• BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARI VA METODLAR TATBIQI Axmedova Dildora Bahodirovna
  • Kalit so‘zlar
  • Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet147/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

    Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 
    1. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan 
    birga quramiz. – Toshkent, Oʻzbekistan, 2017. – 488 b.
    2. Abdirasilov S. Tasviriy san’at va uni oʻqitish metodikasi. Oʻquv 
    qoʻllanma. – Toshkent: Ilm-ziyo, 2011. 
    3. Abdirasilov S., Tolipov N. Tasviriy san’at oʻqitish metodikasi. Oʻquv 
    qoʻllanma. – Toshkent: Aloqachi, 2007.
    4. Abdirasilov S. Tasviriy san’at oʻqitish metodikasi. Darslik. – Toshkent: 
    Fan va texnologiya nashriyoti, 2012.
    5. Roʻziyev E.I., Ashirboyev A.O. Muhandislik grafikasini oʻqitish 
    metodikasi. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti, 2010.
    BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARI 
    VA METODLAR TATBIQI 
    Axmedova Dildora Bahodirovna 
    Buxoro davlat universitetining
    Pedagika instituti o‘qituvchisi, p.f.f.d(PhD). 
    Yoqubova Bonuoy Alisher qizi 
    BuxDUPI 1-bosqich magistranti 


    419 
    Annotatsiya. Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning 
    kreativligini oshirish, ularning matnni o‘qish va tushunish darajasini oshirishda
    xalqaro baholash dasturlari TIMSS, PIRLSdan foydalanish, nutqiy savodxonligini 
    oshirish 
    va 
    mustaqil 
    o‘qish malakalarini shakllantirish orqali ta’lim 
    samaradorligini yanada oshirish yo‘llari haqida mulohaza yuritilgan. 
    Kalit so‘zlar: kreativlik, kompetensiya, metod, shakllar, savodxonlik, 
    Bumerang, xalqaro baholash dasturi, PIRLS, TIMSS, PISA. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi
    “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
    konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 5712-son Farmonida 2030-yilga kelib 
    PISA xalqaro dastur reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari
    qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash 
    sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, 
    matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga 
    yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari 
    belgilangan. Shuningdek, konsepsiya doirasida o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy 
    fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining 
    rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion 
    iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat 
    ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda 
    xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS doirasida asosiy e’tibor tushunishni namoyon 
    qilishdan iborat, ya’ni o‘quvchi o‘zlashtirgan ma’lumotini kompetensiyaviy 
    qo‘llashi yangi loyiha va mazmun yaratishi, shuningdek, matnlardan turli 
    shakllarda ma’no hosil qilish qobiliyatidir. O‘quvchi bu jarayonning faol 
    ishtirokchisidir, u matn ustida fikr yuritadi va ongli o‘qishning samarasini tanlab 
    qo‘llaydi. 
    Mazkur 
    baholash 
    dasturi 
    dunyoning 
    turli 
    mamlakatlarida 
    o‘qish 
    savodxonligini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va ularning 


    420 
    natijasini qiyoslashga yo‘naltirilgan. PIRLS dasturi 4-sinf o‘quvchilarining matnni 
    o‘qib tushunish va axborot matnlaridan foydalana olish hamda topshiriqlarni bajara 
    olish ko‘nikmalari haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Xalqaro dastur 
    natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarning matnni o‘qib tushunishlari, ya’ni matnlar va 
    savollardan bir nechta namunalar hamda ularning baholash me’zonlari keltirilgan. 
    Quyida 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash bo‘yicha 
    o‘tkaziladigan xalqaro tadqiqotga tayyorgarlik ko‘rish uchun mashq daftaridan
    “Dovyurak Sharlotta” hikoyasini tahlil qilsak: 
    Dovyurak Sharlotta 
    Anu Stohner tomonidan yozilgan . Henrike Vilson tomonidan tasvirlangan. 
    “Sharlotta boshidanoq boshqa barcha qo‘ylardan farq qilar edi. Boshqa 
    barcha 
    qo‘zichoqlar 
    onalarining 
    oldida 
    uyalib 
    turishganida, 
    Sharlotta 
    sarguzashtlarga boy harakatlar bilan sakrab yurar edi. U fermadan uzoqda boshqa 
    qo‘ylar bilan tog‘ yonbag‘rida yashashar, ularga qarash uchun cho‘pon va uning
    Jek ismli qari iti bo‘lgan edi”. Hikoya shunday davom etib, bir kuni dahshatli 
    voqea yuz bergani, cho‘pon yiqilib oyog‘i singani va yotib qolgani bayon 
    qilingan. Qo‘ylar cho‘ponga yordam berish uchun vodiydagi dehqonni yordamga 
    chaqirish kerakligini, bunga Jek qarilik qilishini aytib turganida Sharlotta 
    dovyuraklik qilib o‘zi borishini aytishi va qo‘ylar tashvishlanib, qo‘y vodiyga
    hech qachon yolg‘iz bormagani haqida gapirib turganda Sharlotta yo‘lga chiqqan 
    bo‘ladi. U tog‘lar ustidan soy bo‘ylab o‘tadi va katta yo‘lga chiqib yo‘lni
    kuzatadi. Bir yuk mashinasi kelib, haydovchisi uni mashinaga taklif qiladi. Yuk 
    mashinasining tez yurishi Sharlottaga zavq bag‘ishlaganini dehqonning uyiga yetib 
    borganiga afsuslanishidan ham bilish mumkin. Dehqon Sharlotta bilan traktorda 
    cho‘ponga yordam berish uchun boradi va u kasalxonaga yotadi, cho‘ponning 
    oyog‘i 6 hafta gipsda turadi. So‘ng cho‘pon qo‘y oldiga qaytadi va Sharlottaga
    istagancha va erkin sayr qilish imkonini beradi. 
    Bu hikoyani “Bumerang” metodidan foydalanib o‘tsa natijasi yaxshi bo‘ladi. 


    421 
    “Bumerang” metodi o‘quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqari 
    mashg‘ulotlarda turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni
    yodida saqlab qolish, so‘zlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt 
    ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish hamda dars mobaynida o‘qituvchi tomonidan
    barcha o‘quvchini baholashga qaratilgan. 
    Metodning maqsadi: O‘quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarning 
    o‘quvchilar tomonidan yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda 
    suhbat-munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlarni qay
    darajada o‘zlashtirganliklarini nazorat qilish va baholash hamda o‘quvchilarning
    o‘zlarini baholash imkoni yaratiladi. 
    Ushbu metod bir nechta bosqichda o‘tkaziladi: 

    o‘quvchilar kichik guruhga ajratiladi; 

    mustaqil o‘rganish uchun matnlar tarqatiladi; 

    berilgan matnlar o‘quvchilar tomonidan mustaqil o‘zlashtiriladi; 

    har bir guruhdan yangi guruh tashkil etiladi

    yangi guruh a’zolari navbati bilan axborot almashinib, ya’ni bir-birlariga matnni 
    so‘zlab beradilar; 

    o‘quvchilar bilimlarini baholash uchun yoki to‘plagan ballarini hisoblash uchun
    har bir guruhda guruh hisobchisi tayinlanadi; 

    o‘quvchilar tomonidan matn qanday o‘zlashtirilganligini aniqlash maqsadida 
    o‘qituvchi yoki yangi guruh tomonidan savollar beriladi; 

    guruh a’zolari tomonidan to‘plangan umumiy ballar yig‘indisi aniqlanadi; 

    guruhda to‘plangan umumiy ballar guruh a’zolari soniga teng taqsimlanadi. 
    Savollar: 
    1. Hayvonlar yordam so‘rash uchun qayerga borishlari kerak edi? 
    2. Nima uchun Sharlotta dehqonnikiga borganidan afsuslandi? 
    o U boshqa qo‘ylarni sog‘ingani uchun

    U fermerni uyg‘otishi kerakligi uchun 


    422 
    o Unga yuk mashinasida sayr qilish yoqqani uchun 
    o U cho‘pon haqida tashvishlangani uchun 
    Ko‘rib turibmizki, PIRLS test variantlari belgilash uchun (halqa ichi 
    bo‘yaladi) va o‘quvchi o‘z fikrini ifodalashi uchun yozuv chizig‘i qo‘yilgan. 
    Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarga xalqaro baholash dasturlariga mos 
    ta’lim berish, boshqa davlatlardagi tengdoshlariga o‘zini nisbat qilish, ularning
    kreativligini oshirish hamda hayotga tatbiq etish, ijodiy izlanishi va mantiqiy 
    fikrlashlarini yanada rivojlantirishga, PIRLS dasturini joriy etish negizida 
    o‘quvchilarning nutqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, ta’lim sifatini 
    oshirish, o‘qituvchi kadrlarning ham zamon talabiga javob beradigan mutaxassis 
    bo‘lishlari talab etiladi. 

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish