• Ishning ma q sadi.
  • Ilmiy ishning yangiligi.
  • Ilmiy ishning amaliy axamiyati
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 1.51 Mb.
    bet8/30
    Sana25.07.2021
    Hajmi1.51 Mb.
    #16072
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
    Mavzuning dolzarbligi: Antipirenlarni rivojlanishi uchun yillar o’tadi. Ilm fan rivojlanadi. Juda ko’p tajribalar o’tkazilardi. Yonish jarayoni ximiyaviy va fizikaviy jihatdan o’rganildi. Va hozirgi kunda sanoat ko’p zamonaviy aralashmalar ya’ni antipirenlar ishlab chiqarmoqda. Bu antipirenlar turli materiallarni shu jumladan yog’ochni ham yonishiga yo’l qo’ymaydi, lekin yonish xavfi tug’ilganda olovni tarqab ketishiga yo’l qo’ymaydi. Barcha olovdan himoya qiluvchi vositalar jumladan tuzsiz antipirenlar o’z tarkibiga fosforlik va organik moddalar birikmalarini qo’shadi. Mana hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan qurilish va qayta tiklash ishlarida ushbu pereparatlarni ishlatilishi ortib borishi bizga ayon shuning uchun bu masalada katta ishlar amalga oshirilmoqda. Qolaversa harbiy va maxsus sohalarda olovbardosh, suvga chidamli matolarni roli kundan kunga ortib bormoqda bu esa o’z navbatida bunday matolarga talabni ortishiga olib keladi.

    Bundan tashqari yong’in holatlarida jabrlanishni kamaytirish maqsadida yog’ochlarga va yog’och konstruksiyalarga ishlov berish eng asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Shunday ekan bugungi kunning talabi sifatida qaralayotgan ehtiyot choralarini amaliyotda qo’llashimiz darkor.



    Ishning maqsadi. To’qimachilik sanoatida suvli, kislotali va o’tga chidamli bo’lgan kompozistiyalarni yaratish va uni qo’llash.

    Shu sababdan tadkikotlar kuyidagi yunalishda olib borildi:

    -Matoni antipirenlar yordamida maxsus xossalar berishga tayyorlash.

    -Kraxmal tarkibli eritma yordamida matoga suv o’tkazmaydigan, chirimaydigan, yonmaydigan xossalar berish.

    -Na-KMS asosida tayyorlangan matoga yonmaydigan, suv o’tkazmaydigan, chirimaydigan xossalar berishga tayyorlash.

    Ilmiy ishning yangiligi. Ma’lumki, to’qimachilik sanoatida yong’in va portlash xavfsizligi bo’yicha bir necha ko’rsatgichda ta’riflanadi. Materiallarni va konstrukstiyalarni olovdan himoyalashda qurilishda ishlatilayotgan material va konstrukstiya elementlari yong’indan himoya qilish xususiyatiga ega bo’lgan tarkiblar, bo’yoqlar va materiallar bilan olib boriladi. Shunga asosan ilk bora kraxmal va karboksimetilstellyuloza asosida turli tarkibli tuzli-kislotali kompozistiyalar yaratilib ularning xossalari o’rganiladi va to’qimachilik sanoatida suv o’tkazmaydigan, chirimaydigan, yonmaydigan xossalar beriladi.

    Ilmiy ishning amaliy axamiyati Kraxmal va karboksimetil-stellyuloza asosida tayyorlangan kompozistiyalarni to’qimachilik sanoatida antipiren sifatida qo’llash.

    Ilmiy ishni bajarishda turli fizik-kimyoviy usullardan (IK-, UB- spektroskopiya, mikroskopiya, gravimetriya, viskozimetriya, va b.) foydalaniladi.

    Olingan natijalarga asoslanib, kompozistiya tarkibidagi moddalarning o’zaro ta’siri, uning turli haroratlardagi chidamliligi o’rganiladi. Bu soxadagi ilmiy-tadkikot ishlarini davom ettirish va yangi kompozistiyalar yaratish, hamda ularni xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida tadbiq etish Respublikamiz uchun katta iqtisodiy samara beradi.



    Download 1.51 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




    Download 1.51 Mb.