383
tayanib pedagogik va psixologik uslublarni - ma’anaviy ish shakllaridan
noan’anaviylarga o‘tishni talab etadi.
Yangi
pedagogik texnologiyalar, asosan, pedagogik o‘yinlar orqali amalga
oshiriladi. Bolalarni mashg‘ulotga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishda, bilim va
tushunchalarni puxta o‘rganib olishlarida, idrok va xotirasini mustahkamlashda
yangi pedagogik texnologiyalar tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarga
qulay sharoit
yaratadi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni har
tomonlama barkamol, jismonan va ma’naviy sog‘lom, jahon standartlariga javob
bera oluvchi kadrlar yetishtirishni ko‘zda tutadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi va oiladagi ta’lim tarbiya - umumxalq,
umumdavlat miqyosidagi muhim vazifa, tarbiyalanuvchilarni, ma’naviy, ruhiy,
jismoniy jihatdan, bir so‘z bilan aytganda, komil inson etib tarbiyalashda poydevor
vazifasini o‘taydi. Bu jarayonga
yangicha tafakkur tarzida, zamonaviy pedagogik
texnologiyalar bilan yondashuv ta’lim samaradorligini oshirish bilan bir qatorda
ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchining bilim olishga bo‘lgan qiziqishlari
rivojlantiriladi va rag‘batlantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” Qonunida uyda o‘qitish
ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, biroq shuni alohida ta’kidlash kerakki, maktabgacha
ta’lim muassasalarida ta’lim olgan bolalar bilan uyda tarbiyalangan bolalar
o‘rtasidagi tafovut katta darajani tashkil qiladi.
Maktabgacha tarbiya bu tug‘ilgandan to yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga har
tomonlama tarbiya va maktabgacha ta’lim tashkiloti sharoitida ta’lim-tarbiya ishi
mazmunini tashkil etadi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr bo‘lib, xuddi
mana shu davrda bolaning jismoniy,
aqliy mehnat, estetik rivojlanishiga poydevor
qo‘yiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash tarbiyaning ijtimoiy, davlat
xususiyatiga egaligini aks ettirgan. Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida
384
montisoriy, triz, rolli kabi o‘yinlar, unda tarbiyalanuvchilar tafakkur tarzini
namoyon etadilar.
Har bir yosh bola kelishi bilanoq atrofdan axborot olib uni tahlil etadi va bu
orqali hayotni tanishda triz elementlarini qo‘llash
esa bolalarga atrofdagi
voqealarni tahlil qilish, ularni faqat tuzilishini emas, balki vaqt mobaynida o‘rganib
ko‘rishda yordam beradi.
Bolalar biron bir o‘yin bilan shug‘ullanishi, bir-biri bilan chiqishishi, o‘rtoq
bo‘lish har bir bola ongiga singdirilishi bu usuldan dunyoni anglashni
kaliti sifatida foydalanishi mumkin bo‘lib, dunyo to‘g‘risida bola o‘zining fikr-
mulohazalarini to‘g‘ri va haqiqiy bayon eta oladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo‘llashda bolaning yosh xususiyatlarini inobatga olish zarur:
uch yoshli bolalar uchun “Pochta qutisi”, “Naqsh yasa”, “Nima nimalaydi”, “Hosil
yig‘ib olish”, “Minora quramiz”, “Xatosini top”, “O‘yinchoqni tuzat”, “Xuddi
mendek bajar”, 4-5 yoshli bolalar uchun “boshqotirmalar”, “Shakllar ustaxonasi”,
“Ajoyib xaltacha”, “Kesma suratlar”, “Sportchilar saflanmoqda”, “Uy quramiz”,
“Hayvonot bog‘i”, “Qo‘g‘irchoq kiyimi”, “Rangli uylar”, “Turli rangli suv”, “Nima
o‘zgardi”, “Suratlarni eslab qol”, “Asalari qayerga yashirindi”, “Aksini ayt”, 6
yoshli bolalar uchun “O‘zing yasa”, “Gilam do‘koni” “Arxitektor”, “Sehrli
ranglar”, “Yashiringan narsani top”, “Suratlar jufti”, “Sirlar”, “To‘rtinchisi
ortiqcha”, “Poezd”, “Qo‘shnisini ayt”, “Qaysi qo‘limda nechta”, “Sehrgar”,
“Topchi men kimman”, “Sehrli o‘rmon” kabi pedagogik texnologiya usulidagi
o‘yinlardan foydalanish bolalarni aqli-qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yangi texnologik o‘yinlardan 3 yoshli
bolalar uchun quyidagilarni tavsiya etamiz:
Qo‘g‘irchoqning xonasi
. Bu o‘yin bolaning tevarak-atrofni
anglash malakasini
oshirishga yordam beradi va obrazli tafakkurni o‘stiradi, qo‘g‘irchoq va uning
xonasi kerak bo‘ladi. Qo‘g‘irchoq xonasi – yon tomonlarida deraza va eshiklari
385
bo‘lgan kopkotsiz quticha. Mebellarni gugurt qutichasidan yasasa bo‘ladi.
Muhimi ularning soni uchtadan kam bo‘lmasligi va turli shaklda bo‘lishi kerak.
O‘yin uchun avvaldan qog‘oz betiga xonaning tasvirini chizib qo‘yish kerak.
Masalan, quyidagicha:
Chizma tayyor bo‘lgach, bolaga quyidagi voqeani aytib bering:
“Qo‘g‘irchoq Lolaxon uyiga mebel sotib olibdi, faqat ularni qanday
joylashtirini bilmabdi. Ayiqcha Lolaxonga yordam bermoqchi bo‘ldi. U qog‘oz
varag‘ini olib, mebelni qanday joylashtirishni ko‘rsatib berdi. Mana bunday
(chizma ko‘rsatiladi). Bola shu chizma asosida xonaga o‘yinchoq mebelni qo‘yib
chiqishi kerak. O‘yinni-tashkil etishda
shuni yodda tutish kerakki, xonadagi
anjomlarni fazodagi joylashuv va chizmadagi ko‘rinishi bir xil bo‘lishi lozim
(eshik doim shu tomonda bo‘ladi). O‘yinni-takroran o‘tkazganda yangi anjomlar
qo‘shiladi.
4-5 yoshli bolalarga qo‘llaniladigan rangli uylar noan’anaviy o‘yini
quyidagi tartibda amalga oshiriladi: bunday uylarni bolalar o‘z sevimli
o‘yinchoqlari uchun qurishlari mumkin. Uy o‘rnida stullardan foydalanish mumkin.
Bola o‘zi xohlagancha rangdagi narsalar yordamida o‘z uyini shartli ravishda
“ranglaydi”. Har kim o‘zi tanlagan rangidagi narsalarni topish bo‘yicha musobaqa
uyushtiring: siz yashil
rangdagi narsalarni oling, bolalar sariq rangdagi narsalarni
ajratsin. Bolaga bir-ikki marta g‘olib chiqishiga imkoniyat yarating. Bu bolaning
ishtiyoqini hamda qiziqishini oshiradi.