• MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARGA CHET TILINI O‘RGATISHNING ZAMONAVIY METODLARI Yusupova Aziza Nodirjon qizi
  • Kalit so‘zlar
  • Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet141/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

    Литература
    1. Мотяшов И. Михаил Пришвин. М., 1965 
    2. Паустовский К.Г. Автобиография. Коротко о себе. - М.: Правда, 1986. 
    3. Пришвин М. Мир и природа в творчестве. litra.ru 
    4. Пришвин М. Человек и природа. otherreferats.allbest.ru 
    5. Трефилова Г.П. К. Паустовский-мастер прозы. - М.: Художественная 
    литература, 1993. 


    399 
    MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARGA CHET TILINI 
    O‘RGATISHNING ZAMONAVIY METODLARI 
    Yusupova Aziza Nodirjon qizi 
    Buxoro davlat universitetining 
    Pedagogika instituti magistranti 
    Annotatsiya. Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha 
    ta’lim jarayonida xorijiy tillarni o‘qitishning zamonavit metodikalariga berilgan 
    katta ahamiyat hamda ularni o‘rganish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy o‘qitish 
    usullarini o‘z ichiga qamrab olgan. 
    Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’limda chet tili, finland o‘qish sistemasi, belgi 
    va rasm usuli, ovozni tanib olish van moslashtirish usuli, tabiat dunyosi, o‘yin, 
    ko‘rgazmalar. 
    Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish ko‘nikmasi proffessional ta’limning 
    ajralmas qismlaridan biri bo‘lib bormoqda. Bu maktabgacha ta’lim jarayonini ham 
    chetda qoldirgani yo‘q. Yoshlar ta’limi davomida xorijiy tillarni o‘rgatishning 
    ahamiyati sezilarli darajada oshdi. Buni dinshunos olim, tarix fanlari nomzodi, 
    katta o‘qituvchi Natalya Kireeva "Yoki biz hayotga, yoki imtihonlarga tayyorgarlik 
    ko‘ramiz. Birinchisini tanlaymiz." deb takidlab o‘tdi. Yaqinda u mahalliy ta’lim 
    tizimi va printsiplari haqida gapirdi va nima uchun Finlyandiya ta’limi dunyodagi 
    eng yaxshi bilimlardan biri deb qaralishi to‘g‘risida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
    Hozirgi kunda maktabgacha ta’limga etibor berish, davlatning ijtimoiy, iqtisodiy 
    va ma’naviy jihatdan rivojlantirish demakdir. Shuni ham ta’kidlab o‘tishim 
    kerakki, muvaffaqiyatga erishishda yordam berish uchun maktabgacha tarbiya 
    mutaxassislaridan erta bolalik ta’limi jarayonida eng sevimli o‘qitish strategiyalari 
    bilan o‘rtoqlashishini so‘rab qolamiz. Maktabgacha yoshdagi sinf uchun o‘qitish 
    strategiyalarining ushbu ro‘yxati o‘qituvchi sifatida taraqqiy etish va o‘rganish 
    uchun juda yaxshi o‘tish imkoniyatlarini beradi. 
    1. Belgilar va rasmlar bilan ishlash usuli. 


    400 
    Kundalik so‘z boyligini targ‘ib qilishning usullaridan biri – Touchtime 
    Internationalning direktori doktor Eleyn Fogel Shneyderning so‘zlariga ko‘ra: 
    “Bolalarga umumiy brendlar va belgilarga og‘zaki yorliq qo‘yishdir”. U rasmdan 
    so‘zga tarjima qilish tilni rivojlantirishga yordam berishini tushuntiradi. Ya’ni bu 
    bolalarni yangi tillarni tez va oson o‘zlashtirishida juda katta yordam beradi. 
    2. Ovozni tanib olish va moslashtirish usuli. 
    Ushbu tadbir uchun kartondan kesilgan bir nechta katta harflar va shu harflar 
    bilan boshlanadigan bir nechta kichik, ammo unchalik katta bo‘lmagan narsalar 
    kerak bo‘ladi. Masalan, agar sizning harflaringiz M va K bo‘lib, sizda mushuk va 
    fil bo‘lsa. Bolaga mushuk chiqaradigan ovozni aytishdan boshlang. Keyin, bolani 
    xuddi shu tovush bilan boshlanadigan narsani topishga undab, uni harfga 
    yopishtiring. Bezatilgan harflar sinfda saqlanishi yoki ota-onalar bilan bo‘lishish 
    uchun uyga olib kelinishi mumkin. Shnayderning ta’kidlashicha, bu mashg‘ulot 
    talabalarning sevimli narsasidir, chunki bu ularga o‘z bilimlarini o‘rganishda 
    amaliy yordam beradi. Bundan tashqari, bu "shoh asar" ni keltirib chiqaradi. 
    3. Tabiat dunyosi bilan o‘ganish usuli. 
    Bolalar darslarni tabiat muhitida o‘zlashtirishga juda qiziqishadi. Odatda, 
    ularni hovli bog‘ orqali tabiat dunyosi to‘g‘risida ma’lumot berish ajoyib usuli 
    bo‘lishi mumkin. Bu usul o‘simlikni urug‘dan yetilguncha o‘stirish bolalarga o‘z 
    o‘sishi haqida ma’lumot beribgina qolmay, ularni chet tilidagi so‘larni tez va oson 
    o‘zlashtishda ham muhim ahamiyatga egadir. Bu usul stressni yengillashtiradi va 
    nozik vosita mahoratini oshirishga ham yordam beradi. 
    4. O‘z faoliyatini o‘quvchilarga moslashtirish usuli. 
    Bog‘chada yodlagan o‘qituvchilar qo‘llanmasiga yoki odatiy darslarga 
    qaytish oson bo‘lishi mumkin. Biroq, ba’zi bolalar uchun bu muammolar 
    tug‘diradi. Gretzingerning aytishicha, bolalar an’anaviy bo‘lmagan uy sharoitidagi 
    bolalarga nisbatan sezgir bo‘lishlari kerak. O‘quvchilarga o‘z oilalari rasmlarini 
    chizishlarini so‘rashdan oldin ikki marta o‘ylab ko‘rish - asrab olingan bola yoki 


    401 
    ota-onadan ajralgan farzand qanday his qilishi mumkinligi va boshqa bolalar 
    qanday munosabatda bo‘lishlari haqida o‘ylab ko‘rish kerak. Inklyuziv faoliyat 
    bilan shug‘ullanish biroz ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin, ayniqsa yil boshida 
    siz barcha o‘quvchilaringizni tanimasligingiz mumkin, ammo bolada xijolat hissini 
    aks etishi tartibsizlikni saqlaganingizda bilinadi. Bunda tarbiyachi o‘z 
    yaratuvchanligini davom ettirishi kerak. 
    Maktabgacha ta’lim - yoshlarimiz ta’limi va tarbiyasining ilk bosqichi 
    hisoblanadi. To‘g‘ri maktabgacha tarbiya dasturi bizning bolalarimizga noyob 
    aqlga mos keladigan tarzda o‘sishi va o‘rganishiga yordam berishi kerak. Ammo 
    bolalar kattalarnikidan farqli ravishda kelajakni, ertani o‘ylab o‘rganishmaydi. 
    Ingliz tilidagi dars «shu yerda va aynan hozir» ma’nosida otkazilishi, bo‘lishi 
    kerak. Bolalar chet tilini hikoyalarni tushunish yoki o‘yinlarda g‘alaba qozonish 
    orqali osonroq o‘rganadilar. Agarda xohlasalar, o‘zlari ishtirokidagi o‘yinlar orqali 
    o‘rgangan ma’lumotlarini mustahkamlab oladilar. Bir tomondan, til bilan 
    ifodalangan kontent bolalar hayoti, kundaligi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak, boshqa 
    tomondan, bolalarni muloqotga chorlaydigan faoliyat yoki vazifalar qiziqarli va 
    muhim bo‘lishi kerak. O‘quvchilar dars davomida o‘zlarini darsning bir qismi 
    sifatida tushunishadi va dars jarayonida xuddi asar qahramonidek o‘zlarini 
    tutishadi, harakat qilishadi. Boshlang‘ich sinflarda, odatda, chet tillarni o‘rganish 
    hayotiy situatsiya va o‘yinlarga asoslangan harakat usullaridan foydalangan tarzda 
    o‘rganilganda juda samarali hamda muvaffaqiyatli bo‘ladi. Agar o‘yinli-syujetli 
    situatsiyalar orqali chet tili o‘rgatilsa, barcha bolalar bajonu-dil ishtirok etishadi, 
    sababi ular shu tarzda o‘sha situatsiyaning bir bo‘lagi ekanligini his etishadi. 
    O‘quvchilar chet tili bilan, birinchi navbatda, o‘z sinf xonalarida birga 
    "yashaydilar". Shuning uchun sinfda muloqot imkoni bolsa, o‘sha chet tilida 
    bo‘lishi kerak. Bolalar nafaqat yo‘riqnomalarni tushunish bilan cheklanib 
    qolmasdan, balki chet tili orqali o‘z ehtiyojlarini ifodalashlari ham mumkin. Shu 
    nuqtai nazardan, ingliz tilida gaplashadigan shaxs(ona tili ingliz tili bo‘lgan)lar 


    402 
    bilan muloqot qilishi, sinfga taklif etish ham foydali hisoblanadi. Konstruktiv 
    yondashuvga ko‘ra, bolalar imkon qadar ko‘proq tilda o‘zlari so‘zlar mazmunini, 
    qoidalarni bilib olishlari kerak. Bu shuningdek, ularning asosiy fikrlash 
    qobiliyatini rivojlanishiga yordam beradi. Barcha o‘quvchilar singari, bolalar ham 
    turli xil ta’lim uslublariga ega. Bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim barcha ta’lim 
    uslublarini hisobga oladi. Taktik va kinestetik o‘rganish turlari o‘quvchidan 
    alohida e’tibor talab qiladi. Boshlang‘ich maktablarda o‘quvchilarning iqtidorlari, 
    malakalari, bilimlari va qiziqishlari kengroq boladi. Chet tilini o‘rganish, 
    shuningdek, o‘rganuvchining yaxshi tushuna olish qobiliyatiga bog‘liqdir. Chet 
    tilini o‘rgatish mobaynida har bir bolani harakati uchun rag‘batlantirib borish talab 
    etiladi. Ularda akustik, kinestetik, ritmik va vizual farqlashni rivojlantirish kerak. 
    Bolalar tez o‘rganishadi, lekin tezda unutishadi. Shuning uchun, nutqni bir necha 
    bor takrorlab, shu mavzuga doir o‘yin yoki tarqatmalar orqali bolalarning esida 
    qolishiga yordamlashish mumkin. Kurslar spiral bo‘lib, muntazam takrorlashlar 
    ajralmas qismdir. Xorijiy tillarni muvaffaqiyatli o‘rgatish keng qamrovli usullarni 
    talab qiladi. Muloqotga kirishishning miqdori va sifati tilni tezroq o‘rganishning 
    asosiy sabablari hisoblanadi. Dars jarayonida o‘quvchilarning etibori asosan tilning 
    mazmuniga, ahamiyatiga qaratilishi kerak. O‘quvchilar e’tiborini, birinchi 
    navbatda, tilning kontent mazmuniga qaratishi kerak. Xorijiy tillarni 
    muvaffaqiyatli o‘rgatish yana o‘rgatuvchidan o‘zida mavjud imkoniyatlardan qay 
    darajada mohirona foydalanishiga ham bog‘liqdir. O‘quvchilarga shunday 
    vazifalar berish kerakki, toki ular o‘rgangan bilimlarini dars jarayonida amaga 
    oshirish, qo‘llashga majbur bo‘lishsin. O‘zaro muloqot qilish imkoniyatlari til 
    ko‘nikmalarining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy munosabat, 
    ayniqsa o‘quvchilar tilning ma’nosini amalda qo‘llay olishsa, bu ularga tildan 
    samarali foydalanishga imkon yaratadi. O‘qituvchi tomonidan ushbu jarayon 
    uchun ma’no va muzokaralar o‘tkazish imkoniyati muvaffaqiyatli o‘qitishning 
    asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Chet tili ta’limi, birinchi navbatda, chet tilidagi 


    403 
    kundalik uchraydigan, real bilim va ko‘nikmalarni o‘rganishga chorlashi kerak, 
    lekin aniq bilimlarni ham rivojlanishiga beparvo qaramaslik kerak. Agar biz chet 
    tili ta’limida qo‘llaniladigan metodik-didaktik qarashlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, 
    quyidagilarni ta’kidlab o‘tishimiz talab etiladi: Dars jarayoni bu nafaqat 
    kommunikativ, balki kelajakda o‘rgangan bilimlarni qo‘llay olish imkoniyatini 
    beradigan kompetensiyalarni qamrab olishi zarur. Bolalarning ko‘pchiligi chet 
    tillarni o‘rganishga qiziqishadi. Ularning qiziqishlari, albatta, dars jarayonini 
    tashkil etilishi va bolalarning bu dars jarayonida ma’lum muvaffaqqiyatga erisha 
    olishi bilan bog‘liqdir. Bu qiziqish yillar davomida birdek saqlanib qolishiga 
    ishonish - bu noto‘g‘ri, shu sababdan, pedagoglar bu haqida qayg‘urishlari, ya’ni 
    o‘rganuvchilar 
    darsda 
    quvonchga 
    to‘lib, 
    muvaffaqqiyatlarga 
    erishib 
    qatnashishlarini ta’minlashi zarur. O‘rganilayotgan mavzular ham, shu bilan birga 
    savol-topshiriqlar ham o‘rganuvchilar uchun ahamiyatli, qiziqarli va aktual 
    bo‘lsagina, darsning mazmuni hamda maqsadi o‘rganuvchilarga tushunarli va esda 
    qolarli boladi. Chet tili o‘rganuvchilari chet tili ta’limida o‘zga bir til, madaniyat 
    bilan to‘qnash keladilar. Shu sababdan, mashg‘ulotlarda aynan o‘sha chet tilga xos 
    bo‘lgan ishonchli materiallardan, o‘sha madaniyatni yetkazib bera oladigan matn 
    va adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi. 
    Til o‘rganish ham yosh davrlariga bog`liq. Psixologlarning fikricha, bolalar 
    kattalarga nisbatan tilni tez va oson o‘zlashtiradilar. Bolalarda til o‘rganishga 
    bo‘lgan tabiiy moyilik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga 
    qaraganda bolalar vaqtinig ko‘pligi buning asosiy sabablaridandir. Shuni e`tiborga 
    olish kerakki, yosh bolalar ma`lumotlar ma`nosini tushunib emas, uni mexanik 
    tarzda yodlaydi. Shunday ekan, kichik yoshdagi bolalarga xorijiy tilni o‘rgatish 
    ancha mushkul va mas’uliyatli. Bolalarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli 
    o‘rgatish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin: 
    - qo‘shiq va she’rlar orqali tushuntirish yoki esda qolishi qiyin bo‘lgan, 
    ma’noga ega bo‘lmagan harf yoki birikmalarni kuyga solib o‘rgatish. Bunga misol 


    404 
    qilib, bolalarning ingliz tili alifbosini qo‘shiq qilib o‘rganishlari shunchaki 
    yodlashdan ko‘ra samarali ekanligini ko‘rsatish mumkin; 
    - aqliy va jismoniy harakatlar bilan bo‘g‘liq bo‘lgan o‘yinlar; 
    - multfilmlar; Bolalar til o‘rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni 
    tushunmasa-da, multfilm qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan 
    so‘zlarni tushunishga intiladi. Bu esa bolalar uchun qiziq va til o‘rganishlari uchun 
    samarali yo‘l; 
    - rol ijro etish (role play) o‘qituvchi biror ma’lumotni, masalan, hayvon yoki 
    qushlarning nomlarini o‘rgatayotgan paytda rol orqali ijro etishi yoki bolalarga ijro 
    ettirishi lozim. Misol uchun: bir o‘quvchi itning vovillashi, mushukning 
    miyovlashini ko‘rsatib bersa, boshqa bir o‘quvchi bu tovushlar qaysi hayvonga 
    tegishli ekanligini bilib, uning inglizcha nomini aytishi zarur; 
    - mavzuga oid muhit; O‘qituvchi mavzusiga qarab o‘sha muhitni yaratib 
    bera olsa, bolalar tilni yaxshi o‘rganishadi. Masalan: traveling, birthday, in the 
    kitchen va boshqalar. Traveling(sayohat) mavzusida o‘qituvchi sayohat 
    uyushtirishi, sayohatga qanday vositalar orqali (foot, bicycle, automobile, train, 
    boat, airplane) borish mumkinligi, qayerlarga sayohat qilish (Tashkent, 
    Samarkand, Bukhara, England, USA) muhimligi haqida ma’lumot beradi. Bu hol 
    o‘quvchilarning so‘z boyligini, til imkoniyatlarini kuchaytiradi, dunyoqarashini 
    o‘stiradi. 
    - topishmoqlar; Bolalarda topishmoqlarning javobini topishga qiziqish 
    kuchli. Shuning uchun o‘qituvchi topishmoqni ingliz yoki o‘zbek tilida aytsada, 
    uning javobini bolalardan ingliz tilida aytishini talab qilishi lozim. Shunda bolalar 
    so‘zlarni tez o‘rganishadi; 
    - amaliy mashg‘uIotlar (mevalar va boshqa oziq-ovqatlarni tatib ko‘rish, 
    gullarni hidlab ko‘rish); Bu jumlani bir amaliyotchi psixologning fikrlari bilan 
    izohlash mumkin: “Bolalarning esida biror narsaning mahkam o‘rnashib qolishini 
    xohlovchi pedagog bola sezgi organlarining mumkin qadar ko‘prog‘ini ko‘zi, 


    405 
    qulog‘i, tovush organi, muskul sezgisi va, hatto, agar iloji bo‘lsa, hidlash va ta’m 
    bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi 
    kerak”. Masalan: o‘qituvchi bir o‘quvchining olmani tatib ko‘rishi paytida uning 
    rangi qizil(red) yoki yashil(green), ta’mi shirin(tasty) yoki nordon(), xushbo‘y() 
    hidi haqida ma’lumot berishi va boshqa o‘quvchilarga ham mevalarni yedirib, u 
    bolalardan o‘sha meva haqida inglizcha ma’lumotlar berishini talab qilishi 
    lozim.Bu hol bolaning keyingi o‘rganishlarida ham yordam beradi.O‘qituvchi 
    o‘quvchilardan ranglarning inglizcha nomini so‘rab qolsa, bola darrov meva yegan 
    paytini eslaydi, qizil-red, yashil-green ekanligini tez xotirlaydi. Demak, bunday 
    usuldan foydalanish o‘quvchining ma’lumotni uzoq muddatda xotirasida saqlab 
    qolishini ta’minlaydi. 
    - imo-ishoralar, yuz ifodalari orqali; O‘qituvchi bolaga biror gapni 
    gapirganda yoki buyruq berganda, masalan, bu yoqqa kel(come here), kitobni 
    och(open the book), turing(stand up), doskaga qarang(look at the blackboard) kabi 
    gaplarda imo- ishoralardan foydalansa bolaga tushunarli bo‘ladi. 
    - ko‘rgazmali qurollar, plakatlar, kitoblar orqali; 
    - ko‘zga ko‘rinadigan va kundalik hayotda ko‘p ishlatiladigan narsa, 
    buyumlarga 
    yozish. 
    Masalan: 
    eshik(door), 
    kitob(book), 
    stol(table), 
    doska(blackboard), oyna(window) va shu kabilarga yozish. Bunday narsa-
    buyumlar doimo ko‘zga tushib turishi va amliyotda ko‘p qo‘llanishi bois, bola bu 
    so‘zlarni ixtiyorsiz tarzda o‘rganadi. 
    – yangiliklar orqali; Bilamizki, bolalar qiziquvchan. Ular bir xillikdan tez 
    zerikadi. Shuning uchun ularga har doim bir turdagi usullardan foydalanib dars 
    o‘tish emas, balki bunday usullarni o‘zgartirib, yangilab dars o‘tish lozim. Aks 
    holda bolalar o‘qituvchining qanday dars o‘tishini fahmlab olishadi va bunga 
    tayyorgarlik ko‘rishadi. Usullarni yangilab dars o‘tish bolalarning intilishlarini 
    oshiradi. 


    406 
    Xulosa qilib aytganda, kichik yoshdagi bolalarga til o‘rgatish majburiyat 
    sifatida emas, qiziqarli mashg‘ulot tarzida olib borilishi, bir necha samarali 
    usullardan foydalanib dars o‘tish ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun 
    poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bolalarga chet tillarini o‘rganish qanchalar 
    muhimligini tabiiy sharoitlar orqali to‘g‘ri tushuntirib borilishi darkor. Chunonchi, 
    buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy ham ko‘plab xorijiy tillarni mukammal 
    bilgan, bu tillarda bemalol gaplasha olgan hamda shu tillarda ijod qilgan. Bunday 
    imkoniyat allomaning dunyo ilm-fanini o‘rganishga, buyuk ishlarni amalga 
    oshirishiga turtki bo‘lgan. Zero, Navoiy bobomiz aytganlaridek, «Til bilgan — el 
    biladi». 

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish