51
lak-bo‘yoq va neft-gaz kimyosi sohalarida keng ko‘lamda qo‘llanilib kelinmoqda.
Undan tashqari bunday moddalardan maxsus xususiyatli polimerlar, sorbentlar,
insektitsidlar, pigmentlar, dorivor preparatlar, fotosezgir materiallar, biologik faol
moddalar, rangli plyonkalar, plastiklar, termobarqarorlashtiruvchi tolalar va
kompozitsion materiallar olishda ham foydalaniladi. Shu sababli turli xil
funksional guruh tutgan birikmalarni vinillash jarayoniga ta’sir etuvchi turli tabiatli
katalizatorlar, organik erituvchilar va ularning aralashmalari, shuningdek yuqori
asosli muhitlar ishtirokida to‘yinmagan vinil hosilalarini hamda muhim kimyoviy
komponentlar sintez qilish zamonaviy organik kimyoning dolzarb va amaliy
vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Hozirgi paytda turli xil funksional guruh tutgan
birikmalarni to‘yinmagan vinil hosilalari sintezi va ularni olish texnologiyasini
ishlab chiqish muammosi vinillash jarayoniga yangi katalizator avlodlarini yaratish
va xossalarini o‘rganish yo‘nalishi dunyo miqyosida olib borilayotgan ilmiy
tadqiqotlarda asosiy masalalardan biri hisoblanadi.Kimyoviy jarayonlarni
o‘tkazishda faollanish energiyasini qiymati muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun
krezolni vinilatsetilen bilan KON-DMSO-CsF sistemasi ishtirokida vinillash
reaksiyasi kinetikasi ham tadqiq qilindi. Jarayon 30, 40, 50, 60, 70, 80 va 90
o
C
haroratlarda, katalizator 10% miqdorda va reaksiya davomiyligi 1-4 soat davomida
amalga oshirildi.
Reaksiya quyidagi sxema asosida amalga oshadi:
O
O
C
C
H
CH
2
HC
H
KOH, 30%,
C
CH
2
CH
CH
2
R
R
Olingan natijalar 1-jadvalda keltirilgan.