Adabiyotlar ro‘yxati:
1.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. // Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining
poydevori.-Toshkent: Sharq, 1997.
2.Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at ta’limi konsepsiyasi.-Toshkent,
1995.
3.Hasanov R. Mavzu asosida rasm chizish jarayonida estetik tarbiya.– Toshkent:
O‘qituvchi, 1980.
4.Hasanov R. Amaliy bezak san’ati mashg‘ulotlari metodikasi. O‘quv qo‘llanma.-
Toshkent, 2003.
TASVIRIY SAN’ATNI O‘QITISHDA DIDAKTIK PRINSIPLAR
Ibadullayeva Shaxnoza Ilxamovna
Buxoro davlat universitetining pedagogika
instituti San’atshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi
Amonova Robiya
Buxoro davlat universitetining pedagogika
instituti Tasviriy san’at va muhandislik
grafikasi ta’lim yo‘nalishi I kurs talabasi
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at darslarini didaktik
prinsiplarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Faqat amaliyot bilan nazariyani uzviy
bog‘lagan holdagina dars va darsdan tashqari ishlarda ta’lim va tarbiyaning
samarali bo‘lishiga erishish mumkin. Didaktik prinsiplar va ularning asosiy
masalalari Yevropaning buyuk pedagog-olimlari Y.A.Komenskiy, J.J.Russo, I.G.
Pestalotssilar tomonidan ishlab chiqilgan. Shuningdek, didaktik prinsiplarni ishlab
chiqishda F.A.Disterveg va K.D.Ushinskiylar ham katta hissa qo‘shganlar. Ular
tomonidan ilgari surilgan g‘oya hozirgi zamon didaktikasining asosini tashkil
etadi.
450
Didaktik prinsiplar hisoblangan ta’lim va tarbiyaning birligi, ko‘rgazmalilik,
ilmiylik, onglilik va faollik, muntazamlik va ketma-ketlilik, ta’lim mazmunini
bolalarning kuchi va yoshiga mos bo‘lishi maktabda tasviriy san’atni o‘qitishda
alohida ahamiyat kasb etadi. Maktabda tasviriy san’atni o‘qitishda didaktik
prinsiplar professorlar N.N.Rostovsev, V.S.Kuzin, R.Xasanovlar tomonidan
ishlab chiqilgan.
Ta’lim va tarbiya birligi prinsipi didaktik prinsiplarning eng asosiylaridan
hisoblanadi va bu tasviriy san’atni o‘qitish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, bugungi kunda ta’lim-tarbiyaning asosiy qismlaridan biri o‘quvchilarni
milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalash hisoblanadi. O‘. Tansiqboyevning
“Jonajon o‘lka”, X. Rahmonovning “May tongi”, N. Karaxanning “Oltin kuz”, Z.
Inog‘omovning “Choyga”, Y.Yelizarovning “Natyurmot” kabi asarlarida
O‘zbekiston ko‘rk-jamoli yorqin aks ettirilgan. O‘quvchilarni bunday asarlar bilan
tanishtirishda bolalarda ona-vatanimizga bo‘lgan ilk muhabbat paydo bo‘ladi, shu
zaylda ularda ona-vatanga, o‘lkaga nisbatan mehr-muhabbat tuyg‘ulari yanada
kuchayadi. Tasviriy san’at darslarida millatlararo totuvlik va baynalminal tarbiyani
amalga oshirish imkoniyatlari ham katta va u turli mavzularda kompozitsiya
ishlash,
boshqa
millat
va
xalqlar
hayotini
ifodalovchi
suratlarning
reproduksiyalarini, xalq ertaklariga ishlangan illustratsiyalarni namoyish etish
orqali amalga oshiriladi. Tasviriy san’at darslarida millatlararo do‘stlik, totuvlik
Respublikamiz va chet el rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar orqali ham
amalga oshirildi. Respublikamiz rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar orasida
o‘zbek xalqining hayoti va mehnati, uning boshqa xalqlar va millatlar bilan
totuvligi, ba’zi chet xalqlarining hayoti va mehnati aks ettirilgan suratlarni ko‘rish
mumkin. O‘qituvchi bunday san’at asarlarini tahlil qilar ekan, ularning o‘ziga xos
hamda umumiy belgilarini ta’kidlab o‘tishi maqsadga muvofiq. O‘quvchilar
tasviriy san’at asarlarini o‘rganish orqali chet el mamlakatlari xalqlarining
mehnati va mehnatdagi jasoratlari, an’analari, odatlari, turmush tarzi hamda tabiati
451
bilan oshno bo‘ladilar. Jamiyat qurilishining muaffaqiyati har bir kishining
mehnat qilish darajasiga bog‘liq. Shuning uchun kishilarning jamiyat uchun nafi
bo‘lgan mehnatga nisbatan hatti-harakati asosiy ko‘rsatkich sanaladi. Bu sifat
mehnat tarbiyasi jarayonida vujudga keladi. Naturani o‘ziga qarab tasvirlash
jarayonida o‘quvchilar turmushda qo‘llaniladigan turli buyumlar, sabzavot va
mevalar tasvirini ishlaydilar. O‘qituvchi dars jarayonida o‘quvchilar mustaqil ish
boshlamaslaridan oldin naturani qisqacha tahlil qilib, faqat buyumlar shakli,
proporsiyasi, rangi va tuzilishi haqidagina emas, balki ularni yaratish uchun
sarflangan katta mehnat haqida ham gapirib beradi.
Shuningdek, o‘zbek xalq
amaliy san’ati haqidagi suhbat darslarida o‘qituvchi ularning turlari va ustalarning
mehnat shijoatining o‘ziga xos jihatlari haqida gapiradi. Tasviriy san’at dasturida
xalqimizning fidokarona mehnati va uning go‘zalligni aks ettiruvchi asarlarini
o‘rganish ham ko‘zda tutilgan. O‘.Tansiqboyevning “Paxtani sug‘orish”,
“Chorovoq qurilishida”, Z.Inog‘omovning “Choyga” va boshqa asarlari shular
jumlasiga kiradi. Natijada, o‘quvchilar mehnat inson baxt-saodatining ma’naviy va
axloqiy manbai, har qanday inson mehnat qilmog‘i va mehnatni sevmog‘i lozim,
degan xulosaga keladilar. Shuningdek, bolalar odamlar faqat o‘zi uchun emas,
jamiyat uchun mehnat qilishlari kerak, mehnat kishilariga va ular yaratgan
buyumlarga nisbatan hurmat bilan qarash lozimligi haqida tasavvurga ega
bo‘ladilar.
Maktabda tasviriy san’at estetik turkumdagi o‘quv predmeti xisoblanib,
o‘quvchilarda badiiy va estetik didning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi, ya’ni
tasviriy san’at darslarida san’atdagi va borliqdagi go‘zallikni ko‘rish, tushunish va
qadrlay olish hissi takomillashadi.
O‘quvchilar naqsh chizishda, dekorativ -
bezak ishlarida tabiat elementlaridan foydalanadilar. Bunga tabiat mahsulotlari
yaxshi material bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchilar tabiat materiallari va hayvonot
dunyosini stilizatsiyalashtirib, takrorlanmas va chiroyli naqshlar tuzadilar.
Borliqni idrok etish va kompozitsiya darslarida tabiatni kuzatish va uni
452
rasmlarda aks ettirish bolalar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilar dars
jarayonida tabiatni kuzatar ekanlar, ular daraxtlarning tuzilishini, shoh-
shabalarning shakl va yo‘nalishini turli-tumanligi, barglarning rangi va shakli,
nafisligi va yoqimliligini bilib oladilar. Shuningdek, gullarning rangi va shakli,
xilma-xilligi, bahor va kuz manzarasining go‘zalligi, ninachi, kapalak, qushlarning
yengil va nafis parvozi ham o‘quvchilarni hayajonlantiradi. Yuqori badiiy saviyada
yaratilgan tasvriy san’at asarlarini o‘rganishda o‘quvchilar ulardan estetik zavq
olishadi.
Ilmiylik prinsipi didaktik prinsiplarning eng asosiylaridan biri bo‘lib, u fan
asoslarini
chuqur
o‘zlashtirmasdan o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni
shakllantirish mumkin emasligini bildiradi. Boshqa o‘quv predmetlaridagi kabi bu
prinsip tasviriy san’at darslarida ham amalga oshiriladi. Tasviriy san’at atrof-
muhitni his etish, undagi voqea va hodisalarni o‘ziga xos jihatlarini bilishni talab
etadi. Shu boisdan tasviriy san’at darslarida o‘quvchilar chiziqli va havo
perspektivasi, yorug‘soya, rangshunoslik, kompozitsiya qonunlarini yaxshi
bilishlari talab etiladi. Shuningdek, odam va hayvonlarning plastik anatomiyasi
haqida yetarlicha ma’lumotlarga ham ega bo‘lishlari lozim. Tasviriy san’at
dasturida o‘quvchilarning bu qonunlarni o‘zlashtirishlari ko‘zda tutiladi.
Perspektiva qonunlarini o‘zlashtirmasdan realistik tasvir yaratish mumkin emas,
desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Rassom yoki o‘quvchining rasm chizish uslubi har xil
bo‘lishi mumkin, lekin rasm yoki san’at asarlarining qurilishi bir xil, ilmiy asosda
bo‘lishi shart. Perspektiva qonunlari hisoblangan chiziqli va havo perspektivasi,
ufq chizig‘i, kesishish nuqtasi, kuzatish nuqtasi, buyumni bir yoki ikki kuzatish
nuqtasi asosida rasmini ishlash, o‘lchovlarni o‘zgarish perspektivasi, och-to‘qlikni
o‘zgarish perspektivasi, ranglarni o‘zgarish perspektivasi, shakl va chegaralardagi
aniqlikni kamayishi perspektivasi v.b. realistik rasm ishlashga o‘rgatishning
asosini tashkil etadi.
453
Ko‘rgazmalilik prinsipi tasviriy san’atni o‘qitishda borliqdagi narsa va
hodisalarning mohiyatini bilishga, uning xarakterli xususiyatlari va qonuniyatlarini
o‘rganishga ko‘maklashadi. Naturani o‘rganish chog‘ida (sinfda va plenerda)
o‘quvchilarning kuzatuvchanlik va mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
O‘quvchi naturadan rasm chizish jarayonida doim izlanadi, shakllarni solishtiradi,
naturaning tuzilishi, o‘lchovlari, shakllari, rangi kabilarni bilib oladi. Shubhasiz,
bularning hammasi o‘quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlanishiga olib keladi.
Ko‘rgazmalilik tasviriy san’at darslarida boshqa o‘quv predmetlaridagidek
yordamchi emas, balki o‘quvchilarda tushuncha va tasavvurlar hosil qiluvchi
asosiy materialdir. Naturaning o‘ziga qarab rasm chizish darslarida uni naturasiz
tasavvur etib bo‘lmaydi, bu o‘rinda tasviriy san’at darslarida ko‘rgazmalilik
prinsipining roli juda katta. Agar ko‘rgazmalilikning birinchi yo‘li bilim, qonun va
tushunchalarni o‘zlashtirishga yordam bersa, ikkinchi yo‘li pedagogga bu qonun-
qoidalarni, atrof-muhitdagi hodisalarni isbotlashda o‘qituvchiga ko‘maklashadi.
O‘qituvchining so‘zi sinfda zaruriy muhit hosil qilishda, o‘qituvchilarning ijodiy
faoliyatini oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun o‘qituvchining
nutqi ravon, tushunarli va ma’noli bo‘lishi lozim.
O‘qitishning ongli bo‘lish va o‘quvchilarning bilish faolligi prinsipi o‘quv
jarayonining o‘stiruvchi va tarbiyalovchi rolini oshirishga olib keladi. Onglilik
prinsipining ahamiyati fan, texnika va madaniyat gurkirab rivojlangan hozirgi
davrda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu prinsip o‘qituvchi tomonidan
berilayotgan bilimlarni ongli, tushungan holda o‘zlashtirishni bildiradi.
O‘quvchilar bu bilimlarni ko‘r-ko‘rona emas, balki berilayotgan tushuncha
ma’lumotlarni ma’no mohiyatini anglab yetgandagina uning bilimlari chuqur va
mustahkam bo‘ladi va u bolalar xotirasida uzoq saqlanadi. Bunga erishish uchun
o‘quvchilarning faolligi diqqati va mustaqil ishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, o‘ziga qarab rasm chizish darslarida naturani sinchiklab o‘rganish
454
ularning tuzilishi, hajmi, shakli, o‘lchov va ranglaridagi xarakterli xususiyatlarini
bilish kerak bo‘ladi.
Masalan o‘quvchi:
- san’atni kishilar hayotidagi ahamiyatini tushunib yetishi;
- kompozitsiya ishlaganda uning qonun va qoidalariga rioya qilishi;
- naturaning tuzilishi, o‘lchovlari, shakllari, ranglariga qat’iy rioya qilishi;
- har qanday narsa asosida u yoki bu geometrik shakl yotishi;
- rasm chizganda ufq chizig‘ini chizib olish va yagona ko‘rish nuqtasiga rioya
qilishi.
Tasviriy san’at asarlariga oid materiallarning ongli o‘zlashtirilishi ilmiylik
prinsipidagidek perspektiva, rangshunoslik, optika va yorug‘soya qonunlari,
anatomiyadan ba’zi ma’lumotlarga ega bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu qonunlarni
egallamasdan turib, o‘quvchilar o‘z tasviriy faoliyatilarini to‘g‘ri amalga oshira
olmaydilar. Faraz qilaylik, o‘quvchi uyida chizish uchun geometrik shakldagi
turmush buyumlaridan natyurmot qo‘ydi. U perspektiva qonunlari, ufq chizig‘i,
kuzatish nuqtasi, buyum va surat tekisligi, kesishish nuqtasi, narsalarning
o‘lchovlarini perspektiv qisqarishini bilmay turib o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini
to‘g‘ri hal qila olmaydi. Yorug‘soya qonunlari hisoblangan tabiiy va sun’iy
yoritish, tushuvchi va shaxsiy soya, nutura yoritilganida soyalarning joylashuvi,
yorug‘soya, yarimsoya, blik, refleks va boshqalarning bilmagan o‘quvchi
buyumlarning hajmini to‘g‘ri tasvirlay olmaydi. Topshiriq yuzasidan mavzuni
belgilashda o‘quvchilarning hayvonlar, qushlar, sportga bo‘lgan katta qiziqish
uyg‘otishini hisobga olish lozim bo‘ladi.
Boshqa fanlarda bo‘lganidek, tasviriy san’at darslarida ham materiallarni
muntazam va ketma-ket bayon etish prinsipi muhim ahamiyatga ega. Bu prinsip
butun kurs davomida o‘quv materiallarini mantiqan izchil joylashishini va har bir
mavzu oldindan olingan bilim, malaka va tajribalarga suyangan holda, yangi
materiallarni o‘tilganlar bilan bog‘lab bayon etilishi lozimligini nazarda tutadi.
455
Ba’zan shunday hollar ham bo‘ladiki, bunda o‘qituvchilar bilim berishning bu
muhim prinsipini to‘g‘ri baholay olmaydilar. O‘quvchilarga berilayotgan
vazifalarda bolalarning ilgari olgan bilim va malakalari hisobga olinmaydi.
Natijada ular berilgan vazifani uddalay olmaydilar. Shuning uchun ish rejalarini
shunday tuzish kerakki, o‘quvchilar har bir darsda yangidan yangi masalalarni hal
etsinlar. Lekin, yangi materiallarni o‘quvchilar o‘tilgan materiallarni o‘zlashtirib
va mustahkamlab olganlaridan so‘nggina berish lozimligini hisobga olish lozim.
O‘qitishning o‘quvchilar yoshiga va kuchiga mos bo‘lishi prinsipi
berilayotgan
bilimlar yoki ular o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan materiallarni murakkablik
darajasini bolalar yoshiga va kuchiga mos bo‘lishini nazarda tutadi. Kuzatishlar
shuni ko‘rsatadiki, ayrim o‘qituvchilar 5-7 sinflarda ham to‘rtburchak, doira
shaklidagi naqshlar ishlashni davom ettiradilar. Bu topshiriqlar 3-4 sinflardagi
vazifalardan deyarli farq qilmaydi. Bulardan tashqari, o‘quvchilarga doskaga
chizilgan tayyor naqshdan nusxa ko‘chirish tavsiya etiladi. Bundan, ular
beriladigan topshiriqlarning bolalarga oson bo‘lishiligini nazarda tutadilar. Lekin,
topshiriqlarning o‘ta jo‘n bo‘lishi ham yaxshi emas, ular birinchidan bolalarning
mustaqil fikrlashlarini susaytirsa, ikkinchi tomondan ulardagi rivojlanishni
to‘xtatadi.
Yuqoridagi fikrlardan maktabda tasviriy san’atdan dars va darsdan tashqari
ishlar jarayonida didaktik prinsiplarga rioya qilishning nihoyatda muhimligini
sezib olish qiyin emas. Didaktik prinsiplar o‘quvchilarning badiiy ta’limi, tarbiyasi
va rivojlanishiga shart-sharoitlarni yaratadi.
|