Tuproq tipi Tuproq mineral qismining tarkibi




Download 5.7 Mb.
bet5/18
Sana24.07.2021
Hajmi5.7 Mb.
#16019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Tuproq tipi

Tuproq mineral qismining tarkibi

Miqdori

SiO2

AI2O3

Fe2O3

CaO

MgO

K2O

Na2O

P2O5

uglerod

azot

Sankt –Peterburgning kuchli podzollashgan tuprog’i

76,1

13,4

4,3

0,7

1,1

3,0

1,2

0,1

2,2

o,17

Tambovning qalin qora tuprog’i

69,1

15,2

5,6

2,6

2,2

3,3

1,3

0,39

4,6

0,50

Zakvadan olingan qizil tuproq

39,1

29,0

19,2

0,3

2,3

0,2

0,3

0,08

4,4

-

Shu ma’lumotlarga asoslanib, mikroorganizmlar bilan o’simliklarning rivojlanishi uchun zarur elementlarning hammasi har qalay, tuproqda bo’ladi, deb hisoblash mumkin. Mikroorganizmlar bilan o’simliklar asosan suvda eriydigan birikmalardan foydalanganligidan, kerakli elementlardan tuproq eritmasidagi miqdori va organizmlar tomonidan sarf etilgan, ularning o’rni nechog’li tez to’lib turishi bilan tanlash kerak.

Ma’lumki, tuproq eritmasi ikki holatda: 1. Tuproqdan oson ajraladigan erkin eritma va 2. Tuproqda mahkam saqlanib turadigan birikkan eritma holatida bo’ladi. Elektrolitlar konsentratsiyasi o’zgarganda, bu shakllarning ikkalasi ham biri ikkinchisiga aylanishi mumkin bo’lsada, tuproq kolloidlariga birikkan absolyut (mutlaq) suv miqdori tuproqning maksimal gigroskopligidan 2 – 3 baravar ortiq bo’lishi mumkin.

Tuproq eritmasining ikkala qismidagi tuzlar, shuningdek anionlar bilan kationlar konsentratsiyasi ham mutlaqo bir xil emas. Tuproq bilan mahkam bog’langan eritmada xlor (CI2-) va nitrat (NO3-) singari anionlar manfiy adsorblanadi. Shuning uchun tuproq eritmasining erkin qismida ularning konsentratsiyasi odatda birikkan qismidagiga nisbatan yuqori bo’ladi. Kationlar qatoriga kelganda, teskari hodisa kuzatiladi, ular mahkam birikkan eritmada ko’p bo’ladi. Anionlar bilan kationlarning shu xususiyatlari tuproqdagi oziq moddalar o’zgarishini murakkablashtiradi va ular zahirasini aniqlashni qiyin va uddalab bo’lmaydigan qilib qo’yadi, holbuki, mikroorganizmlar bilan o’simliklar o’sishi tezligi shu o’zgarishga bog’liq. Tuproq eritmasi tarkibida organik moddalar ham mineral moddalar ham bo’ladi. Bular o’rtasidagi nisbat juda beqaror bo’lib, tuproq tipiga hamda tuproq namunasi anioniga va olingan vaqtga bog’liq.

Tuproqdan organik moddalarning suvda eriydigan qismi chirindi moddalarning eruvchan shakllaridangina iborat bo’lmay, balki bir qancha boshqa birikmalardan ham iborat, bu birikmalar mikroorganizmlar hayot faoliyatining oraliq mahsulotlar bo’lishi ham, o’simlik qoldiqlarining eruvchan birikmalari bo’lishi ham mumkin.

Bu birikmalarning hammasi mikroorganizmlar tomonidan oson iste’mol qilinadi va miqdor hamda sifat jihatidan ancha tez o’zgaradi.

Tuproqda erigan holatda bo’ladigan organik moddalar bilan bir qatorda kolloid eritmalar (masalan, chirindi kislotalar) hosil qiladigan moddalar har doim uchraydi. Ularning tuproqdagi konsentratsiyasi va rejimiga bog’liq.

Tuproqdagi organik moddalar nihoyatda katta ahamiyatga ega. Ular bo’lmaganda edi, tog’ jinslari va ularning nurashidan hosil bo’ladigan mahsulotlar unum bera oladigan tuproqqa aylanmagan bo’lar edi. Organik moddalar to’planishi tufayligina biologik jihatdan qimmatli bo’lgan elementlar tuproqda saqlanib qoladi va tuproq bir qadar nam singdiruvchan bo’ladi. Shu xususiyati uning agronomik xossalarini ta’riflab beradi. Ona jinsning ustki qatlamida dastlab organik modda to’planishi, avtotrof mikroorganizmlarning rivojlanishi hisobiga boradi. So’ngra bu jarayonga yashil o’simliklar ham qo’shiladi, ular nobud bo’lgandan keyin, tanasi geterotrof mikroorganizmlar ta’siriga uchragan va qisman minerallarga aylanib organik modda parchalanishining oxirgi mahsulotlari ( CO2 bilan H2O) ni hosil qiladi, qisman esa qaytadan ishlanib, mikrob hujayralarining yangi murakkab moddalariga aylanadi. Organik moddaning chala oksidlanishidan hosil bo’lgan ba’zi mahsulotlar , shuningdek mikroorganizmlar ajratib chiqaradigan lizisga uchraganda paydo bo’ladigan moddalar tuproq mineral kompleksi bilan doim o’zaro ta’sir qiladi va pirovard chirindini vujudga keltiradi, bu chirindi hozir yer yuzida uchraydigan har xil tuproqlarning yuzaga kelishi uchun shart – sharoit tug’diradi. O’sha tuproq xillari faqat mineral qismining tarkibi bilangina emas, balki mikroorganizmlar uglerod va azot manbai o’rnida foydalaniladigan organik moddasining sifati va miqdori bilan ham bir-biridan farq qiladi. Mikroorganizmlar uchun yanada qulay bo’lgan uglerod va azot manbalari – tuproqqa har yili ko’plab tushib turadigan yangi o’simlik qoldiqlaridir. Bu qoldiqlar tarkibida tegishli mikroorganizmlar oson o’zlashtira oladigan gemisellyulozalar, sellyulozalar oqsil moddalar va boshqa organik birikmalar bo’ladi. Shuning uchun yangi o’simlik qoldiqlariga boyitilgan tuproqlarda mikroorganizmlarning ko’plab rivojlanishi kuzatiladi.

Yuqorida bayon etilganlardan tuproq qattiq va suyuq fazasining kimyoviy tarkibi unda mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun juda qulay, degan ma’no kelib chiqadi. Biroq mikroorganizmlarnig ko’p guruhlari (bakteriyalar, sodda hayvonlar) tuproq eritmasining reaksiyasi qulay (neytralga yaqin) bo’lgan sharoitdagina rivojlana oladi. Mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun tuproq eritmasi reaksiyasidan tashqari, shu eritmaning osmotik aktivligi ham muhim ahamiyatga ega. Bu aktivlik mikroorganizmlar hujayra shirasining osmotik bosimidan yuqori bo’lsa, hujayralar plazmolizga uchrab, nobud bo’ladi. Ko’pchilik mikroorganizmlar hujayralaridagi osmotik bosim 3-6 atm dan oshmaydi. (E.N.Mishustin) va ba’zilaridagina 16 atm ga yetadi. (qurg’oqchilik bo’ladigan joylar tuprog’ida yashaydigan bakteriyalarda). A.Trofimov ko’rsatib berganidek, podzolli tuproq eritmasining osmotik 0,4-1,4 atm. ga to’g’ri keladi va shunga ko’ra, bunday tuproq mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun juda qulay, deb hisoblash mumkin. Qora tuproqli yerlarda esa bu bosim 2,5 atm ga to’g’ri kelgani bilan baribir normadan chetga chiqmaydi. Sho’rxok yerlardagina osmotik bosim yuqori (12,4 atm.) odatdagi bakteriyalar uchun noqulay bo’ladi, biroq bunday tuproqli yerlarda odatda hujayralarining osmotik bosimi juda yuqori bo’ladigan mikroorganizmlar rvojlanadi.

Shunday qilib, tuproq eritmasining osmotik aktivligi tuproq mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun ancha qulaydir. Tuproqda qattiq va fazalar bilan biz qatorda gazsimon faza ham borligi hisobga olinadigan bo’lsa, tuproq muhitining mikroorganizmlar uchun ahamiyati yanada ortadi.

Tuproqning gazsimon fazasi yoki tuproq havosining tarkibida, karbonad angidrid (CO2) azot (N2) va kislorod (O2) bo’ladi. Shulardan kislorod nihoyatda muhim, chunki kislorod bo’lmasa aerob mikroorganizmlar rivojlana olmaydi. Tuproqning tabiati, iqlim sharoiti va yil fasliga qarab, tuproq havosining tarkibi ancha o’zgarib turadi. Biroq kislorodning o’rtacha miqdori tuproq havosi hajmining 7 – 8 % ga yaqin bo’ladi va tuproq bilan atmosfera o’rtasida gazlar zo’r berib almashinib turmasa, u goho ba’zi aerob mikroorganizmlarning rivojlanishini susaytirib qo’yuvchi faktor bo’lib qolishi mumkin, chunki tuproqda kislorodni birgina mikroorganizmlar emas balki o’simlik ildizlari ham iste’mol qiladi.

Yuqoridagi uch xil gazdan tashqari tuproqda unda ko’pincha bir oz miqdorda vodorod , metan hamda azot oksidlari va boshqa birikmalar ham bo’ladi, biroq bular odatda mikroorganizmlar hayot faoliyati mahsuloti bo’lib, kam miqdorda uchraydi va cheklovchi faktor o’rnini bosa olmaydi.






    1. Download 5.7 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 5.7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tuproq tipi Tuproq mineral qismining tarkibi

Download 5.7 Mb.