Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida pedagogik




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/352
Sana10.01.2024
Hajmi9,63 Mb.
#134163
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   352
Bog'liq
BuxDUPI to\'plam

Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida pedagogik
texnologiyalarni qo‘llashning quyidagi psixologik, pedagogik xususiyatlari 
mavjud bo‘ladi:
 
- bolalarda interfaol mashg‘ulotlar jarayonida kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, 
ularning ba’zi birlari boshqalar bilan tez muloqotga kirishuvchan bo‘lib, jamoaga 
darrov kirishib ketsa, yana biri buning aksi bo‘ladi. Yana biri serharakat bo‘lsa-da, 
fikrini bir nuqtaga jamlay olmaydi. Ma’lum muddat o‘tib mashg‘ulotlar jarayonida 
bu kabi xususiyatlar bartaraf etib boriladi; 
- tarbiyachiga bolalarni qiziqishlarini diqqat bilan kuzatib, ularning ijobiy 
tomonlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish va ularga kerakli yo‘nalishda 
tarbiya berishga imkon yaratadi
- jamoaviy o‘yinlar davomida ayrim tarbiyalanuvchilar bir-birlaridagi ijobiy 
tabiiy xususiyatlarni o‘zlashtiradilar. Jamoaviylik, birdamlik kabi psixologik
xususiyatlar shakllantiriladi; 
- tarbiyalanuvchilar 
berilayotgan ta’limiy axborotni harakatlar asosida 
o‘zlashtiradilar. Bunda axborotni xotiraga saqlabgina qolmay, amaliy jarayonda 
ham qo‘llaydilar; 
- tarbiyalanuvchilar o‘zlariga berilgan vazifa orqali jamiyatdagi ayrim
voqelik harakatlarida namoyon qiladilar
- odatdagi tartibda, ya’ni so‘zlab yoki o‘qib berish jarayonida tarbiyalanuvchining 
faqat eshitish organigina harakatda bo‘ladi, interfaol usullarda esa bu vazifani 
tananing barcha a’zolari bajaradi ( nerv sistemasi, tayanch harakat a’zolari, ko‘rish 
organlari); 
- tarbiya jarayonida kuzatishlar natijasiga ko‘ra, taxminiy o‘zlashtirishlar nisbati 
bolalarni bevosita ishtirokida harakatlar orqali amalda qo‘llash 90 foizga, harakat 
orqali amalda qo‘llash 75 foizga, munozara-bahsda 50 foizga, namoyish etishda 30 
foizga, ko‘rgazmali va audiomateriallarda 20 foizga, o‘qib berishda 10 foizga, 
so‘zlab berishda 5 foizga samara beradi. 


387 
Rus pedagogi K. D. Ushinskiyning fikricha: “Odatni singdirishda hech narsa 
namuna ko‘rsatishdek kuchli ta’sir etmaydi”,- deb baholaydi. 
Shu nuqtayi nazardan, yuqorida qayd etilgan xususiyatlar bola faoliyatida 
takroriyligi va o‘zi bilan yonma-yon turgan ijtimoiy imkoniyatlari barobar namuna 
obyektini doimo mavjudligi uning ijobiy xususiyatlarni o‘zlashtirishi, shu bilan bir 
qatorda odatiga aylanishiga olib keladi. 

Download 9,63 Mb.
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   352




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida pedagogik

Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish