa, siz albatta Ob’ektlar inspektoriga murojaat qilishingiz kerak. Misol uchun siz TLabel elementining nomini o’zgartirishingiz, yoki uning Caption, Left, Top, Height, va Width kabi xususiyatlari yordamida joylashishini o’zgartirishingiz mumkin.

    Ob’ektlar inspektori oynasining quyi qismidagi sahifa nomlaridan ob’ektlarning xususiyatlari va holatlari oynasiga o’tish mumkin. Holatlar sahifasi dastur matni muharriri bilan bevosita bog’liq bo’lib, undagi holatlarning ixtiyoriysiga sichqonchani ikki marta bossak, ob’ektning shu holatiga tegishli dastur sarlavhasi muharrirda paydo bo’ladi va sizga shu holatda bajariladigan ishlarni dastur ko’rinishida yozish imkoniyati beriladi. Delphi bu imkoniyatini keyinoq to’lio’ ko’rib o’tamiz.

    Delphining ixtiyoriy loihasi kamida oltita fayl yaratadi. Ulardan uchtasi loiha tomonidan yaratiladi va dasturchilar ularning tarkibini ko’pincha o’zgartirmaydilar. Ular quyidagilar:



    • loyihaning bosh fayli, dastlab PROJECT1.DPR deb nomlanadi;

    • dasturning dastlabki moduli /unit/, u ishning boshida avtomatik ravishda yaratiladi. Fayl UNIT1.PAS deb nomlanadi va uning nomini ixtiyoriy nom bilan almashtirish mumkin. Masalan, MAIN.PAS;

    • bosh forma fayli jimlik qoidasiga binoan UNIT1.DFM deb nomlanadi, u bosh formaning tashqi ko’rinishi haqidagi ma’lumotlarni saqlaydi;

    • PROJECT1.RES fayli avtomatik holda yaratiladi va loiha uchun belgini saqlaydi;

    • PROJECT1.OPT fayli matnli fayl hisoblanib, siz kompilyatorda qo’llagan o’rnatmalaringizni saqlaydi;

    • PROJECT1.DSK fayli ishchi sohaning holati haqidagi ma’lumotlarni saqlaydi.

    Albatta loiha nomini o’zgartiriganda RES, OPT va DSK kengaytmali fayllarning nomlari ham o’zgaradi.

    Dastur kompilyastiyasidan keyin quyidagi kengaytmali fayllar hosil bo’ladi:

    -DCU – tayyor modullar;

    -EXE – ishchi fayl;

    -DSM – dasturning muhitda ishga tushishi uchun xizmat qiluvchi fayl, uning hajmi juda katta va ish yakunlangach uni o’chirish tavsiya qilinadi;

    -~PA, ~DP - backup. – muharrirning vaqtinchalik fayllari.

    Kodlar oynasida biror operator ustiga kursorni olib borib Ctrl+F1 tugmalari teng bosilsa, shu operator haqidagi yordam oynasi hosil bo`ladi. U yerdan kerakli axborotni olish mumkin. Agar kursorni bo`sh joyga olib kelib F1 bosilsa, umumiy yordam ma`lumotlari chiqadi.

    Kodlar oynasida taqrirlash oddiy matn muharrirlari kabi amalga oshiriladi. Ya`ni belgilangan (blokka olingan) kod nusxasini olish, qirqib olish va kerakli joyga qo`yish mumkin. Undan tashqari kodlar ichidan kerakli belgini izlab topish va almashtirish, Delete tugmasi yordamida kursordan keyin turgan belgini, Backspace yordamida esa kursordan oldin turgan belgi yoki belgilar o`chirish mumkin. Ctrl+, Ctrl+ klavishlari yordamida bir so`z keyinga va oldinga, PgDn, PgUp klavishlari yordamida esa bir ekran pastga va yuqoriga o`tiladi.

    Delphining menyu satridan quyidagilar joy olgan: File, Edit, Search, View, Project, Run, Component, Database, Tools, Help. Bularning barchasida ost menyular mavjuddir.

    Filening ost menyusida bir necha buyruqlar bo`lib ular yordamida yangi proekt, formalarni ochish va ularni saqlash mumkin. Shu bilan birgalikda ochilgan proektni yopish, Delphidan chiqish va shularga o`xshash fayllar bilan ishlash imkoniyatlari bor.

    Edit menyusi ost menyudan foydalanib kodlarni tahrirlash, umuman kodlar ustida turli xil amallarni bajarish mumkin.

    View yordamida esa Delphi ishchi muhiti ko`rinishini o`zgartirish mumkin.

    Run menyusi yordamida dasturni ishga tushirishni turli yo`llari amalga oshiriladi.

    Database menyusida ma'lumotlar ba`zasini tashkil qilish mumkin. Help menyusi esa Delphi va unda dasturlash haqidagi barcha ma`lumotlarni olish imkoniyatini yaratadi.

    Delphi dasturchiga grafik dasturlar sxemasi, chizma va illyustratsiyalar yaratishga imkon beradi. Dastur grafikani obyekt (forma yoki Image komponentasi) yuzasiga chiqaradi. Obyekt yuzasiga canvas xossasi mos keladi. Obyekt yuzasiga grafik element (to'g'ri chiziq, aylana, to'rtburchak va hokazo) chiqarish uchun bu obyektning canvas xossasiga mos usulni qo'llash lozim.

    Canvas xossasi TCanvas tipidagi obyektdir. Grafik primitivlarini chiqarish usullari Canvas xossasini abstrakt chizish sohasi deb qaraydi. Chizish sohasi alohida nuqtalar - piksellardan iborat. Piksel holati uning gorizontal (X) va vertikal (Y) koordinatalari bilan aniqlanadi. Chap yuqori piksel koordinatalari (0,0). Koordinatalar yuqoridan pastga va chapdan o'ngga qarab o'sib boradi.

    Soha o'lchovlarini Image komponentasining Height va Width xossalari va formaning ClientHeight va Clientwitdth xossalari orqali aniqlash mumkin.

    Qalam geometrik figuralarni chizish uchun ishlatiladi. Chiziq ko'rinishi Tren obyektining jadvalda ko'rsatilgan xossalari orqali aniqlanadi. Chiziq qalinligi width xossasi orqali piksellarda beriladi. Chiziq turini style xossasi belgilaydi.

    Mode xossasi chiziq rangining fon rangiga munosabatini ko'rsatadi. Odatda chiziq rangi Pen.Color xossasining qiymati bilan belgilanadi. Dasturchi chiziq uchun fon rangiga nisbatan invers rang berishi mumkin. Bu holda hatto chiziq va fon rangi bir xil berilgan bo'lsa ham chiziq ajralib turadi.

    Mo'yqalam (Canvas. Brush) yopiq sohalarni chizish va soha ichini bo'yash uchun mo'ljallangan usullardan foydalaniladi.

    Grafik obyekt yuzasiga matn chiqarish uchun TextOut usuli qo'llaniladi. Bu usulni chaqirish instruksiyasi quyidagi ko'rinishga ega: Obyekt.Canvas.TextOut(x, u, Tekst). Matn chiqarish sohasi mo'yqalam joriy rangiga bo'yaladi. Shuning uchun matn chiqarishdan oldin Brush.Color xossasiga bsClear qiymatini yoki soha rangiga mos qiymatni berish lozim.

    Textout uslubi orqali matn ekranga chiqarilgandan so'ng qalam matn chiqarish sohasining yuqori o'ng burchagiga keltiriladi.

    Agar matn uzunligi ma'lum bo'lmasa, chiqarilgan matn o'ng chegarasi koordinatalarini PenPos xossasiga murojaat qilib aniqlash mumkin.

    To'g'ri chiziq LineTo usuli orqali amalga oshiriladi. LineTo usuli qalamning joriy pozitsiyasidan berilgan koordinatali nuqtagacha to'g'ri chiziq chizadi. Boshlang'ich nuqtani kerakli nuqtaga ko'chirish uchun MoveTo usulidan foydalanish mumkin.

    O'zaro tutashgan kesmalardan iborat shaklni chizish uchun Polyline usulidan foydalaniladi. Bu usul parametri TPoint tipli massivdan iborat. Polyline usuli yordamida yopiq ko'pburchak chizish uchun massivning birinchi va oxirgi elementi bir nuqtaning koordinatalaridan iborat bo'lishi kerak.

    Aylana yoki ellips chizish uchun Ellipse usuli chaqiriladi. Usulni chaqirish instruksiyasining umumiy ko'rinishi: Object.Canvas.Ellipse(xl,yl, x2,u2). Bu yerda xl, yl, x2, u2 ellipsni o'z ichiga olgan minimal to'rtburchak koordinatalari. Agar to'rtburchak kvadrat bo'lsa aylana chiziladi.

    Yoyni chizish uchun Arc usuli qo'llaniladi va u quyidagi umumiy ko'rinishga ega: Object.Canvas.Arc(xl,yl,x2,y2,y3,y3,x4,y4). Bu yerda: - yoyga tegishli bo'lgan ellips yoki aylana parametrlari; - yoyning boshlang'ich nuqta parametrlari; - so'ngi nuqtani parametrlari. Yoy soat miliga teskari tartibda chiziladi.

    To'rtburchak Rectangle usuli bilan chizilib, bu usulni chaqirish instruksiyasining umumiy ko'rinishi quyidagicha: Object.Canvas.Rectangle(xl, yl,x2, y2), Bu yerda xl, yl va x2, y2 - chapgi yuqori va o'nggi pastgi burchaklar koordinatalari.

    RoundRec usuli burchaklari yumaloq to'rtburchak chizishga imkon beradi. RoundRec usulini chaqirish instruksiyasi quyidagi ko'rimshga ega:

    Object. Canvas. RoundRec (). Bu yerda:

    -- to'rtburchak parametrlari;

    -- chorak qismi yumaloq burchak chizish uchun ishlatiladigan ellips kattaligi.

    Yana ikki usul mo'yqalamdan foydalanib to'rtburchak chizishga imkon beradi. FillRect usuli ichi bo'yalgan to'rtburchak chizadi, Frame Rect - faqat kontur. Bu usullarda faqat bitta parametrga ega -TRect tipidagi tuzilma.

    O'zaro tutashgan kesmalardan iborat shaklni chizish uchun polyline usulidan foydalaniladi. Bu usul parametri TPoint tipli massivdan iborat. Polyline usuli yordamida yopiq ko'pburchak chizish uchun massivning birinchi va oxirgi elementi bir nuqtaning koordinatalaridan iborat bo'lishi kerak.

    Aylana yoki ellips chizish uchun Ellipse usuli chaqiriladi. Usulni chaqirish instruksiyasining umumiy ko'rinishi:

    Object.Canvas.Ellipse()

    Bu yerda - ellipsni o'z ichiga olgan minimal to'rtburchak koordinatalari. Agar to'rtburchak kvadrat bo'lsa aylana chiziladi. To'rtburchak Rectangle usuli bilan chizilib, bu usulni chaqirish instruksiyasining umumiy ko'rinishi quyidagicha: Object.Canvas.Rectangle(xl, yl,x2, y2).

    Bu yerda - chapgi yuqori va o'nggi pastgi burchaklar koordinatalari.

    Yana ikki usul mo'yqalamdan foydalanib to'rtburchak chizishga imkon beradi. FillRect usuli ichi bo'yalgan to'rtburchak chizadi, FrameRect - faqat kontur. Bu usullarda faqat bitta parametrga ega -TRect tipidagi tuzilma.


    Download 0,54 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 0,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Modellashtirishda dasturiy ta'minot

    Download 0,54 Mb.