• BOSHLANG‘ICH TA’LIMNI TAKOMILLASHTIRISHDA KREATIV ZAMONAVIY YONDASHUVLAR Saidova Rayhonoy Abdug‘aniyevna BuxDUPI f.f.f.d (PhD)
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet155/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot 
    davrida talim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari 
    to‘g‘risida”gi 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-sonli farmoni, shu farmon asosida 
    yaratilgan Milliy o‘quv dasturi. 
    2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy 
    o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini 
    tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarori. 
    3. Xalq ta’limi Vazirligining 2017-yil 3-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan 
    tasdiqlangan “Boshlang‘ich ta’lim fanlari o‘quv dasturi”. 
    4. Sh.Rahmatullayev. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. O‘qituvchi.T.:1978. 
    5. Bekmurod Yo‘ldoshev. O‘zbek frazeologiyasi va frazeografiyasining shakllanishi 
    hamda taraqqiyoti (monografiya). Samarqand.2013. 
    6. N.Maxmudov., D.Xudoyiberganova., O‘zbek tili o‘xshatishlarining izohli lug‘ati. 
    Ma’naviyat.T.:2013. 
    7. Weisgerber, L. Die Muttersprache im Aufbau unserer Kultur Text. / L. Vaysgerber. 
    Diisseldorf, Padagogischer Verlag Schwann. 2. erweiterte Auflage, 1957.
    BOSHLANG‘ICH TA’LIMNI TAKOMILLASHTIRISHDA KREATIV 
    ZAMONAVIY YONDASHUVLAR 
    Saidova Rayhonoy Abdug‘aniyevna 
    BuxDUPI f.f.f.d (PhD)
     
    Idiyeva Gulchehra Izomovna

    BuxDUPI magistranti



    443 
    2020- yil 29 – oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm- 
    fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi” farmoni 
    qabul qilindi. Mazkur farmon ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy intelektual 
    hamda moliyaviy resurslarni to‘liq safarbar etgan holda amalga oshirilishi lozim 
    bo‘lgan vazifalar va ularni hayotga tatbiq etish yo‘llari atroflicha belgilab berildi. 
    Jumladan, unda mamlakatimizning 2030 – yilga kelib PISA ( The progamme for 
    International Student Assesment) o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini 
    baholash bo‘yicha xalqaro dastur reytingida jahonning 30 ta ilg‘or mamlakati 
    qatoriga kirishiga erishish vazifasi qo‘yilgan. 
    Shu konsepsiyaga binoan, tadqiqotlarda yetakchilik qilayotgan davlatlarning 
    ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish, ulardan andoza olgan holda o‘z 
    rivojlanish yo‘limizni tuzishimiz va shu yo‘lda ildam harakatlanishimiz lozim. 
    Bunga misol tariqasida Finlandiya va Singapur tajribasini ko‘rsatishimiz mumkin.
    Finlandiya maktablarida, Yevropa maktablarida bo‘lgani kabi, sinflarga yondashuv 
    individualdir, ya’ni, har bir bola o‘z yo‘lini topishi kerak. Bir vaqtning o‘zida 
    ikkita o‘qituvchi bir sinfda ishlaydi, bu ularning har biriga yukni yengillashtiradi 
    va qaror qabul qilish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi va tezlashtiradi. 
    Har bir darsdan so‘ng o‘quvchilar nimani tushuna olganlarini va nimani tushuna 
    olmaganliklarini aytishlari mumkin. Bundan tashqari, mavzuni noto‘g‘ri tushunish 
    bolaning aybi deb hisoblanmaydi, balki o‘qituvchining bilim berish tizimini 
    loyihalashdagi nuqson sifatida tan olinadi. Finlandiya maktablarida imtihonlar 
    yo‘q, hatto bitiruvlar ham. 
    Teng ta’lim imkoniyatlari, yuqori sifatli ta’lim va malakali ishchi kuchi 
    ta’lim tizimining asosi hisoblanadi. Fikrlash qobiliyati, ijodkorlik, global 
    xabardorlik, ijtimoiy va muloqot qobiliyatlari muvaffaqiyat kalitidir. Bundan 
    tashqari, bolalar qiyinchiliklardan qo‘rqmasliklari va kelajakda xatolardan 
    hafsalasi pir bo‘lmasligi uchun “ muvaffaqiyatsizlik – zavqli “ ekanligini 
    tushuntirish kerak. 


    444 
    Singapurdagi ta’lim tizimi Britaniya tamoyili asosida qurilgan. Dars ingliz tilida 
    olib boriladi. Singapurda ham mamlakat fuqorolari, ham xorijliklar uchun ingliz 
    tilida ta’lim olish uchun birinchi darajadagi sharoitlar yaratilgan. Mamlakatda ham 
    davlat, ham xususiy ta’lim faoliyat ko‘rsatmoqda. Singapur maktablarida bolalar 
    ular boshlang‘ich maktabdan o‘rta maktabga va keying ta’lim bosqichlariga o‘tish 
    uchun imtihon topshiradilar. Bunday davrlarda bolaning ish yuki kuniga 12 
    soatgacha bo‘ladi. Bolalarga qo‘yilgan bunday talab fanni chuqur, aniq 
    o‘rganishga imkoniyat yaratadi. Har ikkala ta’lim tizimida ham quyidagilarga 
    e’tibor qaratiladi: 

    STEM o‘qitilish usulining samarali tashkillashtirilganligi; 

    Darsliklarning tez-tez o‘zgarib, mukammallashtirib turilishi; 

    Xorijiy tillarni o‘qitishning samarali usullari; 

    Individual topshiriqlardan keng foydalanish; 

    Boladagi qobiliyatning to‘g‘ri rivojlantirilganligi; 
    Shunga asosan, mamlakatimizda jadallik bilan islohotlar amalga oshirilar 
    ekan, ta’lim tizimida sifat va samaradorlik kun sayin rivojlanib taraqqiy 
    topmoqda. Chet el tajribasini o‘rganish, ulardan kerakli jihatlarni ajrata olish, 
    ta’lim tizimimizda qo‘llay olish, xalqaro tadqiqotlarda munosib ishtirok etish 
    uchun keng imkoniyatlar ochadi. Hozirgi kunda umumta’lim maktablarida 
    zamonaviy 
    kompyuter 
    texnologiyalaridan 
    foydalanish 
    imkoniyatlarini 
    takomillashtirish, ta’lim jarayonlarida zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan 
    to‘laqonli foydanish eng muhim ko‘rsatkichlardan biri sanaladi. Boshlang‘ich sinf 
    darslarida milliy dastur bilan hamohang holda, o‘quv jarayoniga yangi 
    texnologiyalarni joriy etilishi, o‘qituvchilik faoliyatini yanada serqirra, ijodiy va 
    kreativ yondashuvga asoslangan kasbga aylantiradi. O‘quvchilarda go‘yalar va 
    axborotlarni tahlil qilish, muloqot, qiziquvchanlik, ommaviy axborotlardan keng 
    foydalanish,muammoni aniqlash, muammoni yechimini izlay olish ko‘nikmalarini 
    shakllantirish zarur hisoblanadi.Ta’lim jarayonida o‘quvchilar faoliyatining 


    445 
    shakllanishi fan asoslarini o‘zlashtirishga oid mexanizm bo‘lib qolmasdan, balki 
    shaxsning umumiy ijyimoiy- madaniy qobiliyatlarini tarkib toptirishga ham 
    qaratilishini unutmaslik lozim. 
    Bolani kreativligini oshirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur: 
    Ta’lim tizimida keng imkoniyatlarning yaratilishi, texnologiyalardan samarali 
    foydalana olish, turli islohotlar, xalqaro tadqiqotlardagi yetakchi mamlakatlar 
    tajribasi bilan tanishish, o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarimiz tomon rivojlanib 
    borishimiz uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Boshlang‘ich sinfning sifatli 
    dasturlari, darsliklar , o‘qishni o‘rgatishning chuqur o‘ylangan metodikasi, ta’lim 
    tizimimizning rivojlanishiga asos bo‘ladi.

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish