• II BOB Tuproqda yashovchi bakteriyalarning umumiy tavsifi
  • Mikroorganizmlar va tuproqning yutuvchi kompleksi




    Download 5.7 Mb.
    bet7/18
    Sana24.07.2021
    Hajmi5.7 Mb.
    #16019
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
    Mikroorganizmlar va tuproqning yutuvchi kompleksi

    Tuproqning yutuvchi kompleksi va almashinadigan komplekslarining tarkibi ham tuproqning havo, suv va oziq rejimiga katta ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun yutuvchi kompleksning miqdori tuproq mikrobiologik aktivligini ham ko'p darajada belgilaydigan bo'ladi. Mikroorganizmlar tuproq zarrachalarining yuzasida rivojlangani bilan, ular tanasini tuzish uchun kerakli oziq moddalarni oladigan tuproq eritmasining tarkibi o'sha organizmlarga katta ta'sir ko'rsatadi. Tuproq strukturasi ularning xarakteriga ko'p darajada bog'liq. Tuproqda kalsiy bilan magniy ko'p bo'lsa, unda kolloid komplekslar bilan mustahkamlangan struktura agregatlari osonlik bilan yuzaga keladi. Bordi-yu tuproqda kaliy, natriy va ammiak ko'p bo'lsa, uning mikrostrukturasi juda maydalanib ketadi. undagi organik modda mikroorganizmlar ta'sirida parchalanishiga ancha qulay bo'lib qoladi va ular tomonidan minerallarga oson aylantiradi. Yerga tuproqning yutuvchi kompleksiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan har xil o'g'itlar solinganida, ular tuproqning mikrobiologik aktivligiga qanday ta'sir ko'rsatishini hisobga olish kerak. Masalan mikroorganizmlarga uncha qulay kelmaydigan kalsiy hosil bo'lishi tufayli, almashinadigan kalsiy chirindi moddalarning parchalanishini sekinlashtiradi. Biroq bu kalsiy o'simlik qoldiqlaridagi organik moddaning parchalanishiga boshqacha ta'sir ko'rsatadi. Tuproq organik moddasiga qarshi o'laroq, o'simlik qoldiqlari kalsiy ishtirokida shuning uchun tez parchalanadiki, eritmadagi pH mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun qulay darajada saqlanib turadi.

    Bundan, tuproq strukturasi va yutilgan asoslar tarkibi muhim ahamiyatga ega. Chunki ular mikroorganizmlar joylashgan zonalarda pHning siljishi darajasigina emas, balki tuproq eritmasida ular uchun zararli bo'lgan alyuminiy, marganes va temir ionlarining paydo bo'lishini ham belgilab beradi, degan xulosa kelib chiqadi.

    II BOB Tuproqda yashovchi bakteriyalarning umumiy tavsifi

    Mikroorganizmlar, ayniqsa bakteriyalar tabiatning barcha qismida, shu jumladan tuproqda keng tarqalgan. Ularni yer yuzining har bir burchagidan topish mumkin. Ammonifikatsiyalovchi, nitrifikatsiyalovchi, denitrifikatsiyalovchi, chirituvchi bakteriyalar, bijg'ish jarayonlarida ishtirok qiluvchi bakteriyalar, shuningdek aktinomitsetlar va mog'or zamburug'larining har xil turlari tuproqda keng tarqalgan. S.N.Vinogradskiy yer yuzining juda xilma-xil burchaklaridan olingan tuproq namunalarini tekshirdi va hamma yerda bir - biriga yaqin turadigan nitrid va nitrat xillarini topdi. Bredeman ham moy kislota hosil qiladigan bakteriyalarni tekshirganda xuddi shunday natijasini qo'lga kiritdi ( 2 - jadval).



    Download 5.7 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




    Download 5.7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mikroorganizmlar va tuproqning yutuvchi kompleksi

    Download 5.7 Mb.