-rasm Pirolaks tarkibi bilan shimdirilgan yog’ochni yong’inga turg’unligi




Download 1.51 Mb.
bet14/30
Sana25.07.2021
Hajmi1.51 Mb.
#16072
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
4-rasm Pirolaks tarkibi bilan shimdirilgan yog’ochni yong’inga turg’unligi
Solishtirma yog’och namunasi.

  1. Pirolak klimatik sinovlar o’tkazilmagan namuna.

  2. Pirolak kliimatik sinovlar o’tkazilgan namuna.

  3. Pirolaks + GKJ-94 (1-tarkib) klimatik sinovlardan so’ng.

  4. Pirolaks + GKJ-94 (2-tartib) klimatik sinovlardan so’ng.

  5. Pirolaks + akril laki klimatik sinovlardan so’ng.

  6. Pirolaks + fasad laki klimatik sinolardan so’ng.

  7. Pirolaks + urston-alkid laki klimatik sinovlardan so’ng.

4. Tajriba orqali shuni aniqlandiki firma nort tomonidan chiqarilgan fasad laki va 2-tarkibga ega bo’lgan gidrofobizarlar yog’ochni yomon himoyalagan.

5. Avtoklav uskunalar yo’qligi tufayli oxirgi paytda yong’indan himoyalovchi shimdiruvchilarni yog’och sirtiga surtash yo’li bilan bajariladi. Bunday maqsad uchun Pirolaks tarkibini ishlatiladi. Lekin sinov natijalari shuni ko’rsatadiki, 5 sikl klimatik sinovlardan so’ng bu tarkib bilan shimdirilgan yog’och namunalari yonish vaqtida yoqotgan massasi 25%dan oshiqligini ko’rsatdi. Yog’ochni yong’indan himoyalovchi xususiyatlarini saqlash uchun va shu bilan birgalikda ishlatish muddatini uzaytirish uchun Gidrofobizar tarkibi bilan erishish mumkin[23].

1. Bir xil yong’indan saqlovchi yutuqlarga erishish uchun, kislotali tarkiblar tuzlik tarkibga qaraganda 1,5-2 marta kam sarflanadi. Natijada konstruksiyalarni qayta ishlovi ancha kamayadi.

2. Kislotali tarkiblar yog’ochni kimyoviy modifikatsiyalaydi. Buning hisobiga yog’och qiyin yuviladi va yong’in himoya muddati 3 va undan ko’p marta uzayadi. Tuzlik va ishqoriy tarkibga nisbatan.

3. Kislotali tarkiblar yog’chni mustahkamlaydi, tuzlik ishqoriy tarkiblar esa yog’ochni gaz almashinuvini kamaytirish hisobiga yog’ochni sirtini yemira boshlaydi va strapil konstruksiyalar uchun ishlatiladi, chunki bunday konstruksiyalar tashqi ko’rinishiga katta talab qo’yilmaydi.

4. Tuzlik tarkiblarga nisbatan yog’ochni struturasini ichki qismigacha kiradi.

5. Kislotali tajribalar yog’och sirtida sho’rlanish hosil qilmaydi.

6. Kislotali tarkiblar yog’ochga tovlanib dekerativ ko’rinish beradi. Kislotali tarkib bilan ishlangan tashqi muhit ta’sirida uzoq vaqt qoraymaydi.

7. Kislotali tarkiblar tuzlik tarkiblarga nisbatan ko’proq antiseptic xususiyatga ega.

8. Kislotali tarkib bilan ishlangan yog’och sirti to’liq qurigandan so’ng boyoq, lak emallar bilan bo’yalishi mumkin.

9. Kislotali himoyalovchilarda tarkibiga atrof muhitni va inson uchun zarar keltiradigan moddalar yo’q [23].

Yog’ochdan yasalgan qurilmalar eng ekologik hisoblanadi. Pardoz va konstruksiyalar uchun ishlatilgan yog’ochlar tabiiy go’zalligi bilan insonni tabiat bilan bog’lab eng yoqimli materiallardan hisoblanadi va dala hovli ko’rinishida eng istiqbillik deb hisoblanadi.

Lekin yog’ochni ikkita doimiy dushmani bor bu yong’in va biologik ta’sir. Yog’ochni muddatini kamaytiradigan faktorlarga yog’ochni yonuvchanligi va uni yog’och qoziqorinlar tomonidan qulatilishi kiradi. Lekin yog’ochni bu kamchiligi undan qurilishda ishlatilishiga to’siq bo’la olmaydi, chunki effektiv himoya bu bino ichida yaxshi vintilyatsiya hosil qilish yog’och sirtida qo’ziqorinlar paydo bo’lishida to’siq bo’ladi. Yog’och ko’taruvchi konstruksiyalarni yog’onligi kattalashtirish yong’inga chidamlilikni bir necha bor ko’taradi. Lekin ko’p holatlarda yog’och konstruksiyalarni keng qo’llanilishiga va konstriksiyalarni muddatini oshirish yog’och sirtini effektiv kimyoviy ishlov berish hisobiga erishiladi.

Yog’och konstruksiyalarni yong’indan himoyalash muammolari bir-biriga zid bo’lgani uchun yong’indan saqlash normalari bunday konstruksiyalarni ayrim binolarda qo’llanilishini chegaralab qo’ygan.

ГОСТ 20022. 2-80ga asosan barcha yong’inda saqlovchi vositalarni ikki turga bo’linadi antipiren va antiseptiklarga. Shu bilan birgalikda yong’indan saqlovchi vositalar suvda eriydigan yengil organic erituvchilarda eriydiganlarga N, moylar va og’ir neft mahsulotlarda eriydiganlar M, yong’indan saqlovchi vositalar yuvilib ketishi bo’yicha oson yuvilib ketadigan AB, yuviladigan B, qiyin yuviladiganlar T.B va yuvilib ketmaydiganlarga bo’linadi.

Yog’ochni himoyalovchi vositalar ularni qo’llash sohalari va yo’nalishiga qarab quyidagilarga bo’linadi [24].

Laklar – yog’och sirtida yupqa shaffof plyonka hosil qiladilar, yog’ochni tashqi ko’rinishi chiroyli qilib turib yong’inni yog’och sirtida tarqalishiga yo’l qo’ymaydi.

Bo’yoqlar – yog’och sirtida yupqa shaffof emas turli ranglardagi plyonka qoplaydi va yong’inni yog’och sirtida tarqalishiga yo’l qo’ymasdan birgalikda yog’ochni namlikdan saqlaydi. Bo’yoqlar pigmentlar (rang beruvchi moddalar) to’ldiruvchi va bog’lovchilar aralashmasidan iborat.

Pastalar, surkovlar – yog’och sirtida qalin qatlam hosil qilib, yog’ochga dekerativ tashki ko’rinish bera olmaydi.

Shimdiruvchi tarkiblar – tuzlik antipiren suvli eritmasidan iborat. Shimdiruvchilar yog’och ustiga surtiladi yoki turli usullar va bosim ta’sirida ichiga shimdiriladi. Yog’ochni yonish xavfini kamaytiradi[25].

Yog’och yong’ini ochiq manbaasidan, qattiq qizib turgan jismlardan yoki issiq gazlarda paydo bo’lishi mumkin. Harorat 1250C gacha ko’tarilganda yog’och tarkibidagi nam tez bug’lanib ketadi va yog’och tarkibida uchuvchan, yonuvchan moddalar ajrala boshlaydi. Harorat 2100C dan yuqorida yong’in manbaasi ta’sirida yonuvchan uchuvchan moddalar yona boshlaydi shu jarayon hisobiga, yonish ekzatermik bosqichga o’tib issiqlik ajrata boshlaydi. 2600C haroratda uchuvchan-yonuvchan yog’och pirolizi mahsulotlari haroratni ko’tarib uzoq muddat davomida alanga hosil qilib yonadi. 4500C va undan yuqori haroratda yog’ochni alangalanib yonishi ko’mir cho’g’i yonishiga o’tadi va haroratni 9000 gacha ko’taradi.

Yong’in sharoitida yong’indan himoyalanmagan konstruksiyalar yong’in tarqalishiga ko’maklashadi, shu tufayli yog’och himoyalangan konstruksiyalarga yong’inga turg’unligidan tashqari yong’inni tarqalishiga yo’l qo’ymasligi talab etiladi.

Yog’ochdan tayyorlangan asosiy konstruksiyalar yong’inda qo’llashini asosiy sababidan biri bu yog’och konstruksiyalarni yong’in ta’sirida ko’mirlanishidir. Yong’in davrida yog’ochni ko’mirlanish tezligi yong’in davomida nisbatan doimiy bo’ladi. Yog’ochni ichki ko’mirlanishi yong’in muddatiga to’g’ri proporsionladir. Bu xulosa yog’och konstruksiyalarni yong’inga chidamliligini aniqlash uchun ishlatiladi. Yog’och konstruksiyalarni yong’inga chidamliligi quyidagilar hisobiga ko’tarilishi mumkin: yong’indan saqlovchi obitsovkalar, shtukaturkalar, sirtki va ichki antipirenlar shimdirilishi, fosfat va kovizakli yong’indan himoyalovchi qoplamalar, yong’indan saqlovchi bo’yoqlar, laklar bilan ishlov berish, konstruksiyalarni yuzasi kesimini ko’paytirish qurulish sharoitida yog’och konstruksiyalarni yong’indan himoyalash eng istiqbolli usullardan biri bu yog’ochga himoyalovchi qoplamalar bilan ishlov berishdir.

Yong’in vaqtida qoplamalardan yog’ochga issiqlik o’tishi bu qoplamalrni issiqlik o’tkazish qobiliyatiga va yong’in davrida qoplamalar tarkibida moddalarning parchalanganda hosil bo’lgan moddalarning issiqlik o’tkazish qobiliyatiga bog’liqdir. Shu tufayli yong’indan himoyalovchi qoplamalar effektivligi bu qoplamalarni yog’onligidir. Lekin qoplamalarni haddan tashqari yog’on bo’lishi yog’och konstruksiyalarni eksplutatsiyasida qiyinchilik tug’diradi. Undan tashqari yog’ochni yog’on qoplamalar yog’ochni tashqi ko’rinishi dekarativ xususiyatlarni kamaytiradi. Yog’ochni tashqi va ichkari antipirenlar bilan shimdirilishi asosiy maqsadi shundan iboratki antipirenlar ma’lum konsentratsiyasi yog’ochni piroliz klimatikasiga ta’sir etadi va buni natijasida uchuvchan-yonuvchan moddalarni hosil bo’lishini oldini oladi va yong’in manbaasiz yonuvchan gazli muhitini inkubatorlaydi[26]. Yong’indan himoyalovchilarni muddatini uzaytirish ehtimoli shundan iboratki, yog’och strukturasiga kiritilgan yong’inni pasaytiradigan antipirenlar yog’och tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan reyaksiyaga kirishadi. Ularning qanday sharoitlarda ishlatilishiga qarab atmosferaga chidamlilik va atmosferaga chidamsizga (binoni ichki qismida ishlatiladi xona namligi 70% oshiq bo’lmasligi kerak) bo’linadi [12].

Yog’och konstruksiyalarni yong’indan himoyalovchi materiall va moddalar ГОСТ 16363 binoan quyidagi guruhlarga bo’linadi.

I guruh qiyin yonadigan va yog’och hosil qiladigan vositalar.

II guruh qiyin alangalanadigan yog’och hosil qiluvchi vositalar.

III guruh yog’ochni himoyasini ta’minlab bera olmaydigan vositalar.

ГОСТ-30219 binoan yong’indan saqlovchi vositalar ularning effektivligi va qo’llash usuliga qarab ikki turda yong’indan himoyalangan yog’och hosil qilish mumkin.

I guruh qiyin yonadigan materiallarga kiruvchi yog’ochlar.

II guruh qiyin alangalanadigan materiallarga kiradigan yog’ochlar. Shu bilan I guruhga kiruvchi uch xil turga bo’linadi.

I A – yong’in tarqalishi vaqtida uzoq muddat mustaqil yonaolmaydigan qiyin yonuvchan yog’ochlar.

I B – Yong’in tarqalishi vaqtida mustaqil yon aolmaydigan qiyin yonuvchan materiallar.

I V – Yong’in boshlanishida mustaqil yonaolmaydigan qiyin yonuvchan materialllar.

Yuvilib ketmaydigan yong’indan himoyalovchi vositalar qiyin yonuvchan yog’ochni binoni tashqi qismida qo’llanilishiga imkoniyat beradi. Bino inshootlar va qurulish konstruksiyalar uchun (I – VII sinf yog’ochni ishlash sharoiti ГОСТ 20022-2).

Namligi 90% gacha bo’lgan binolar uchun undan tashqari, bino-inshoot va qurilish konstruksiyalarni tashqi atmosfera yong’inlar tegmaydigan qismlar uchun (I-VII sinf ishlash sharoiti) qiyin yuviladigan yong’indan himoyalovchi vositalar bilan ishlov berilgan yog’ochlar ishlatilishi ruxsat etiladi. Yuviladigan va oson yuviladigan yong’indan himoyalangan yog’ochlar (I – V va I – III sinf ishlash sharoiti) binoni ichki qismida qo’llanadi. Yong’indan himoyalangan yog’och metallni korroziyaga uchratmasligi kerak. 100% nisbiy namlik sharoitida, 1 oy muddat ichida namlikni 30% dan oshmagan holat uchun yong’indan himoyalangan yog’ochni ishlatilishda bu yog’ochni ishlatiladigan bino yo’nalishiga qarab yonganda hosil bo’ladigan zaharli moddalar hosil bo’lishini hisobga olish kerak.

Agar yong’in himoyalovchilarning tarkibiga yong’inga qarshi himoya sertifikatiga asosan tuzilgan bo’lsa, yog’ochni antiseptik tarkibi bo’lishi shart emas. Yong’indan himoyalovchi vositalar kabi antiseptik preparatlar ГОСТ 20022-2-80 ko’ra bo’linadi.

Antiseptiklar – yog’ochni konservantlari bo’lib turli yog’lar (toshko’mir, slomeslar) asosida – tayyorlanib, yog’ochdan qiyin yuviladi lekin yog’ochni tashqi ko’rinishiga salbiy ta’sir etadi[27].

Organik tarkibga ega bo’lgan antiseptiklar xam yog’ochdan qiyin yuviladi, lekin yog’ochni estetik ko’rinishiga ta’sir etmaydi. Lekin antiseptiklar ichida ular eng qimmatidir va ular yog’ochga ishlov berilganda yog’och konstruksiyalarni yong’in xavfi keskin oshadi.

Eng arzon va ishlov berish texnologiklarga tuzlik antiseptiklar kiradi. Lekin shu bilan birgalikda ular yog’ochdan tez yuvilib ketadi.





Download 1.51 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Download 1.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm Pirolaks tarkibi bilan shimdirilgan yog’ochni yong’inga turg’unligi

Download 1.51 Mb.