46
M.I.Belyayevning
43
fikriga ko‘ra, butun insoniyat yaxlit organizmida har bir
millatning o‘z o‘rnini belgilaydigan g‘oyasi bo‘lishi kerak va rus millatining
g‘oyasi davlat quruvchanlikdadir.
Bizningcha, bizning o‘tmish ma’naviy qadriyatlarimizdan kelib chiqib
hozirgi milliy g‘oyamiz asosiga qo‘yilgan “komil insonlar jamiyatini qurish”
g‘oyasi bundan ancha keng va chuqur. Vaholanki, komil inson o‘zligini bilgan
insondir!
Ayni shu
g‘oya jamiyatimiz o‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq
to‘g‘ri tanlagan yo‘limizdir. Ushbu o‘zlikni bilish konsepsiyasining eng oliy, keng
qamrovli va teranligi esa uning inson uchun ham, millat uchun ham bosh oliy
maqsad ekanida, qolgan barcha muhim va yuksak g‘oyalarni ham, shu jumladan,
davlat qurish dasturini ham o‘z mazmuniga olishidadir. Zero, faqat o‘zligini bila
olmagan, ma’naviyati, ruhiyati tuban kishi va shunday kishilar jamiyatigina har
kimning qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lishi, turli shov-shuvlar qurboni bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ri
,
bu konsepsiya bizda hozircha tugal va keng quloch otganicha yo‘q.
Buning uchun, avvalo, biz shu kungacha tayanib kelgan, endilikda inqirozga
uchragan dunyoqarashimizni o‘zgartirishimiz (transformatsiyalashimiz) kerak.
Chunki, biz shu kungacha tayanib kelgan ilmiy falsafiy (materialistik)
dunyoqarash, garchi 70 yil mobaynida uning ilmiyligi, progressivligi, mutloq
haqiqat ekani, boshqa ta’limotlardan afzalligi juda yaxshi singdirilgan esada, aslida
u endilikda krizisga uchragan G‘arb madaniyati, fani va falsafasi bag‘rida
shakllangan, undan oziqlangan va undan kelib chiqqan bir oqim edi. SSSRning
parachalanishi uning inqirozining natijasi bo‘ldi.
Endi biz o‘z milliy dunyoqarashimizni qayta shakllantirishimiz kerak. Lekin
biz hozircha o‘z miliy dunyoqarashimiz rasmana va keng qad ko‘tardi deya
olmaymiz. Chunki bu nafaqat o‘z o‘tmish ma’naviy qadriyatlarimizni yaxshi eslab
olish, ularning yo‘qotilgan yoki buzilgan joylarini qayta tiklash, yangi hayotga
tatbiqan qayta ishlovdan o‘tkazish kabi murakkab va uzoq jarayonni va nafaqat XX
43
Қаҳҳорова Ш.
Глобаллашув Шароитида Инсон Ҳаёти Маъноси.-Тошкент.2009.-Б.44.
47
asr G‘arb falsafasi nima uchun inqirozga uchraganini hamda ushbu krizisning
mohiyatini aniqlashni, balki madaniyat tarixida hikmat ilmi hisoblangan falsafiy,
diniy, qolaversa, mifologik dunyoqarashlar mazmunini ham qayta tahlil etishni
ham taqozo etmoqda.