• Rahmatova Dilorom Rahmatulloyevna
  • Kalit soʻzlar
  • UMUMTA’LIM MAKTABLARINING BOSHLANG‘ICH




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet144/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

    UMUMTA’LIM MAKTABLARINING BOSHLANG‘ICH 
    SINFLARIDA TASVIRIY SAN’AT FANINI OʻQITISHNING METODIK 
    IMKONIYATLARI 
    Shukurov Avaz
    Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti
    San’atshunoslik kafedrasi dotsenti 
    Rahmatova Dilorom Rahmatulloyevna 
    Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti Tasviriy
    san’at va amaliy bezak san’ati 1-bosqich magistranti 
    Annotatsiya. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida oʻqitiladigan “Tasviriy 
    san’at” oʻquv fani oʻz mazmuniga koʻra integrativ fan hisoblanadi. Chunki uning 
    mazmunida Tasviriy san’atdan tashqari amaliy bezak san’ati, badiiy 
    hunarmandchilik, me’morlik va dizaynga oid oʻquv materiallarini oʻzlashtirish 
    belgilab qoʻyilgan. Shuningdek, tasviriy san’at ta’limining mazmunini 1-4,
    5-7-sinflarda oʻqitishida muayyan tafovutlar mavjud va bunda tasviriy san’atning 
    uzluksiz tizimi mantiqiy rivojlanib borish prinsipi asosiga quriladi. 
    Kalit soʻzlar: san’at, tasviriy san’at, integratsiya, natura, idrok, 
    kompozitsiya, estetika. 
    Tasviriy san’at ta’limi umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 1-7-sinflarida 
    haftasiga 1 soatdan oʻqitilib, uch turdagi faoliyat (san’atshunoslik asoslari, tasviriy 
    faoliyat (naturaga qarab tasvirlash) hamda kompozitsion faoliyat) va olti yoʻnalish 
    (san’atshunoslik asoslarining yetakchi yoʻnalishi – suhbat, rangtasvir, grafika, 
    haykaltaroshlik, me’morlik, amaliy va dizayn san’ati)dagi dars turlariga boʻlinadi. 
    Ayrim dars turlari 1-4-sinflarda oʻquvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib 
    chiqqan holda bir-biridan farq qilishi nazarda tutiladi. Jumladan, 5-7-sinflarda 
    oʻqitiladigan hamda oʻquvchilarda san’at asarlarini badiiy-estetik idrok etishga 


    416 
    oʻrgatuvchi san’atshunoslik asoslari darslari boshlang‘ich sinflarda suhbat 
    tarzidagi borliqni va san’atni idrok etish shaklida olib boriladi.
    Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida oʻqitiladigan Tasviriy san’at oʻquv fani 
    oʻz mazmuniga koʻra integrativ fan hisoblanadi. Chunki uning mazmunida 
    Tasviriy san’atdan tashqari amaliy bezak san’ati, badiiy hunarmandchilik, 
    me’morlik va dizaynga oid oʻquv materiallarini oʻzlashtirish belgilab qoʻyilgan. 
    Shuningdek, tasviriy san’at ta’limining mazmuni 1-4, 5-7-sinflarda oʻqitilishida 
    muayyan tafovutlar mavjud va tasviriy san’atning uzluksiz tizimi mantiqiy 
    rivojlanib borish prinsipi asosiga quriladi. Masalan, boshlang‘ich sinflardagi 
    borliqni idrok etish darslari 5- sinfdan boshlab san’atni idrok etish tarzida davom 
    ettirilib, asosiy e’tibor bevosita oʻquvchilarda san’at asarlarini badiiy-estetik idrok 
    etishga oid bilim, malaka va koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltiriladi va 
    faoliyatning bu turi tasviriy san’atdan Davlat ta’lim standarti hamda oʻquv 
    dasturida San’atshunoslik asoslari bloki tarzida beriladi.
    Faoliyat turlari boʻyicha “Tasviriy san’at” oʻquv fani quyidagi 
    yoʻnalishlarda olib boriladi: 

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    UMUMTA’LIM MAKTABLARINING BOSHLANG‘ICH

    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish