Mikroorganizmlar va tuproqning mexanik tarkibi




Download 5.7 Mb.
bet6/18
Sana24.07.2021
Hajmi5.7 Mb.
#16019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Mikroorganizmlar va tuproqning mexanik tarkibi

Tuproqning mexanik tarkibi unda har xil mikroorganizmlarning tarqalishiga va ularning fiziologik aktivligiga katta ta’sir ko’rsatadi. N.N.Xudyakov va hamkorlarining ishlari bilan ham shu narsa aniqlangan ediki, bakteriyalarning bir qismi tuproqda “adsorbilangan” holatda bo’ladi va ularning atsobilanishi darajasi tuproqning mexanik tarkibiga bog’liq. Buni E. Dianova va Varishilovaning tekshirishlaridan ham bilish mumkin. Ular tuproqni tekshirar ekan, tuproqqa bakteriyalar solinganda ham, ba’zan mikroskopning ko’rish maydonida ularni topib bo’lmasligini aniqladilar. Bunda atsorbsiyani miqdor jihatdan aniqlash uchun probirkadagi 5 gramm tuproqqa tekshirilayotgan bakteriyaning sho’rvali kulturasidan 1 ml va 9 ml stirallangan suv qo’shiladi. Stirillangamn suv solingan, lekin tuproq solinmagan ikkinchi probirka bilan ham xuddi shunday ish qilindi. Ular yaxhsilab aralashtirilib, 10 minut tindirilib qo’yilgandan keyin, ikkala probirkadan olib Petri kosachasidagi go’sht - peptonli agarga ekiladi. Bir qancha vaqtdan keyin koloniyalar sanab chiqiladi yoki vinogradskiy usuli bilan miqdor analizi qilish uchun probirkalardagi aralashmadan to’g’ridan – to’g’ri preparatlar tayyorlanadi. Olingan natijalar bakteriyalarning xilma – xil turlari har xil energiya bilan yutilishini ko’rsatib berdi. Vak. Mukoides ayniqsa katta yutilish orasiga ega bo’lib chiqdi. Bakteriyalar harakatchanligining ular yutilish darajasiga ta’siri keyingi tekshirishlardan ma’lum bo’ldi. Tajribalardan foydalanilgan bakteriyalar harakatchan bo’lsa, ular shuncha kam yutilgan.

Tuproq zarrachalarining yirik – maydaligi tuproqda mikroorganizmlarning tarqalishiga katta ta’sir ko’rsatishini yangi tekshirishlar ham ko’rsatadi. Zarracha atrofidagi metrosferaning fizik – kimyoviy xususiyatlari tuproq zarrachalarining yirik – maydaligiga bog’liq, ular esa, o’z navbatida, mikroorganizmlarning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Agar mayda ko’zli elakdan o’tkazilgan tuproq agarli muhitga ekilsa (D. Novogrudskiy) va termostatda bir oz saqlangandan keyin kosachalarni mikroskop ostida qaralsa, diametri 10 m dan ham kichik bo’lgan eng mayda zarrachalarga mikroorganizmlar deyarli mutlaqo o’rnashmaganligini aniqlash mumkin. Bunday zarrachalar bir necha kungacha agarli muhit yuzasida stiril bo’lib qolaveradi. Ancha yirik (10 -200 m ) zarrachalar esa birinchi 24 soat ichidayoq mikroorganizmlarning yaqin rivojlanishiga imkon beradi.

Mayda tuproq agarli muhitda solingandagina emas, balki tegishli tuproq fraksiyalariga o'stirish shishalari qo'shilganda ham shu qonuniyat ro'y-rost aniqlanadi. Mayda zarrachali tuproq fraksiyasiga qo'shilgan shishalarda bitta - yarimta bakteriya hujayralarini ko'rish mumkin xolos, lekin ular hamma ko'rish maydonlarida topilavermaydi. Yirik zarrachali tuproqda saqlanayotgan o'sish shishalarida esa juda ko'p juda ko'p bakteriyalar to'planganligi kuzatiladi. Yirik-maydaligi har xil bo'lgan tuproq zarrachalarida zamburug'lar bilan aktinomitsitlar tarqalganda ham shunga o'xshash natija kelib chiqadi.

Mayda tuproqning har xil fraksiyalari kimyoviy tarkibi va fizik - kimyoviy xossalari bilan bir-biridan farq qiladi. Tuproq zarrachalari nechog'li maydalashib ketsa, tuproq massasini kesib o'tadigan havo bo'shliqlari shuncha kamayadi va tuproq havosi bilan zarrachalar sirti o'rtasidagi nisbat shuncha noqulay bo'lib chiqadi. Bundan tashqari, yirik - maydaligi har xil bo'lgan zarrachalar yuzasini qoplab turadigan pardalarning xossalari ham turlicha bo'ladi.

Kimyoviy va fizik - kimyoviy tabiatga ega bo'lgan shu xususiyatlar aftidan, tuproq zarrachalarida mikroorganizmlar miqdorining har xil bo'lishini belgilaydi va mazkur tuproqning ekologik xususiyatlarini ifodalaydi. Mikroorganizmlar muhim ekologik sharoitga kamroq talabchan ba'zi xillari har xil tipdagi tuproqda ancha ko'p uchrasa, yashash sharoitiga juda talabchan bo'lgan boshqa xillari ma'lum ekologik sharoitdagina tarqaladi. Masalan, azotobakter qora tuproqli quruq yerlarning bir qanchasida rivojlana olsa ham, ularning ba'zilaridagina uchraydi xolos.





Download 5.7 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 5.7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mikroorganizmlar va tuproqning mexanik tarkibi

Download 5.7 Mb.