Adabiyotlar ro‘yxati:
1.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. // Barkamol avlod O‘zbekiston
taraqqiyotining poydevori.-Toshkent: Sharq, 1997.
2.Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at ta’limi konsepsiyasi.-
Toshkent, 1995.
456
3.Tasviriy san’at. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv
dasturi.-Toshkent: Sharq, 1999.
4.Boymetov B. , Tolipov N. Maktabda tasviriy san’at to‘garagi. Toshkent,
1995.
5.Bulatov S. Amaliy san’at qisqacha lug‘ati.-Toshkent: +BM, 1992.
6. R. Xasanov . Tasviriy san’at darslarni takomilashtirish. Toshkent .
1991 y.
SAVOD O‘RGATISH DARSLARIDA TEZ AYTISHLAR-
NUTQ O‘STIRISH OMILLARI
Aziza Xoliqovna Rashidova,
Buxoro viloyat Buxoro shahar 35- IDUM
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
O‘qituvchining ijodkorligi. Bilimga chanqoq yosh avlodga saboq
berish,hayotda o‘z o‘rnini topishga o‘rgatish barcha o‘qituvchi, ustozlarning
majburiyatidir. Bu maqsadga erishish uchun esa o‘qituvchi har jihatdam
mukammal shaxs bo‘lishi lozim. Shu o‘rinda o‘qituvchining ijodkorligi haqida fikr
bildirar ekanmiz, darsning mazmunli qiziqarli hamda barcha uchun birdek
tushunarli tarzda o‘tkazishda ushbu jihat muhim omil bo‘lib hizmat qiladi.
Qachonki pedagog kreativ fikrlab o‘z g‘oyalarini tadbiq qilar ekan zamonaviy
ta’limdan ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin bo‘lar edi.
O‘qituvchining notiqlik mahorati. О‘qituvchi о‘z sо‘zi bilan о‘quvchilar-
ga bilim beribgina qolmay, о‘quvchilarga sо‘zlash namunasini kо‘rsatish yо‘li
bilan muloqotga о‘rgatadi. Shuning uchun о‘qituvchining sо‘zi о‘quvchilar javob
berishi lozim bо‘lgan og‘zaki bayon yaratish talablariga javob berishi, biror
axborotni yetkazish namunasini berishi, biror qoidani qanday dalillash kerakligini
kо‘rsatishi, qanday qilib xulosa chiqarish va umumlashmalarga kelishga о‘rgatishi
darkor. О‘qituvchi bilimlarni ma’lum qilishga emas, balki bilimdan qanday
foydalanish, uni nima uchun bilish kerakligini eslatib borishi lozim: hayotda xato
457
qilmaslik uchun nimanidir eslab qolish kerak va hokazo. О‘qituvchining sо‘zi
о‘quvchilarning aqliy sohasiga ta’sir kо‘rsatibgina qolmay, hissiy jihatlariga ham
asoslanishi lozim. Yorqin ifodalar yorqin kо‘rsatmalilik bilan qо‘shib olib borilsa,
tuygùlar uygòtishi mumkin. Darslarda о‘qituvchining sо‘zi nazariy ma’lumotlarni
о‘rgatishgagina qaratib qolinmay, nutq madaniyati tushunchasini anglash uchun
ham yordam berishi lozim. О‘qituvchining nutqi madaniyatli nutq namunasi bо‘la
olishi zarur.
Nutq- insonga berilgan oily ne`matlardan biri. Inson besh yoshga to‘lgunga
qadar umri davomida ishlatadigan so‘zlarning 90 foizini o‘rganib, so‘zlay
boshlaydi. Demak, shu yoshdan boshlab so‘zlarni to‘g‘ri, chiroyli va aniq talaffuz
qilish lozim. Buning uchun bolaning dastlabki so‘zlarni talaffuz qila boshlashi
bilan nutqiga ahamiyat qaratilib, tarbiyalab borish talab etiladi. Bunda, ayniqsa,
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari zimmasiga katta mas`uliyat yuklanadi. O‘qituvchi
bolalarning talaffuzi, nutqi ustida qanchalik ko‘p ishlasa, uning o‘quvchilari
tushunarli, sof, jarangdor so‘zlay boshlaydi, ularda notiqlik, o‘z kechinmalarini
boshqalarga qiynalmasdan yetkaza olish ko‘nikma hamda malakalari shakllanib
boradi.
Yaxshi talaffuz qilish aslida tovush hosil qiluvchi nutq a`zolarining
egiluvchanligiga bog‘liq. Bu egilivchanlikni o‘stirish uchun turli mashqlardan, tez
aytish o‘yinlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Tez aytish o‘yinlari to‘g‘ri
nafas olishga, tovushlarni ravon talaffuz qilishga, bolaning fiziologik holatiga
ijobiy ta`sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, o‘qituvchi Alifbe” darslarida har bir harfni
o‘rgatayotganda shu harfga moslab tez aytishlardan foydalansa, bu bolalarning
darsga bo‘lgan qiziqishini, diqqatini oshiradi, faolligini kuchaytiradi. Dars
davomida boladagi toliqish va zerikishning oldini oladi. Turli mavzudagi-
hayvonlar, o‘ simliklar to‘g‘risidagi tez aytishlar esa bolani tabiat bilan
tanishtiradi,borliqni tushunishga undaydi. O‘qituvchi ularni tanlaganda, bolaning
yosh xususiyatiga e`tibor berishi kerak.
458
Savod o‘rgatish darslarida tez aytishlardan unumli foydalanish bolaning
nafaqat talaffuz me`yorini tartibga soladi, balki aqliy salohiyatini ham oshiradi.
Muayyan mavzular doirasidagi tez aytishlar fanlarni bir- biriga bog‘lab
o‘zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, tabiat bilan bog‘liq tez
aytishlar o‘quvchilarni jonli va jonsiz tabiatni bir- biridan farqlashga undasa,
tarbiya, odob- axloq bilan bog‘liq tez aytishlar bola tarbiyasida ijobiy xislatlarni
shakllantiradi. Umuman olganda, tez aytishlar savod o‘rgatish darslari sifatini
oshiribgina qolmay, darslarning ta`lim – tarbiyaviy jihatdan samarali bo‘lishiga
ham ma`lum darajada hissa qo‘shadi.
Tez aytishlar esda qoladigan, qisqa, talaffuzi yengilroq bo‘lishi lozim.
Quyida “Alifbe” darslarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tez aytishlardan namunalar
tavsiya etamiz.
Asror archani arraladimi, randaladimi?
Bilimli bola Bilolmi?
Bilol- bilimli bolami?
Dilshodaning dili shod,
Dili shodning o‘zi shod.
Eldorning echkisi egatdagi ekinni yedi.
Farrux futbolda Farhodni yengdimi?
Farhod futbolda Farruxni yengdimi?
Go‘zaloyning gullari gultuvakda gulladi.
Hashar, hashardan shahar yashnar.
Jur`at Jo‘raga jo‘r bo‘lgan,
Jo‘ra Jur`atga jo‘r bo‘lgan.
Qurilishga terak kerak,
Demak terak ekmoq kerak.
Olma shoxida olmaxon,
Olmaxonni olma, Olmaxon!
459
Bir tup tut,
To‘rt tup turp.
Pirpirak pirillaydi,
Chirildoq chirillaydi.
Qo‘g‘iroq qo‘g‘irchoqnikimi, qo‘zichoqnikimi?
Salomat sanamay sakkiz demas.
Yo‘ldosh yo‘lda yo‘l- yo‘l yo‘lbarsni ko‘rdi.
Namanganlik To‘lagan
To‘la lagan osh yegan.
Vosit, Vasila, Vazira
Valiga varrak yasashdi.
O‘ktam ko‘m- ko‘k ko‘klam rasmini chizdi.
G‘ani g‘ildirakni g‘izillatib g‘ildiratdi,
Shamol Sharifning shaftolisini shitirlatdi.
Charos Chimyonda chang‘ida uchdi.
Hasanning xo‘rozi sahar,
Shahar xalqini uyg‘otar.
|