• 1, 2,...
  • I-usul. Berilgan ikki o’qi bo’yicha ellips yasash. O’zaro perpendikulyar ikki to’g`ri chiziqda O




    Download 2.75 Mb.
    bet25/55
    Sana01.08.2021
    Hajmi2.75 Mb.
    #16475
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55
    I-usul. Berilgan ikki o’qi bo’yicha ellips yasash.

    O’zaro perpendikulyar ikki to’g`ri chiziqda O nuqtadan boshlab AB va CD o’qlarining uzunliklari yarmini o’lchab qo’yamiz (2.36-shakl). C nuqtani markaz deb, R=radiusli aylana yoyi o’tkazib F1 va F2 fokuslarni aniqlaymiz. F1 fokusdan o’ng tomonga, imkoni boricha uzunligi o’sib boruvchi kesmalarni o’lchab qo’yib 1, 2,... nuqtalarni aniqlaymiz. F1 va F2 fokus nuqtalarni markaz deb qabul qilamiz va bu markazlardan R1=A1 radiusli aylana yoylari o’tkazamiz. Keyin shu markazlardan R2=B2 radiusli yoylar o’tkazamiz. O’tkazilgan aylana yoylari oldingi o’tkazilgan yoylar bilan o’zaro kesishib ellipsga oid I,VIII vaVI, V nuqtalar hosil qiladi. huddi shunday F1 va F2 markazlardan A2 va V2 radiusli aylana yoylari o’tkazib ellipsning II, VII va III, VI nuqtalari topiladi. Topilgan nuqtalar lekalo yordamida ravon tutashtirilib izlanayotgan ellips hosil qilinadi.

    II-usul. ellips katta va kichik o’qining uzunliklari AB va CDkesmalarga teng bo’lgan ellips yasalsin (2.37-shakl).



    Ikkita o’zaro perpendikulyar to’g`ri chiziqlar o’tkazamiz va ularning kesishgan nuqtasi O ni ellips markazi deb qabul qilamiz. O markazdan radiuslar bilan aylanalar chizamiz.

    So’ngra aylanalarning birida, masalan, katta aylanada bir nechta ixtiyoriy 1, 2,... 8 nuqtalar tanlab olib (bu misolda aylana teng sakkiz bo’lakka bo’lingan), ularni aylana markazi O nuqta bilan tutashtiramiz. Bu radiuslar kichik aylanani 11, 21,... 81 nuqtalarda kesadi.

    Endi katta aylanadagi 1, 2,... 8 nuqtalardan ellipsning kichik o’qi CD ga parallel to’g`ri chiziqlar o’tkaziladi. Keyin kichik aylanadagi 11, 21,... 81 nuqtalardan ellipsning katta o’qi AB ga parallel to’g`ri chiziqlar o’tkaziladi.

    Bu o’tkazilgan to’g`ri chiziqlar tegishlicha o’zaro kesishib, ellipsga oid I, II,…VIII nuqtalar topiladi. Topilgan nuqtalar o’zaro lekalo yordamida ravon tutashtirilsa, izlanayotgan ellips hosil bo’ladi.





    Download 2.75 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55




    Download 2.75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I-usul. Berilgan ikki o’qi bo’yicha ellips yasash. O’zaro perpendikulyar ikki to’g`ri chiziqda O

    Download 2.75 Mb.