Bu “metakurs”? – tavsiya etiladigan qiymat – “Yo’q”.
Agar qiymat “Ha” bo’lsa, u holda kurs boshqa aniqlangan kurslar qatnashchilarini avtomatik ro’yxatdan o’tkazish uchun ishlatilishi mumkin. Metakurs bog’langan kurslarni guruhlash uchun ishlatilishi mumkin – masalan, maxsus xarakteristikaga ega, bog’langan predmet soha yoki kurslar. Qatnashchilar metakursni boshqarish blokida “Talaba” roli yordamida qo’shiladi.
Ro’yxatdan o’tishga ruxsat berilgan – shu kursga talabalarni yozish (ro’yxatdan o’tkazish) ga ruxsat etilganmi yoki yo’q ekanligini aniqlaydi. Uchinchi variant sifatida sananing aniq diapazonida ro’yxatdan o’tish hisoblanadi. Tavsiya etiladigan qiymat – “Ha”.
Boshlanish sanasi – talabalarni ro’yxatdan o’tkazishni boshlash sanasi. “Man etish” qiymatini o’rnatish tavsiya etiladi.
Oxirgi sana - talabalarni ro’yxatdan o’tkazishni tugatish sanasi. “Man etish” qiymatini o’rnatish tavsiya etiladi.
Ta’lim davomiyligi – 1 dan 356 kungacha qiymatlarni o’rnatish mumkin. Tavsiya etiladigan qiymat – “chegaralanmagan”.
Ro’yxatdan o’tish tugaganini bildirish
Bildirish – qiymatni jimlik qoidasiga ko’ra qoldirish kerak!
Talabalarga bildirish - qiymatni jimlik qoidasiga ko’ra qoldirish kerak!
Me’yor - qiymatni jimlik qoidasiga ko’ra qoldirish kerak!
Guruhli rejim – siz uchta guruhli rejimlardan birini tanlashingiz mumkin:
Guruhlar yo’q – talabalar guruhlarga bo’linmaydi, ular bitta katta jamoa hisoblanadi.
Alohida guruhlar – har bir guruh talabasiga o’zining guruhi yagona hisoblanadi, ularga boshqa guruhlar ko’rinmaydi.
Ruxsat etilgan guruhlar – har bir guruh talabalari faqat o’zining guruhi chegarasida faoliyat yuritadi, ammo boshqa guruhlar ishini ko’rishi mumkin.
Kurs darajasida aniqlangan, guruhli rejim, kursda yaratiladigan barcha elementlar uchun jimlik qoidasiga ko’ra rejim hisoblanadi.
Majburiy ravishda – guruhli rejimni o’z ichiga oluvchi kursning har bir elementi uchun o’ziga tegishli guruhli rejimni ko’rsatishi mumkin. Agar kurs uchun “majburiy guruhli rejim” o’rnatilgan bo’lsa, u holda kursning ixtiyoriy elementida guruhli rejimni o’rnatish tashlab yuboriladi.
Tushunarlilik – bu sozlash sizga kursni talabalardan to’liq “yashirish”ga imkon beradi.
Kurs joriy kurs o’qituvchisi va administratoriga tegishli bo’lgan katalog va ro’yxatlardan tashqari, bironta katalog va ro’yxatda tasvirlanmaydi.
Hatto agarda talabalar to’g’ridan – to’g’ri URL-manzil bo’yicha kirishga ruxsat olmoqchi bo’lsa ham, ularning kirishiga ruxsat berilmaydi.
Kodli so’z – kodli so’z (parol) kursingizga begona kishilarning kirishiga ruxsat bermaydi.
Bo’sh maydon saytning ixtiyoriy foydalanuvchisi kursingizga yozilishi mumkinligini bildiradi.
Agar siz shu maydonga so’z yoki jumla kiritsangiz, u holda har bir talaba kursga yozilishi uchun shu so’zni maydonga yozishi kerak bo’ladi.
Siz talabalarga kalit so’z haqida e-mail orqali yoki o’zaro suhbatda, masalan, ma’ruzada xabar berishingiz mumkin.
Agar ma’qul bo’lmagan talabalar kodli so’zni topib, kursga yozilgan bo’lsa, qatnashchilar ro’yxatidan foydalanib, ularni kursdan o’chirishingiz mumkin. Keyin kodli so’zni o’zgartiring:
bu kursga yozilgan talabalarga hech qanday ta’siri yo’q.
Mehmon uchun ruxsatli kirish – tavsiya etiladigan qiymat – “Mehmonga ruxsat yo’q”.
Siz kursga mehmon kirishiga ruxsat berishingiz mumkin. Bunday holda Internetning ixtiyoriy foydalanuvchisi identifikasiya sahifasidagi “Mehmon bo’lib kirmoq” tugmasini bosib, kursga kirishi mumkin.
Mehmon har doim “faqat o’qish uchun” ruxsatiga ega, ya’ni u bironta xabar tashlashi yoki talaba ishiga aralashishi mumkin emas.
Mehmon uchun ruxsatli kirish – bu kursni hamkasblaringizga ko’rsatish uchun yaxshi imkoniyat. U yana kursni talabalarning kursga yozilishi uchun kerakliligini tekshirish sifatida ishlatish uchun ham muhim.
Narxi – maydonni bo’sh qoldiring!
Majburiy til – tavsiya etiladigan qiymat – “majbur qilinmaydigan”. Bu holda har talaba o’zi uchun interfeys tilini tanlashi mumkin [8,11].
Kurs qatnashchilari
Kurs o’qituvchisi o’zining kursining talabalari sifatida saytda ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilarni yozishi mumkin.
O’qituvchi faqat qaysi talaba kursga yozilishini bilgan holda, kurs uchun kodli so’zni berib, uning kursiga yozilish imkoniyatiga ega talabalar sonini cheklashi mumkin. Bu Kodli so’z kursida aniqlanadi.
O’qituvchi har doim kursdagi qatnashchilarni ko’rishi mumkin.
|