Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.O‘zbikiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, “2017-2021 yillarda O‘zbikiston
Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi”. Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 8 fevral soni va internet
resurs; www.lex.uz.
2. Fitrat. O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi. -T.: FAN, 1993. -56 b.
3. Ojiza: she’r va dostonlar. /nashrga tayyorlovchi fil. fanl. dokt., prof. S.
Ro‘zimboyev. – T., 2003. – 122 b.
4. Toshmatov O‘. Folklor qo‘shiqlari. –Toshkent, A.Qodiriy nomidagi xalq merosi
nashriyoti, 2003.- 50-60 b.
5. Qo‘chqorov G‘. Folklor qo‘shiqchiligi. –T., 2005.- 48-50 b.
O‘QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI O‘STIRISH
YO‘LLARI
Nazarova Marjona
BuxDUPI magistranti
Kichik maktab yoshi bolaning psixologik rivojlanishining barcha hal
qiluvchi davri, barcha aqliy funksiyalarning jadal rivojlanishi, faoliyatning
murakkab turlarini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarning poydevorini yaratish,
motivlar va ehtiyojlar tuzilishini shakllantirish, axloqiy me’yorlar, o‘zini o‘zi
qadrlash, xulq-atvorni ixtiyoriy tartibga solish elementlari. Ijod bu - shaxsning fe’l-
479
atvori, qiziqishlari, qobiliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab aqliy jarayon.
Xayol uning diqqat markazida. Ijodda shaxs tomonidan qabul qilingan yangi
mahsulot obyektiv ravishda yangi (ijtimoiy ahamiyatga ega kashfiyot) va
subyektiv ravishda yangi (o‘zi uchun kashfiyot) bo‘lishi mumkin. Ijodiy
jarayonning rivojlanishi, o‘z navbatida, tasavvurni boyitadi, bolaning bilimlari,
tajribasi va qiziqishlarini kengaytiradi. Ijodiy faoliyat bolalarning hissiyotlarini
rivojlantiradi, xotira, fikrlash kabi yuqori aqliy funksiyalarni yanada maqbul va
intensiv rivojlanishiga yordam beradi. Ikkinchisi, o‘z navbatida, bolaning o‘qish
muvaffaqiyatini belgilaydi. Ijodiy faoliyat bolaning shaxsini rivojlantiradi, axloqiy
va axloqiy me’yorlarni o‘zlashtirishga yordam beradi. Ijodkorlik asarini yaratishda
bola ularda hayotiy qadriyatlarni, uning shaxsiy xususiyatlarini tushunishini aks
ettiradi. Boshlang‘ich maktab o‘quvchilari san’atni yaxshi ko‘radilar. Ular
jo‘shqinlik bilan qo‘shiq kuylashadi va raqsga tushishadi, haykaltaroshlik va rasm
chizishadi, ertaklar yozadilar va xalq hunarmandchiligi bilan shug‘ullanadilar.
Ijodkorlik bolaning hayotini yanada boy, to‘laroq, quvnoq qiladi. Bolalar shaxsiy
komplekslaridan qat’i nazar, ijodkorlik bilan shug‘ullanishlari mumkin. Voyaga
yetgan kishi, ko‘pincha o‘zining ijodiy qobiliyatlarini tanqidiy baholaydi, ularni
namoyish etishdan tortinadi. Har bir bolaning o‘ziga xos xususiyati bor, uni
yetarlicha erta tanib olish mumkin. Maktabda har bir predmet o‘qituvchisi dars
jarayonida o‘quvchining o‘zlashtirish qobiliyatini e’tiborga olishi lozim. Bu esa
o‘quvchining psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishni talab etadi. Bu maqolada
mavzu doirasida o‘qituvchi ish faoliyatida o‘quvchilarning qanday psixologik
xususiyatlariga e’tibor berishi zarurligi ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish
va o‘stirish ahamiyati haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
O‘quvchilarni o‘quv mashg‘ulotlariga munosabatlarida namoyon
bo‘ladigan individual ruhiy xususiyatlari – diqqati, yaxshi yoki noxush
kayfiyatlari, irodaviy faolligi, hamda qiziqishi va havaslari o‘rganish jarayonida
amal qiladigan muhim omillardandir.
480
Diqqat – aqliy faoliyatda g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Diqqatning
ahamiyatini ta’kidlab, K.D.Ushinskiy «Diqqat – ruhimizga o‘tib turadigan hamma
narsaning eshigidir», – deb ta’lim beradi. Demak, bilimlarni puxta egallash,
jumlada, ona tilini o‘zlashtirishning zarur shartlaridan biri o‘quvchilar diqqatining
nutq jarayonlarni puxta bilib, o‘zlashtirib olishga yo‘naltirilishi, unda kuchli va
barqaror to‘planishidir.
Diqqatning o‘rganilayotgan materialdan chalg‘ib ketishi, parishonlik, zarur
obyektga to‘planmasligi yoki to‘planishining qiyinligi ta’limning sifatiga,
jumladan o‘zlashtirish tezligiga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin.Ta’lim jarayonida
o‘quvchilar kechiradigan xilma-xil ta’sirchanlik holatlar, yaxshi yoki noxush
kayfiyatlar, his va tuyg‘ular katta rol o‘ynaydi. Bu hissiyotlar diqqatning kuchli va
barqarorligiga ham ta’sir qiladi.
Ma’lumki, biron maqsadga erishmoq uchun, ruhiy zo‘r berish, irodaviy
faollik ko‘rsatish, kuch sarflash lozim bo‘ladi. Ta’lim jarayonida aqliy faoliyatning
faolligi, asosan, iroda kuchi yordami bilan ta’min etiladi. Ta’lim jarayonida
sarflanadigan kuch va harakatdan kuzatilgan maqsadning aniqligi, unga erishish
vositalarining ravshanligi, o‘quvchilarda faollik tug‘diradi, o‘quv materialini to‘la
va chuqur idrok qilish ham anglab olishga intilishni kuchaytiradi. Bilim va
malakalar hosil qilishda diqqat, hissiyot va irodaning ijobiy yo‘li o‘quvchilardagi
qiziqishga ham bog‘liqdir. Chunki, qiziqish kishining o‘z hayotida eng ahamiyatli,
eng qimmatbaho, deb bilgan narsalarga yo‘nalganligidir. Qiziqish kishining
qiziqqan narsasiga doimiy intilishida, uni o‘ziga yaqinlashtirishida, o‘rganib
olishga intilishida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchining pedagogik faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lgan omillar haqida ham to‘xtalib o‘tmoq kerak. O‘qituvchining fanni,
uni o‘qitish uslubini qanchalik egallaganligi, darsni tashkil qilish va o‘tkazish
mahorati, umuman, o‘qituvchining fan o‘qituvchisiga xos individual sifatlari
o‘quvchilarda bilimlarning shakllanishida amal qiladigan omillar jumlasidandir.
481
Bilim va malakalar hosil qilishda, jumladan ona tilini o‘zlashtirishda ham,
o‘qituvchining bilimdonligi, o‘qitish uslublari bilan qurollanganligi, pedagogik
mahorati juda muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq ta’limning har qanday sharoitida,
har vaqt ham amal qilaveradigan universal uslublar yo‘q va bunday uslubning
bo‘lishi ham mumkin emas. O‘qitish uslubi avvalo hosil qilinadigan bilim,
jumladan, o‘rganiladigan materialning mazmuni va xarakteriga mos kelishi kerak.
Sezgi, idrok bilishning birinchi bosqichi bo‘lib, aqliy faoliyatning yuksak shakli –
abstrakt tafakkur sezgi, idrok obrazlariga asoslanadi. Demak, ta’limning
samaradorligini oshirish uchun bolalarning sezgi-idrokdan hosil bo‘lgan
tajribalaridan, tasavvurlaridan foydalanish, fan asoslarini egallashda, jumladan ona
tiliga oid bilimlarni egallashda ham unga tayanish zarurdir. Chunki inson sezgi
idrokining asosiy mohiyati ongning tashqi borliq bilan bevosita bog‘lanishini
ta’min etishdir, insonning yuksak ehtiyojlarini, jumladan, dunyoni bilish
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishdir. Demak, har qanday bilish jarayoni va
hodisalarning mohiyatini anglab olish faqat sezgi orqali, idrok va tasavvurlar orqali
sodir bo‘ladi.
Sezgi va idrok tasavvur obrazlarining shakllanishiga olib keladi,
tasavvurlar esa, o‘z navbatida, inson aqliy faoliyatining yuksak bosqichi – abstrakt
tafakkurning hissiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Biroq, sezgi idrok va tasavvurlar har
qanday bilishning negizi, bilishga asos bo‘lgan manba bo‘lsa ham, u murakkab
bilish jarayonining faqat birinchi bosqichi bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham ta’lim
jarayonida avval hissiy bazani yaratish ta’limning tobora murakkablashib,
chuqurlashib boruvchi bosqichlarida unga tayanib ish ko‘rish, hissiy bilish bilan
to‘g‘ri (ratsional) bilish faoliyatlarining to‘g‘ri nisbatda bo‘lishiga rioya qilish
zarur bo‘ladi. Bu o‘quvchilarda bilimlarning shakllanishi uchun ham zaruriy
shartdir. Har bir o‘qituvchi o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida ularni ijodiy
qobiliyatini to‘g‘ri baholay borishi kerak. O‘quvchilar bilan ishlash jarayonida
ularni qiziqishini, birinchi o‘rinda, kuzatib, shu bo‘yicha muhim yo‘nalish bera
482
olishi zarur. Dars jarayonida har xil metodlar bilan bunday samarani yanada oshira
olishimiz mumkin. O‘quvchilarni o‘zlashtirishi o‘qituvchining ularni qiziqtira
olishidadir va bunday holatlarda o‘qituvchidagi yuqori darajada intiluvchanlik va
talabchanlik zaruriy holat hisoblanadi.
|