Mustaqil yechish uchun masalalar:
2.3.1.30% i tuz bo'lgan 16 kg eritma , 50% I tuz bo’gan eritma bilan aralashtirilganda 42% tuz bo’lgan eritma hosil bo’ldi. Bunda ikkinchi eritmadan necha kg olingan?
A)24 B)30 C)22 D)50
2.3.2.15 kg eritmaning 40 foizi tuzdan iborat. Tuzning miqdori 25 foiz bo'lishi uchun eritmaga necha kg chuchuk suv qo'shish kerak.
A) 6 B) 9 C) 8 D) 10
2.3.3.Rux, mis va qalayidan tayyorlangan ikki qoitshma bor. 1-qotishmada 40% qalayi, 2-qotishmada 26% mis bor. Birinchi va ikkinchi qotishma tarkibida ruxning protsent miqdori bir xil. Birinchi qotishma-dan 150 kg va ikkinchi qotishmadan 250 kg olinib, yangi qotishma hosil qilindi. Agar yangi qotishma tarkibida 30% rux bo’lsa. Yangi qotishma tarkibida necha kg qalayi borligini aniqlang.
A) 160 B) 150 C) 250 D) 170
2.3.4.Ikki xil eritmaning birida 800 g tuz, ikkinchisida 600 g tuz bor. Ikkala eritmani quyib, 10 kg li yangi eritma hosil qilindi. Birinchi eritmadagi tuzning protsent miqdori ikkinchi eritmadagi tuzning protsent miqdoridan 10 ga ortiq bo’lsa, aralashmadagi har qaysi eritmaning og’irligini toping.
A)4 va6 B)7va3 C)2va8 D)5va5
2.3.5. 2 l kislota eritmasi bilan 9% konsentratsiyali 3 l kislota eritmasi aralashtirilganda 19% konsentratsiyali eritma hosil bo’lishi uchun, birinchi kislota eritmasi necha foizli konsentratsiyaga ega bo’lishi kerak?
A) 28% B) 14% C) 40% D) 34%
2.3.6. Mahsulotning 1 kilogrammi 640 so‘m turar edi. Narxi tushirilganidan keyin u 570 so‘m bo‘ldi. Mahsulotning narxi necha foiz tushirilgan?
A)10,94% B)11% C)11,6% D)17%
2.3.7.Korxonadagi ayollar hamma ishchilarning 35%ini tash-kil qiladi. Agar korxonada erkaklar ayollardan 252 kishiga ortiq bo‘lsa, korxonada ayollar soni nechta?
A) 294 B)259 C)250 D)270
2.3.8.Guruhdagi talabalarning 12%i matematikadan yozma ishni umuman bajarmagan, 32%i xatolar bilan bajargan, qolgan 14 tala-ba hammasini ishlagan. Guruhda nechta talaba bo‘lgan?
A) 25 B)26 C)27 D)28
2.3.9.Bir idishda 40% li ,ikkinchi idishda 35% li eritma bor. Ularni aralashtirib 37% li 1l eritma olish uchun har bir eritmadan necha litrdan olish kerak?
A) 0,3 va 0,7 B) 0.2 va 0,8 C) 0,4 va 0,6 D) 0,1 va 0,9
2.3.10.Qotishma kumush va oltindan iborat bo’lib , o’zaro 3:5 nisbatda.Agar qotishmada 0.45 kg oltin bo’lsa ,qotishmaning o’g’irligini (kg) toping.
A)0.72 B)0.21 C)1.21 D)0.8
2.3.11.Ikkinchi korxonaning daromadi birinchi korxona daromadining 116%i va uchinchi korxona daromadining 80%ini tashkil etadi. Birinchi korxona daromadining necha foizi uchinchi korxona daromadini tashkil etadi?
A) 105% B) 111% C) 145% D) 150%
2.3.12. Alisher o'rtog'i bilan ishning 20% bajardi. Keyin bir o'zi 4 kun ishlab qolgan ishning 25% ni bajardi. Alisher bu ishning hammasini necha kunda qila oladi?
A) 20 B) 25 C) 30 D) 16
2.3.13.Mahsulot bahosi uch marta o’zgardi . Birinchi marta 20% ga oshirildi , ikkinchi marta 50% ga kamaytirildi , uch marta o’zgartirish natijasida 52 % ga kamaydi. Mahsulot narxi uchinchi marta necha foizga kamaytirilgan?
A) 20 B) 80% C) 40% D) 60%
|