Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/352
Sana10.01.2024
Hajmi9,63 Mb.
#134163
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   352
Bog'liq
BuxDUPI to\'plam

Kalit so‘zlar: mustaqil fikrlash, mustaqil topshiriq, mustaqil ishlash 
ko‘nikmasi, ijodiy qobiliyat, hayotiy ko‘nikmalar. 
Milliy oʻquv dasturining yaratilishiga nazar soladigan bo‘lsak, 
Prezidentimiz nutqida keltirilganidek, dunyo miqyosidagi keskin raqobatga 
bardosh bera oladigan Milliy taʼlim tizimini yaratish zarurati paydo boʻldi. 
Shuningdek, umumiy oʻrta taʼlimni yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarish 
maqsadida ilgʻor milliy va xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturlari talablarini 
inobatga olgan holda oʻquv dasturlari, oʻqitish metodikasi va taʼlim sifatini 
baholash tizimini takomillashtirish vazifalari belgilab berildi. – Umumiy oʻrta 
taʼlimning Milliy oʻquv dasturi 6 komponent – umumiy oʻrta taʼlimning malaka 
talablari, umumtaʼlim fanlarining konsepsiyalari, oʻquv reja, fanlarning oʻquv 
dasturlari, oʻqitish metodologiyasi va baholash tizimidan iborat boʻldi – Mazkur 
dasturni ishlab chiqish, ekspertiza va tajriba-sinovdan oʻtkazish hamda bosqichma-
bosqich amaliyotga joriy etish samaradorligini taʼminlash maqsadida yuqori 
salohiyatli milliy va xalqaro ekspertlar, jumladan, UNICEF, UCAID va boshqa 
xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xorijiy konsultantlar bilan tizimli 
ishlash tashkil etildi. Ekspertiza xulosalariga koʻra ishchi guruh tomonidan Milliy 
oʻquv dasturining barcha komponentlari takomillashtiriladi va uning asosida 2021-
yilning 1- choragidan boshlab 1-, 2-sinflar uchun toʻliq toʻplamda, yangidan joriy 


484 
etiladigan fanlar boʻyicha 1–6-sinflar darsliklarining yangi avlodi yaratiladi. Milliy 
oʻquv dasturi 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tajriba-
sinovdan oʻtkazilib, 2026-2027 oʻquv yiliga qadar toʻliq amaliyotga joriy etilishi 
kutilmoqda. Yoshlikda olingan bilim toshga oʻyilgan naqshga mengzaladi. Naqsh 
mahorat bilan ishlanishi yoki, aksincha, boʻlishi mumkin. Shu bois oilada farzand 
dunyoga kelishi hamonoq uning taʼlim-tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratiladi. Dastlab 
ota-ona, mahalla-koʻy, maktabga chiqqach esa oʻqituvchilar zimmasiga jiddiy 
masʼuliyat yuklanadi. Mamlakat kelajagining bunyodkori sanalmish yoshlarning 
taʼlim olishida darsliklarning xizmati beqiyos. Oʻquvchilarning risoladagidek bilim 
olishi, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, bilim samaradorligini oshirishda maktab 
darsliklari asosiy vositalardan biridir. Oʻquvchi darslikdan bilim oladi, tajriba 
toʻplaydi va uni oʻz hayotida qoʻllashni oʻrganadi. Shunday ekan, darsliklarning 
mukammalligi har makon va zamonda ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Eʼtiborsizlik tufayli unda yoʻl qoʻyilgan birgina xato ulgʻayib kelayotgan oʻquvchi 
hayotini tamomila teskakri tomonga burib yuborishi hech gap emas. Shu tufayli 
ham biz pedagoglardan katta mahurat talab etiladiki, o‘quvchilarni to‘g‘ri 
yo‘naltirishga va ularning bilimlarini oshirishga chuqur yondashish zarur. 
Shu 
maqsadda
, o‘quvchilarga uzluksiz ravishda ta’lim berish orqali mustaqil 
ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish, hamda ijodiy fikrlash va mustaqil 
qarorlar qabul qilishga o‘rgatish zarur. Bu masalaning yechimi tabiiyki, mazkur 
jarayonning asosiy tashkilotchisi — pedagoglarni tayyorlash sifatiga bog‘liq. Har 
bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim 
tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil 
taraqqiyot yo‘lidan ildam borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini 
isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or 
pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini 
oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ta’lim tizimida ham o‘ziga xos o‘zgarishlarni kiritish 


485 
va yangiliklarni joriy etish zaruratini belgilab bermoqda . 
Boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarining matematika fanidan o‘quv materialarini o‘zlashtirish 
darajasini TIMSS (Trends in International Mathematics and Science 
Study) xalqaro baholash dasturiga uyg‘unlashtirish
asosida tayanch va 
fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish hozirgi 
kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bunda o‘quvchilarning matn, tasvir, 
raqam ko‘rinishidagi o‘quv materiallarini tahlil qilish, qayta ishlash, 
imitatsiyalarini yaratish, interpretatsiya qila olish
asosida o‘quv 
topshiriqlari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik 
imkoniyatlarini o‘rganish zarur. 
1-sinfdagi matematika darsligiga nazar soladigan bo‘lsak, hozirgi 
2021-2022-o‘quv dasturi Milliy o‘quv dasturi asosida joriy qilingan. Bu 
kitobda ko‘p turdagi topshiriqlar, misol va masalar, bosh qotirmalar kabi 
turdagi vaifalar berilagan. Bundan asosiy maqsad shuni ko‘zlanganki, 
o‘quvchilarning erkin fikrlash, dunyo qarashini kengaytirish, milliy 
ruhda tarbiyalash, texnologik qarashlarini boyitishga katta e’tibor 
berilgan .Matematika fanini o‘qitishning didaktik imkoniyatlarini 
o‘quvchilarni algoritmik axborot almashinish faoliyatiga bosqichma-
bosqich
yo‘naltirish asosida oshirish o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi 
faolligini ta’minlaydi.
Matematika darsligini yaratishda mana shunday 
bir qancha muhim
jihatlar inobatga olindi. Xususan, boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari hayotiy faoliyatlari davomida o‘quv materiallarining 
ahamiyatini anglab yetishlari uchun o‘quv materialini tanlash yoki 
tayyorlashda hayotiyligi va
ko‘rgazmaliligiga ahamiyat berildi.
O‘quv 
materiali 
qanchalik 
ahamiyatli 
bo‘lmasin, 
boshlang‘ich sinf 


486 
o‘quvchilarining diqqati barqaror emasligi tufayli qiziqishni doimiy
saqlab tura olmaydi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
xotirasi ko‘proq tasvirli materiallarni eslab qolish xususiyatiga ega
bo‘lib, 
o‘quv materiallarining tasviriy ifodalanganligi muhim. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining idroki amaliy faoliyat bilan bevosita
bog‘liq. . Darslik oxirida “Qoʻshimcha topshiriqlar” ham keltirilgan. 
Ulardan mavzuni
oʻzlashtirishda yaxshi natijalarga erishayotgan 
oʻquvchilar bilan ishlashda
yoki oʻquvchilarni fanga boʻlgan 
qiziqishlarini oshirishda foydalanish mumkin. Bunda oʻquvchilarga 
asosiy tushunchani mustahkamlagandan soʻng
bu topshiriqlar beriladi. 
Bu topshiriqlarni oʻquv yili yoki dars soʻngida, dars
jarayonida barcha 
oʻquvchilarga muammo sifatida taqdim etish oʻquvchilarda oʻziga 
boʻlgan ishonchni, doʻstona hamkorlikni his qilishiga imkoniyat
yaratadi.
Matematika darliklarining hozirgi va oldingi turdagi nashrining 
o‘zaro farqlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak.. 

Download 9,63 Mb.
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   352




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish