418
tasavvurlarini rivojlantirish, naturaga qarab tasvirlash darslarida egallagan
bilimlari, borliqni idrok etish jarayonida olgan tasavvur va taassurotlari, qolaversa,
Davlat ta’lim
standarti, oʻquv dasturida koʻrsatilgan namunaviy mavzular,
topshiriqlar, adabiy asarlar (ertak, rivoyat, she’r, hikoya va h.k.) syujetlari asosida
kompozitsiya yaratishga oid bilim, koʻnikma va malakalarni tarkib toptirish orqali
bolalarda ijodkorlik kompetensiyalari rivojlantirib boriladi. Shuni qayt qilib oʻtish
joizki, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, umumta’lim
maktablarining
boshlang‘ich sinflarida tasviriy san’at darslari soatini haftasiga hech boʻlmaganda
2 soat qilib belgilash zarur. Bu esa oʻquvchilarda ijodiy fikrlash, mantiqiy tafakkur
hamda tasavvurlarini boyitishda xizmat qiladi.