Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq
ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoni.
2.Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim
sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 997- son Qarori.
3.www. markaz.tdi.uz.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI, TARBIYACHI VA OILA
HAMKORLIGI ASOSIDA BOLALAR XULQ-ATVORIDAGI SALBIY
O‘ZGARISHLARNI KORREKSIYALASH
Rahimova Orzigul Jahonovna
Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti
maktabgacha ta’lim va tarbiya metodikasi yo‘nalishi magistranti
423
O‘zbek oilasining o‘ziga xosligi sharqona odob-axloq, rasm-rusum, urf-
odat, milliy qadriyat hamda an’analar, ta’lim -tarbiyada, ma’naviy yetuklikka
intilish kabilarning barhayotligidadir. Bolalarning ta’lim-tarbiya va bilim olishiga
asosiy zamin yaratuvchi maskan oiladir keyingi o‘rinda maktabgacha ta’lim
tashkilotlarining o‘rni ahamiyatlidir.
Har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib yetishishi uchun, bola tarbiyasida
ota-onaning mas’uliyatini oshirish, ularni pedagogik-psixologik bilimlar bilan
qurollantirish bugungi bugungi kunning eng dolzarb masalasidan biri hisoblanadi.
O‘zbek miliy qadriyatlari, madaniyatini bola tarbiyasi va rivojlanishidagi
pedagogic bilimlarni takomillashtirib yaxlit tarbiya tizimi ham oila, ham
maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilsa bola xulq atvorida salbiy
o‘zgarishlar kuzatilmaydi va buni oldi olinadi. Bunda bola tarbiyasida bu ikki
yo‘nalishdan biri ikkinchisining o‘rnini bosa olmaydi, balki biri ikkinchisi
to‘ldiradi, agarda birida bo‘shliq qolganda bola tarbiyasida tub o‘zgarishlar sodir
bo‘ladi va salbiy xulq atvor vujudga kela boshaydi.
Sog‘lom muhitni yaratib, boladagi salbiy xulq atvorni korreksiyalash esa
oilada oila a’zolarining, maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagog xodimlarning
bilimdonlik mahorati va psixologik kreativligiga bog‘liqdir. Ko‘p hollarda bir xil
yoshdagi bolalarning taraqqiyotida notekislikni ko‘rish mumkin. Masalan:
maktabgacha yoshdagi bolada ‘’Yaxshi’’ va ‘’Yomon’’so‘zni ‘’To‘g‘ri’’ va
‘’Noto‘g‘rini’’ ajrata oladigan bo‘ladi. Aynan shu yoshdagi ba’zi bir bolalarda
bunda teskari bo‘lgan xulq atvor va xususiyatlarni uchratish mumkin. Bunday
notekislikka sabab kattalarning e’tiborsisligi yoki bola tarbiyasi bo‘yicha yetarli
bilimga ega bo‘lmasligidadir. Shunga ko‘ra maktabgacha ta’lim tashkiloti
pedagogi malakali mutaxassis bo‘lsa ,bola xulq atvoridagi mavjud muammolar
kuzatilib uni o‘z bilim va mahoratlari bilan korreksiyalashda ota-onalarga ham
ta’sir ko‘rsata olishlari bunda oila psixologiyasining nozik jihatlarini bilishlari
lozim. Maktabgacha ta’lim tashkiloti har bir guruh xonalarida ota-onalar uchun
424
tashkil qilingan burchaklarda doimiy ravishda psixolog bilan hamkorlikda
bolalardagi psixologik o‘zgarishlarni ro‘y berayotgan yutuq va kamchiliklarni
muntazam ravishda ota-ona bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish orqali kelajakda ro‘y
berihi mumkin bo‘lgan muammolarni oldi olinishi maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida, tarbiyachi va oila hamkorligi asosida
bolalar xulq-atvoridagi salbiy o‘zgarishlarni korreksiyalashda guruh xonalarida
ota-ona burchagini yanada boyitishda so‘rovnomalar va fikrlar burchagi, ota-onalar
o‘rtasida psixologik seminar treninglar tashkil qilish, anketa so‘rovnomalarini
muntazam o‘tkazib borish orqali Kuzatuv kengashi bilan birgalikda nosog‘lom
oilalar bilan individual ravishda ishlarni amalga oshirish va ularni bartaraf etish
mavzuning dolzarb jihati hisoblanadi.
Buni nostandart tarbiya shakllari texnologiyasi orqali mavjud muammolarni
muvaffaqiyatli hal etish mumkin. Ushbu faoliyatlarning maqsadi: Maktabgacha
ta’lim tashkiloti hamda ota –ona o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, boladagi
salbiy o‘zgarishlarni sog‘lom muhitga aylantirishdan iborat. Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir
muhim masala- bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan
aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu
o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim- yoshlar. Mayli, yoshlar
o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham
unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz , degan da’vat ularning
qalbiga doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunda
nimaninghisobidan erishamiz… Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”, deya
ta’kidladilar. Shunday ekan, endigi vazifamiz – buyuk mutafakkirlarimizning
tarbiya metodlari hamda innovatsion pedagogik tarbiya texnologiyalarini
uyg‘unlashtirib bola uchun sog‘lom muhitni yaratishdan iboratdir.
So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotarida yangi tarbiya
metodlarini yaratilishi tarbiyada sezilarli darajada o‘zgarishlarga olib keldi. Bu
425
faoliyatda har xil yangi metod tashkil qilish tarbiyachi ishining o‘ziga xosligi va
turli sohalarda mutaxassis bo‘lishini taqazo etadi.
Noan’anaviy faoliyat bolaning ma’naviy, axloqiy, hissiy va intellektual
rivojlanishi, bilim va ijodiy faolligini rivojlantirish, salbiy xulq atvordagi
o‘zgarisharni korreksiyalash, sog‘lom muhitni yaratish ustida ish olib borishni o‘z
ichiga oladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida noan’anaviy faoliyatlar tashkil
etish:
• tarbiyachi va ota-ona hamkorligini oshirish;
• insonning axloqiy fazilatlarini, qarashlarini shakllantirish;
• boladagi salbiy o‘zgarishlarni bartaraf etish;
•
bolalarda iroda, samimiy his-tuyg‘ular va sog‘lom muhutni
rivojlantirishga o‘rgatish paytida psixolog rolini oshirish.
Sharq mutafakkirlariningilmiy merosida ta’lim –tarbiya masalalari muhim
o‘rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga kata e’tibor
berganlar.
Zero
yosh
avlod
tarbiyasi
insoniyatning
kelajak
taqdirini
belgilaydigan,ularni ijobiy mezon bilan qurollantiradigan sifatlar bo‘lganligi uchun
ham mutafakkirlar bu muammoni hal qilishga harakat qilib kelganlar. Besh yuz yil
oldin yashab ijod qilgan buyuk mutafakkirimiz Alisher Navoiy bolani “mehribon
molxona”- uyni yoritib turadigan va oilada baxt keltiradigan nur deb bilgan.
Alisher Navoiy tarbiya usuli o‘zgachaligi bilan alohida ajralib turadi.Alisher
Navoiy oilada ayrim illatlarni va o‘zaro kelishmovchiliklarni bolatarbiyasiga salbiy
ta’siri va uning buzilishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillar haqida ham yozadi.
Shuningdek yaxshi va yomon xulqlar va ularning kelib chiqish sabablarini
ko‘rsatib beradi. Bolada paydo bo‘ladigan yomon xulqlarning oldi olinmasa, u
bora bora illatga aylanadi. Bu o‘rinda uning mashhur baytini keltirmoq kifoyadir.
Kuchuk bilan xo‘tikni qancha qilsang tarbiya,
It bo‘lur, eshshak bo‘lur, bo‘lmas aslo odami.
Yuqoridagi tarbiya usullarini qo‘llash:
426
ta’lim samaradorligini oshirish;
tarbiyalanuvchilar va ota-ona o‘rtasidagi hamkorlikni oshirish;
pedagogik tajribalarni qo‘llash;
sog‘lom muhitga erishish;
bolalarning ematsional kamoloti;
bolalar sog‘ligini saqlash; bolalar sog‘ligini mustahkamlash;
ta’lim va tarbiya sifatini oshirishda o‘z hissasini qo‘shadi.
Barcha
mashg‘ulotlarda
bolalarga
o‘z-o‘zini
yuqori
baholash
shakllantiriladi. Shuning uchun faoliyatda muvaffaqiyat kafolatlanadi. Bolada
o‘zini namoyon qilish va o‘zini muvaffaqiyatli his qilish uchun ko‘plab
imkoniyatlar mavjud. Tashkilotda mashg‘ulotlar davomida, markazlar orqali
ta’limiy o‘yinlarda bolalar xulq atvoridagi mavjud muammolarni yuqoridagi
usullar orqali ham bartaraf etish mumkin.
|