436
o‘qitishga imkoniyat yaratiladi.
Jumladan, ta’lim sohasida fan va texnikaning
so‘ngi yutuqlari asosida ishlab chiqilgan audio, video, telekommunikatsiya va
informatsion texnika hamda texnologiyarning foydalanish muhim ahamiyatga ega.
No‘anaviy ta’lim texnologiyasi – muayyan muddatga mo‘ljallangan,
ta’llim jarayoni o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘qitishning zamonaviy
shakli, faol o‘qitish metodlari va zamonaviy didaktik
vositalarning majmuini
ta’lim-tarbiya ishidan ko‘zlangan maqsad va kafolatlangan natijaga erishishdir.
No‘anaviy ta’lim texnologiyasi an’anaviy texnologiyasidan o‘quvchilarning bilish
imkoniyatlarini rivojlantirishga sharoit yaratilishi bilan farqlanadi. Mustaqil
foliyatga hamda izlanuvchan va ijodiy xaraterga ega jarayon tuzilmasi alohida
e’tibor qaratiladi. No‘anaviy ta’lim texnologiyasi o‘z navbatida uchga bo‘linadi:
Hamkorlikda o‘rganish;
Modellashtirish;
Tadqiqot.
Zamonaviy o‘quv-didaktik vositalar asosida o‘qitish, o‘quvchilarning bilim
olish
imkoniyatlarini oshirish, ularning mustaqil ishlash qobiliyatlari va amaliy
ko‘nikmalarini o‘rganish darajalarini rivojlantirishda ijobiy samara beradi.
Raqamli texnologiyardan ta'lim jarayonida eng ko‘p qo‘llanilayotgan
elektron
darsliklar bir nechta tashkiliy komponentga ega bo‘lishi zarur. Elektron darslikni
ta’lim tizimiga tadbiq etish uchun u o‘zining interfeysiga, ya’ni
elektron darslik
yoki o‘quv qo‘llanmasi o‘ziga xos ko‘rinishdagi tashqi ega bo‘lishi lozim. O‘z
navbatida interfeysga qo‘yiladigan asosiy talab uning intuitivligi hisoblanadi.
Interfeysning boshqaruv elementlari foydalanuvchi uchun qulay bo‘lishi, uni matn
yoki zarur mazmun bilan ishlashdan chalg‘itmasligi, kitobni saxifalash uchun
qo‘llaniladigan boshqaruv elementlari esa uning har bir saxifasida bo‘lishi zarur.
Haqiqatda, elektron kitoblarning turi ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, uning asosini
gipermatnlar tashkil etadi.
437
Biz yuqorida pedagogik jarayonda amalda aniq cheklashlar qo‘yilmagan
ta’lim oluvchiga bilim olish uslubini tanlash imkoniyatini beruvchi dasturlar
to‘plamini o‘zida aks ettirgan elektron kitoblar va noan’anaviy ta’lim shakllaridan
ko‘proq foydalanish parurligini ta’kidlab o‘tdik. Mazkur yo‘nalishda tadqiqot olib
borayotgan bu borada respublikamiz olimlaridan N.A.Muslimov elektron
darsliklarning quyidagi talablariga javob berishiga alohida e’tibor qqararatilgan:
•
o‘quv dasturi va o‘quv-metodik ishlarni nashr etishda qo‘yiluvchi talablarga
javob bera olishi (u fakultet ilmiy-metodik kengashi tomonidan tasdiqlanadi).
Darslik muayyan soha yo‘nalishi bo‘yicha birinchi bor taqdim etilayotgan yoki
avval nashr etilgan metodik qo‘llanmaning elektron versiyasi sifatida
tayyorlanganligi va mazmunan umumiy, maxsus fakultativ me’yorlarga
taalluqliligi;
•
ma’lum o‘quv kursi (yoki uning bir qismi)ning mazmunini ochib berish
hamda o‘quv metodik maqsadlarga erishishga imkon
bera oladigan darajada
hajmga egaligi;
•
o‘quv-metodik maqsadlarga erishishga yordam beruvchi ko‘rgazmali
elementlar (kompyuterning multimedia imkoniyatlaridan maksimal darajada
foydalanish imkoniyati)ga egaligi;
•
materialning monitor ekranidan ish va tarmoq bo‘ylab joylashtirish
xususiyatini inobatga olgan holda ishlab chiqilganligi;
•
matnda gipermurojaatlarning mavjudligi bilan birga,
zarur hollarda WEB
manbalari va boshqa axborot resurslarining ko‘rsatilganligi;
•
materialni o‘zlashtirish darajasining ta’lim oluvchi tomonidan mustaqil
baholanishiga imkon beruvchi nazorat savollarining mavjudligi;
•
ko‘plab tillarda ishlash, shuningdek, imkoniyati cheklangan o‘quvchilar
uchun maxsus sharoitlarning yaratilganligi.
Xulosa
qilib aytganda, boshlang‘ich ta’limda zamonaviy o‘quv-didaktik
vositalar asosida o‘qitish, o‘quvchilaming bilim olish imkoniyatlarini oshirish,
438
ularning mustaqil ishlash qobiliyatlari va amaliy ko‘nikmalarini o‘rganish
darajalarini rivojlantirishda ijobiy samara beradi.