Buxoro davlat universiteti




Download 5.7 Mb.
bet14/18
Sana24.07.2021
Hajmi5.7 Mb.
#16019
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
10 –rasm. Nitrosomonas



11- rasm. Nitrobacter
S.N.Vinogradskiy Nitrosocystis avlodiga zoogliya hosil qila oladigan mikroorganizmlarni kiritdi, zoogleyalar umumiy kapsula bilan o'ralgan bo'lib, kapsulasining ichida diametri 0,5 M ga yaqin bo'ladigan kokklar turadi. Vinogradskiy ma'lumotlariga ko'ra, bu bakteriyalarning koloniyalari butun bir rivojlanishi siklini o'tadi. Hujayralar oldin zoogleyalarga aylanadi, bular keyinchalik bir - biriga yopishib, yirik to'plamlar hosil qiladi. Koloniyalar qarigan (eskirgan) sayin bir muncha pishiq parda ajratadi va go'yo sistaga aylanadi. Biroq A.Imesenetskiyning so'nggi tekshirishlari shuni ko'rsatadiki, tuproq bo'lakchalari atrofidagi gel slikat plastinkalarda ba'zan, haqiqatdan ham sistalari bor nitrifikatsiya qatlamlari yuzaga keladi, lekin sistalarning shakli va tuzilishi mikrobakteriyalarning meva tanalariga to'la muvofiq keladi.

Nitrospira avlodi Vinogradskiy tomonidan Paster instituti parkining ishlanmagan yeri tuprog'idan (Nitrosospira Brie) va yer orasi tuprog'idan (Nitrososp artica) ajratib olingan ikki turni o'z ichiga oladi. Bu turlarning ikkalasi ham to'g'ri spiral shaklida bo'lib, hujayralarning uzunligi har xil (15-20 M keladigan uzun tayoqchadan tortib kokklargacha) bo'ladilar. Nitrosospira asosan ishlanmagan yerlarda ribvojlanadi va u yerda nitrifikatsiya jarayonini amalga oshiradi. Nitrit kislotaning oksidlanib, nitrat kislotaga aylanishiga Vinogradskiy Nitrobacter deb atagan bakteriya hayot faoliyati sabab bo'ladi. Vinogradskiy bu bakteriyani har xil tuproqdan ajratib olgan va har doim ham uni bir xil holda topgan.

Nitratlar - tuproqda bo'ladigan azotni organik moddalarning minerallariga aylanishida hosil bo'lgan oxirgi mahsulotdir. Shuning uchun tamomila tabiiyki, qaysi tuproqda chirindi moddalar zo'r berib oksidlanadigan bo'lsa yoki go'ng bilan birga tuproqqa tushgan yo bo'lmasa, ekin ekilgandan keyin tuproqda qolib ketgan organik qoldiqlar shiddatli ravishda minerallarga aylanadigan bo'lsa, o'sha nitratlarda nitratlar eng ko'p to'planadi . Biroq bu jarayonning oldin ammiak oksidlanib, nitrit kislotaga, so'ngra nitrat kislotaga aylanishi bilan bog'liq bo'lgan oxirgi davri bir qancha sharoitga bog'liq. Minerallarga aylanish jarayonini tezligini shu sharoit belgilab beradi.

Nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar suyuq kultura sharoitida rivojlanganda organik moddalarga juda sezgir bo'lishiga qaramasdan tuproqdagi shu organik moddalar nitrifikatsiya jarayonini tormozlamay, balki kuchaytirish ham mumkin ekanligini eng oldin ko'rsatib o'tish kerak. Buning sababi shuki, birinchidan nitrifikatsiya jarayoni faqat suvda eriydigan organik moddaga bog'liq, bu modda esa tuproqda deyarli hech qachon ko'p miqdorda bo'lmaydi; ikkinchidan, tuproqda nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar bilan bir qatorda organik moddalar iste'mol qiladigan va shu tariqa yer ayrim qismlarini organik moddalarning qiymatiga dozasidan tozalaydigan juda ko'p boshqa bakteriyalar boir; uchinchidan nitrifikatsiyalovchi bakteriyalarning o'sishi va oksidlash aktivligi organik modda ta'sirida bir xilda susaymaydi.

Nitrat hosil qiluvchi bakteriyalar o'smliklarga berilayotgan sun'iy ammiak tuzlari hisobiga vaqtincha yashashi mumkin, chunki surunkasiga pastga ekilib kelinayotgan dalalarga berilayotgan sun'iy ammiakni aktiv parchalashga o'tadi.

Doimiy qo'llanilib kelinayotgan mineral o'g'itlar yordamida paxtani oziqlantirish ba'zi bakteriyalarning aktivligini kuchaytirsa, ayrimlarini susaytirib ish faoliyatini yomonlashtiradi. Nitrifikatsiya jarayonida hosil bo'lgan nitrit va nitrat suvda yaxshi eriganligi tufayli sug'oriladigan yerlarda yuvilib tuproq qatlamlariga shimiladi, atrof - muhitni ifloslab, ekologiyani buzishga olib keladi. Shu bilan birga yer osti suvlari chuqur bo'lmagan maydonlarda nitartli sho'rxokni vujudga keltiradi.

Xorazm, Buxoro, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog'iston muxtor jumxuriyati jamoalaridagi tuproqlarda organik modda zaxiralari yetarli emas. Aeratsiyasi past ahvolda bo'lib, tuproqning nafas olishi nihoyatda yomon, yildan - yilga sho'rlanish darajasi oshib ketmoqda. Bunga sabab mineral o'g'itlarning haddan tashqari ko'p ishlatilishidir.

Intensev kimyolashtirilgan jamoa xo'jaliklari yerlarida mikrobiologik jarayonlar yildan - yilga kamayib ketmoqda. Sug'orilib dehqonchilik qilinayotgan yerlarni jonlantirish kerak bo'ladi. Mikroorganizmlarni topish va ularni istagancha ko'paytirib shu organik moddalarga chanqov bo'lib kelayotgan tuproqlarda qo'lash zarur. Nitrifikatsiyalovchi mikroorganizmlardan tashari tuproqda boshqa turdagi autotroflar ham uychraydi (Vodorod, oksidlovchilar, temir sulfid kislota va oltingugurtni oksidlovchilar va boshqalar).

Zavarzin (1972) o'zining monografiyasida avtotrof mikroorganizmlar haqida ma'lumotlar keltirgan. Ko'pchilik tuproqlarda sodda hayvonlar keng tarqalgan, lekin bu haqda biz to'xtalib o'tmaymiz.
Organik moddalar o'zlashtirilishida birlamchi rolni saprofit ( zimogen) mikroflora bajaradi. O'simlik va hayvon qoldiqlari tuproqqa tushganda ularning asosiy massasini oligotroflar qaytadan ishlaydi, lekin ba'zi bir qismlari (siklik birikmalar) chirindiga aylanadi. Oxirgi bosqichda avtoxton guruhi mikroflorasi yordamida moddalar parchalanadi. bunday moddalarga mjurakkab siklik birikmalarni parchalovchi ayrim saprofitlarni kiritish mumkin. Gumusning parchalanishi natijasida hosil bo'lgan moddalar oligotroflar tomonidan mineral moddalarga aylantiriladi. Tuproqda qator mineral moddalar, organik moddalar (NH3, H2S, H2 va boshqalar) to'planadi va avtotroflar bu moddalarni oksidlash yordamida kerakli inergiyani qabul qilib oladilar.



Download 5.7 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 5.7 Mb.