Kirish Mavzuning dolzarbligi




Download 5.7 Mb.
bet2/18
Sana24.07.2021
Hajmi5.7 Mb.
#16019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Yer yuzasining ma’lum qismi tuproq hisoblanadi. Tuproq turlari har xil bo’lganligi sababli ularda tarqalgan mikroorganizmlarning turlari va ularning miqdori har xil. Tuproq mikroorganizmlar yashaydigan asosiy manba hisoblanadi. Chunki barcha tirik organizmlarning chiqindilari tuproqqa tushadi va ular bakteriyalar tomonidan o’zlashtiriladi

Mikroorganizmlarning tuproqda tarqalishi, uning tarkibidagi organik moddalarning miqdoriga va sifatiga bog’liq. Tuproqda qanchalik organik moddalar ko’p bo’lsa, bakteriyalarning rivojlanishi shunchalik yaxshi bo’ladi.

Tuproqqa tushadigan barcha mikroorganizmlar organik moddalarni parchalab, ularni mineral moddalarga aylantiradi. Mineralizatsiya jarayonida hosil bo’lgan mineral (biogen) elementlar o’simliklar uchun ozuqa hisoblanadi. Tuproqda uchraydigan mikroorganizmning ko’p miqdorda uchrashi, bularning turli –tuman bo’lishiga sabab bo’ladi.

Bahor, yoz va kuz fasllarida bakteriyalar organik moddalarni parchalashda faol qatnashadi. Haroratning yuqori bo’lishi (25 - 35°C) bakteriyalarning rivojlanishi uchun optimal sharoit hisoblanadi. Bakteriyalarning tuproqda tezlik bilan ko’payib chirindi (gumus) hosil bo’lishini tezlashtiradi. Tuproqda chirindining hosil bo’lishi uning unumdorligining oshishiga olib keladi. Tuproq unumdorligining oshishi bilan o’simliklarning hosildorligi ham oshadi.

Bakteriyalar o’simliklar ildizida ko’p miqdorda yashab – rizosferani hosil qiladi, ya’ni ildizdan chiqqan organik moddalar bakteriyalar ta’sirida parchalanib, o’simlik o’zlashtira oladigan formaga (mineral) aylantiriladi. Tuproqda yashovchi ko’p bakteriyalar atmosferadagi molekulyar azotni (o’zlashtirib, uni o’simliklar) birikmalar bilan boyitishda faol ishtirok qiladi.

Yuqorida ko’rsatilganlarni inobatga olib, tuproqda mikroorganizmlarni tarqalishi, ularning biologiyasi, gumus hosil bo’lishidagi ahamiyatini o’rganish bitiruv malakaviy ishining maqsadi qilib olindi.



Download 5.7 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 5.7 Mb.