Buxoro davlat universiteti




Download 1.51 Mb.
bet9/30
Sana25.07.2021
Hajmi1.51 Mb.
#16072
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
I. Adabiyotlar TAHLILI

I.1 Antipirenlar haqida umumiy ma’lumot. Sanoat binolarini, inshootlarni va konstruksiyalarni olovdan himoyalash

Materiallarni va konstruksiyalarni olovdan himoyalashda qurilishda ishlatilayotgan material va konstruksiya elementlari yong’indan himoya qilish xususiyatiga ega bo’lgan tarkiblar, bo’yoqlar va materiallar bilan olib boriladi.

Yong’indan saqlanish bu zarur choralardan biridir, chunki dunyo bo’yicha hozirgi paytda 7-8 mln yong’in sodir bo’ladi, bu yong’inlarda 70-80 ming inson halok bo’lyapti. 500-800 ming odam turli xil jarohatlar olib uy-joysiz qolishyapti. Rossiyada bir yilda 300 ming yong’in sodir bolmoqda [1-5].

Qurilish materiallar va inshootlarni yong’indan saqlash xavfidan saqlash uchun turli xil usullar va maxsus himoyalar mavjud. Yong’indan saqlashda professional o’t o’chiruvchilar aktiv va passiv yong’indan saqlash vositalaridan foydalanishadi. Aktiv vositalardan yong’in vaqtida qo’llaniladi. Ularga eng oxirgi zamon yong’in o’chiruvchi sistemalar va yong’inni xabar beruvchi vositalar kiradi.

Ikkinchi guruhga passiv deb nomlangan yong’indan saqlash vositalari kiradi. Ular yong’in oldini olish profilaktikasida ishlatiladi. Passiv vositalar ikki turga bo’linadi.


  1. Konstruktiv

  2. Kimyoviy

Yong’indan saqlash konstruktiv vositalari binoni proyektiga kiritiladi. Bulaga binoni qurilish konstruksyalar pardozi, issiq ozilatsiya materiallari, issiqlik qaytaruvchi ekromlardan foydalanish, binoni eng keng kesimini ko’paytirish, torkret usulida binoni shtukaturasini bajarish kiradi.

Yong’indan saqlovchi kimyoviy vositalarga laklar, emal, boyoqlar, turli xil qoplama surkov, shimdiruvchilar kiradi. Bu vositalar bilan tayyor binolar himoyalanadi. Yong’indan saqlovchi vositalar binoni qanday maqsadda foydalanishiga qarab tanlanadi.



  1. Yong’indan saqlovchi laklar himoyalovchi sirtini yupqa shaffof plyonka bilan qoplanadi. Bu plyonka dekarativ xossalariga ega bo’lib bino sirtini yong’indan saqlaydi.

  2. Yong’indan saqlovchi emal va bo’yoqlar himoya qiluvchi sirtini yupqa shaffofsiz plyonka bilan qoplab, yong’inni sirtda tarqalishiga yo’l qo’ymaydi.

  3. Yong’indan saqlovchi surkovlar va qoplamalar dekarativ xususiyatlarga ega bo’lmaydi va pastaga ega. Bino sirtini yong’indan saqlaydi.

  4. Antipiren shimdiruvchilar.

Yong’indan saqlash usullaridan eng yaxshisi bu passiv va aktiv himoya usullarini birgalikda tadbiq etishdir.

Yong’indan saqlash himoya vositalari quyidagilarga bo’linadi.



  1. Yog’och va yog’ochdan tayyorlangan qismlarni himoyalash.

  2. To’qimachilik mahsulot va gilamni qoplamalar himoyasi.

  3. Metalokonstruksiya va metallik inshootlar himoyasi.

  4. Elektr kabellar himoyasi.

  5. Boshqa materiallar himoyasi.

Yog’ochni ying’indan saqlash himoyasi

Yog’ochdan tayyorlangan konstruksiyalarni yong’indan saqlash uchun antipirenlardan foydalanadi. (Antipirenlar-bu yog’ochni yong’indan himoyalovchi kimyoviy vositalardir)[6].

Antipirenlarga – laklar, boyoqlar, emallar qoplamalar, surkovlar va shimdiruvchilar kiradi.
Olovdan himoya qilish vositalari quyidagi himoya qilishda qo’llaniladigan materiallarga bo’linadi.


  1. Metall konstruksiyalari.

  2. Temir biton konstruksiyalari.

  3. Kabel o’tkazgichlar.

  4. Tekstil buyumlari.

  5. Kukun haydash kanallari.

  6. Metall havo yo’llari.

  7. Elektroizolyatsiya mahsulotlari.

  8. Yog’och konstruksiyalar.

Qoplanyatgan qobiq qalinligi bo’yicha olovdan himoya qiluvchi vositalar parashqobiqli (olovdan himoya qiluvchi bo’yoqlar) va qalin qobiqli (shtukatura yoki suvoq sifatida va chaplanib qo’llaniladigan tarkiblar). Yog’och materiallar uchun shimdiriladigan tarkiblar, ya’ni antipirenlar keng qo’llaniladi. Yong’inga qarshi ishlov berishda olovdan himoya qiluvchi bo’yoqlarga ehtiyoj ko’proq. Antipirenlar yuqori dekorativ xususiyatga ega.

Yog’och uchun. Yong’indan himoyalovchi shimdiruvchilar.

Yog’och va undan tayyorlangan konstruksiyalarni yong’indan saqlash shimdiruvchi vositalar quyidagi talablarga ega bo’lishi kerak.

1) Yong’indan saqlashda yuqori natijalarga ega bo’lishi kerak.

ГОСТ – 16363-76 binosi barcha yog’och shimdiruvchilar ikki I va II guruhga bo’linadi. Labarator tekshiruvlar natijasiga qarab barcha shimdiruvchilar tarkibiga I yoki II guruhga beriladi. Tekshiruv paytida shimdiruvchi bilan to’ldirilgan oldin tarozida tortilgan namuna maxsus kameralarda 2 minut davomida gaz gorelkalari ta’sir ettiriladi. Sinovdan keyin namuna yana tarozida tortiladi. Agar namuna massasi kamayishi 9% dan oshmasa yong’in himoyalovchi vositaga – yong’indan himoyalash I - guruhi beriladi [8-10].

Agar namuna massasi 25% dan kamga o’zgarsa, II - guruh beriladi. Agar namuna massasi 25% dan ko’pga o’zgarsa unda antipiren tarkibi yog’ochni himoyalash talabiga javob berolmaydi.

2) Yog’och mahsulotlarini yong’indan himoya qilish yuqori sifatga ega bo’lishi.

3) O’zini xossalarini tasdiqlovchi sertifikat va tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo’lishi kerak. Sertifikatda antipiren tarkibi ma’lum sarf natijasida I yoki II – guruh himoyasini ta’minlab berishi mumkinligini tasdqilaydi. Ishlab chiqaruvchi sertifikat yordamida mahsuloti yong’in himoyalovchi ko’rsatgichlarni tasdiqlaydi. Antipiren sanitar-epidemiologik normalarning talabiga javob berishi to’grisida xulosa bo’lishi kerak.

4) Kam sarf bo’lishi kerak.

5) Himoyalovchi sirti turiga to’g’ri kelishi kerak.

Yog’och va ularning konstruksiyalarini yong’in himoyasini ta’minlab berishi uchun antipiren tarkibi himoyalovchi yog’och turiga tog’ri kelishi kerak.

6) Texnalogik bo’lishi kerak.

Agar antipiren tayyor holda ishlab chiqarilib, shyotka va valik yordamida surtilsa va uni eritilish zaruriyati bo’lmasa, maqsadga muvofiq bo’lar edi.

7) Dekerativ xususiyatlarga ega bo’lib va lako-bo’yoq materiallar himoyalangan sirtga surkash imkoniyatlari bo’lsa.

Kabel liniyalarni yong’in xavfligi sodir bo’lishi bu kabellarni uzatilgan masofasi, bir joyda joylashgan yonuvchi izolyatsiya materiallarni soniga va yong’in xavfi ehtimoli bo’lish imkoniyatlariga bog’liq. Undan tashqari ba’zi kabellari markalari yonganda tutundan tashqari vodorod xlorid ajratadi, bu gaz esa inson hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Kabellarni yong’in xavfidan ogohlantirish sistemasi zarur, chunki kabellar yong’in xavfsizligini aniqlash paytida kabellarda yong’in paydo bo’lish ehtimoli ko’riladi. Agar bu ogohlantirish sistemasini I-qismi yuqori tok simlariga taaluqli bo’lsa, II-qismi aloqa, signalizatsiya, boshqaruv va hokazo sistemalar uchun taaluqli. Kabellarni tortilishida masofa chegaralanmaganligi uchun past tokli kabellarda yong’inni pasaytiradiganlar ta’sir ettirilmagan polixlorvinil qo’llanadi yoki undan yong’inga moyilligi bor polietilen qo’llaniladi. Shu tufayli yong’in xavfi kuchayadi.

Kabellarni yong’indan saqlashni ta’minlash uchun ko’pincha passiv himoya usulari qo’llaniladi. (Insonni zaruriyati bo’lmagani uchun passiv himoya deb ataladi) bunga kabel izolyatsiyalari yong’inga chidamli kabel sirti qo’llanadi.

Kabellarni yong’indan saqlash materiallarni eng ko’p tarqalganlardan biri bu termokattalashadigan yoki termokovizak hosil qiluvchi qoplama qo’llaniladi. Bunday materiallar dunyo bo’yicha keng qo’llaniladi, chunki kabellar uchun juda qulay xususiyatlarga ega [15]. Bu xususiyatlarga qoplamani yupqaligi 1mm gacha kabel uchun eng kerakli xususiyatlarini yoqotmasligi kiradi.

Bunday kabel qoplamasi yong’in va yuqori harorat ta’sirida kovizak hosil qiladigan va natijada hajmi o’n barovar ko’payib sirti qiyin yonadigan ko’piklar hosil qiluvchi materiallar qo’llaniladi.



Download 1.51 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Download 1.51 Mb.